Tayanch konspektlar
Download 0.5 Mb.
|
Gumanitar fanlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.D.RIKARDO SANOAT TO’NTARISHI DAVRINING NAZARIYOTCHISI
3. A. SMIT VA HOZIRGI ZAMON
A.Smit erkin raqobat davridagi Buyuk Britaniyadagi iqtisodiy siyosatni asoslashga katta e’tibor berdi. U ishlab chiqaruvchilarga iqtisodiy erkinlik ta’minlashni, davlatning iqtisodiy hayotga aralashmasligini talab qilardi. Ammo mamlakatning mudofaa manfaatlari iqtisodiyotdan ustun ham bo’lishi mumkin degan fikri ham bor, ya’ni bu ba’zi paytlarda davlatning iqtisodga aralashuvi zarur deganidir. Smit iqtisodiyotda davlat sektorining samarasizligini ko’rsatib, «xukumat har doim va istiznosiz buyuk isrofgarchidir» deydi. SHu sababli davlatning faqat uch funktsiyasi tan olinadi: 1) huquq -tartibot; 2) mamlakat havfsizligini ta’minlash; 3) jamiyatga zarur bo’lgan (ammo xususiy sektor tomonidan to’zilmagan) ijtimoiy korxona va muassasalarni ta’minlash. Umuman to’g’ri bo’lgan bu fikrlar, ya’ni davlatning iqtisodiyotga aralishish chegaralari keyingi paytda qayta ko’rib chiqilmoqda. Smit zamonaviy davlatning soliq siyosatining nazariy asoslarini yaratdi. Soliqlar fuqarolarning kuchi va imkoniyatiga mos kelishi, ishga yaroqli har bir kishiga alohida belgilanishi kerak, soliq imkoni boricha arzon, uning shakli va olinish vaqti esa to’lovchi manfaatiga mos kelishi zarur (shu g’oyalarga to’la amal qilayotgan davlatlar rivoj topayotir). Sanoatchilar manfaatlarini himoya qilgan olim lendlordlar, ya’ni yirik yer egalariga belgilangan soliq immunitetiga (imtiyozga) qarshi chiqdi. yer rentasi davlat solig’i qo’yiladigan eng qulay ob’ektdir. Smit foydadan olinadigan soliq samarasiz degan xulosa chiqardi. Korxona egasi foydani saqlash uchun o’z mahsulotiga yuqori baho quyish bilan soliq og’irligini iste’molchi ustiga yuklaydi. U ish haqidan olinadigan soliq ham mahsulotga loyiq emas deb hisoblaydi. Bu soliqni ham korxona egasi to’laydi, chunki tirikchilik minimumini ta’minlashi kerak. 4.D.RIKARDO SANOAT TO’NTARISHI DAVRINING NAZARIYOTCHISI Angliyada boshlangan sanoat to’ntarilishi kapitalizmning manufaktura ishlab chiqarishdan mashina ishlab chiqarishiga o’tishini bildirdi. Bu to’ntarish jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga katta ta’sir o’tkazdi. Mehnatning kapitalga amalda buysunishi o’zil-kesil nixoyasiga yetib sanoat to’ntarishi natijasida sanoat qishloq xo’jaligidan butunlay ajralib chiqdi. Bunday o’zgarish o’z navbatida jamiyatdagi asosiy sinflar o’rtasidagi ziddiyatlarni oshkor etib, ishchilar sinfining o’z huquqlari uchun uyushib harakat qilishlariga asos soldi. Sanoat to’ntarishi davrida jamiyat taraqqiyotining yuqori pog’onaga ko’tarilganligi shu davrda ijod qilgan olimlarning asarlaridagi nazariy tahlilning ancha chuqur darajasini ham belgilab berdi. Klassik iqtisodiy maktabning doimiy an’analarini davom ettirib, D.Rikardo o’z asarlari va xulosalari bilan ushbu maktabni rivojlanishiga katta hissa qo’shdi. D.Rikardo siyosiy iqtisodning bosh vazifasini o’rtaga qo’yar ekan uning uslubiyatini ham belgilaydi. Olimning fikricha hamma tadqiqotlar yagona asosga negizlanishi lozim. U qiymatni ish vaqti bilan belgilashni mana shunday yagona asos qilib oladi. SHuningdek boshqa iqtisodiy munosabatlar va kategoriyalar mana shu qiymat ta’rifiga to’g’rimi yoki zidmi degan savolga javob berishga harakat qiladi. D. Rikardo ishlab chiqarish jarayonidagi ichki bog’liqliklarni tahlil qilishda ilmiy abstraktsiya usulidan keng foydalanadi. Barcha iqtisodiy kategoriyalarni qiymat negizida izohlashga intilish Rikardo ta’limotining eng muhim xususiyatidir. Bir qancha iqtisodiy kategoriyalarni ko’rib chiqish vaqtida miqdoriy taxlilning ustunligi Rikardo usulining xususiyatidir. Olim kapitalizm rivojlanib borgan sayin chuqurlashgan va keskinlashgan bir qancha ziddiyatlarni ochib berib, ularni umuman insoniyat jamiyatining ziddiyatlari deb izohlaydi. U o’z jamiyatining sinfiy ziddiyatlari asosini ko’rsatishga intilgan bo’lsa ham, ammo bu masalani oxirigacha yechib bera olmadi. D.Rikardo 1817 yilda «Siyosiy iqtisodning va soliq solishning boshlanishi» nomli iqtisodiy mavzudagi asosiy asarini nashrdan chiqardi. Bu asarda olim A.Smitning iqtisodiy nazariyalarini rivojlantiribgina qolmay, shu bilan birga uning ayrim kamchiliklarini ham ochib berdi. U vaqtga kelib boylikni yaratish emas, balki uning jamiyatning asosiy sinflari o’rtasida taqsimlanish muammosi siyosiy iqtisodning markazida turar edi. D.Rikardo bu muammoni siysiy iqtisod mavzui deb belgiladi. Siyosiy iqtisodning bosh vazifasi, deb yozgan edi u, -shu taqsimotni boshqaradigan qonunlarni belgilab berishdan iborat. Rikardo taqisimot qonunlarini ishlab chiqarish sharoitlariga asoslanib belgilashga o’rindi. U taqsimotni ishlab chiqarish bila chambarchas bog’lab, boylik ishlab chiqarishni mahsuli bo’lishi mumkin deb hisobladi. Rikardo qiymatning mehnat nazariyasini rivojlantirib iste’mol qiymati bilan ayirboshlash qiymatini bir-biridan farq qildi. Biroq ayirboshlash qiymati qiymat namoyon bo’lishining bir shakli ekanligini tushunmadi. CHunki qiymat odamlar o’rtasidagi munosabat ekanini, bu narsa tovarlar munosabati zamiriga yashiringanini payqamadi. U qiymat miqdori ishlab chiqarish uchun sarflangan mehnat miqdori bilan belgilanadi deb hisobladi. Rikardoning katta xizmati shundan iborat bo’ldiki, u tovarlar qiymatiga bevosita ularni hosil qilish uchun sarflangan mehnat tufayli vujudga kelgan qiymatnigina emas, shu bilan birga ishlab chiqarishda band bo’lgan kapitalning qiymatini ham qo’shdi. Biroq Smit kabi Rikardo ham aniq mehnat bilan mavhum mehnatni bir-biridan ajratmadi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling