Tayanch konspektlar
MARJINALISTIK TA’LIMOTNING IJTIMOIY-IQTISODIY AHAMIYATI
Download 0.5 Mb.
|
Gumanitar fanlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7 - Mavzu. Hozirgi zamon iqtisodiy ta’limotlarining asosiy yo’nalishlari HOZIRGI ZAMON IQTISODIY TA’LIMOTLARI SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHINING ASOSIY XUSUSIYATLARI
MARJINALISTIK TA’LIMOTNING IJTIMOIY-IQTISODIY AHAMIYATI
XIX asrning 70-yillarida Avstriya maktabining shakllanishi iqtisodiyot fanida katta voqea bo’ldi. Uning nazariyotchilari fanda marjinalizm deb nom olgan iqtisodiy nazariyani ilmiy asoslab berdilar. Bu nazariya qoidalari klassik iqtisodiy maktabdan shu darajada farq qilardiki, u ayrim hollarda fandagi to’ntarish deb ham baholanadi. YAngicha yo’nalishni taklif qilgan iqtisodchilar tovarlar (ne’matlar) qimmatini unga bo’lgan sub’ektiv munosabatlar bilan aniqladilar. Har qanday ne’matlar kishilarning talabini qanoatlantirishi darajasiga qarab, foydalilik kasb etishi mumkindir. «Foydalilik» va «qimmat» kategoriyalari o’rtasida o’zaro bog’liqlik mavjud bo’lib, har qanday ne’mat foydalidir, lekin u qimmatli bo’lmasligi ham mumkindir. Foydali bo’lgan ne’matlargina ma’lum darajada qimmatli bo’ladilar. Foydalilik va qimmatlik kategoriyalarini ajratib ko’rsatish bilan birga marjinalistlar qiymatning mehnat nazariyasini bo’tunlay inkor etdilar. Ular bozorlardagi iqtisodiy ne’matlarning narxini unga sarf bo’lgan mehnat va ishlab chiqarish harajatlari bilan emas, balki iste’molchining sub’ektiv ravishda bu ne’mat qimmatini belgilashida o’z o’rnini topadi, deb hisoblaydilar. «Eng yuqori foydalilik» nazariyasi o’ta sub’ektivligi uchun tartibsizligi va to’la isbotlangan faktlardan keng foydalanganligi uchun ko’p marta haqli tanqid qilindi. Lekin hozirgi zamon iqtisodiy ta’limotlarida Avstriya maktabining g’oyalarida ayniqsa mikroekonomika bo’limida keng foydalanib kelinmoqda. CHunki bu nazariyaning ustun tomoni shu bilan belgilanadiki, unda nafaqat harajatlarning hisobi, balki ishlab chiqarish va muomalaning natijalari to’liq inobatga olinadi. 7 - Mavzu. Hozirgi zamon iqtisodiy ta’limotlarining asosiy yo’nalishlari HOZIRGI ZAMON IQTISODIY TA’LIMOTLARI SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHINING ASOSIY XUSUSIYATLARI Birinchi navbatda «hozirgi zamon» tushunchasiga aniqlik kiritish kerak. Ba’zi iqtisodchilarning fikricha, XIX asr oxirlarida vujudga kelgan iqtisodiy g’oya, ta’limot va kontseptsiyalar hozirgi zamonniki deb tan olinadi. Bu izohda mantiq bor, albatta, chunki o’sha davrda yuzaga kelgan iqtisodiy g’oyalar keyingi iqtisodiy qarashlar uchun tayanch, asos rolini o’ynaydi. Ammo bu izohning cheklanganligini ham aytish kerak, negaki XX asrning o’rtalari, ayniqsa ikkinchi Jahon urushidan keyin iqtisodiy ta’limotlar bir qancha yangi qarash, g’oya, kontseptsiya va nazariyalar bilan boyidi, ularni ham albatta «hozirgi zamon» iqtisodiy g’oyalariga kiritish tabiiydir, ammo ularning evolyutsiyasi ro’y bergan. XX asrning 50-60- yillari, ayniqsa keyingi paytlarda jahondagi bir qancha avvaldan rivojlangan mamlakatlar (AQSH, Buyuk Britaniya, GFR, Frantsiya, Italiya, Kanada va boshqa yevropa Ittifoqi davlatlari...) qatoriga yangi-yangi davlatlar kelib qo’shilmoqda, ayniqsa YAponiya, Turkiya va yangi industrial mamlakatlar (YAIM) «to’rt ajdaho»: Koreya Respublikasi, Tayvan, Singapur va Gonkong (Syangan) hamda shular rivojiga yaqinlashayotgan Malayziya, Filippin, Tailand kabi davlatlar soni ortib bormoqda. Hozirgi zamon iqtisodiy ta’limotlarining asosan uch yo’nalishini ajratish mumkin: 1. Neoklassik (yangi klassik). 2. Ijtimoiy-institutsional. 3. Keynschilik. Iqtisodiyotda bir qancha ofatlar, xususan, ommaviy ishsizlik va inflyatsiya ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda asosiy muammolardan biri bo’lib qolmoqda. Qanday qilib aholoning mo’’tadil va to’la bandligini, real daromadlar O’sishini ta’minlash mumkin degan savollar hammani, iqtisodiyot fani noyondolarini ham qiziqtirib kelmoqda. Ayniqsa inqirozsiz iqtisodiy tsiklning sirlari nimani muhimdir. Hozirgi davr iqtisodiy nazariyalarida A.Lafferning soliqlar hajmi va yalpi milliy mahsulot o’rtasidagi bog’lanish tahlil etilgan. Laffer effekti bo’yicha soliqlarni oshiraverish bilan milliy daromad ma’lum miqdoriga oshadi, keyin pasayadi. Soliqlar miqdorini pasaytirish qisqa davr mobaynida byudjetga tushumlar kamayishiga olib kelsa ham, istiqbolda jamg’armalar, investitsiya va daromadlar ko’payishi tufayli byudjet tushumlari oshadi. Soliq stavkasi optimumini yetish uchun egri chiziq (Laffer egri chizig’i) chizilgan. Unga ko’ra, soliq ortishi bilan davlat byudjetiga tushumlar ortavermaydi. Aksincha, shunday ma’lum chegara borki, undan ortiq soliq stavkasi byudjetga tushumlarni kamaytiradi, chunki yuqori soliqlar xo’jalik faoliyatiga bo’lgan qiziqishni (rag’batni) kamaytiradi va ishlab chiqarish hajmlarining pasayishiga olib keladi. Demak, ma’lum xollarda soliq stavkalari pasaytirish ishlab chiqarishning faqat o’sishigina olib kelmasdan, byudjetga soliq tushumlarining o’sishiga ham olib keladi. Bunday siyosat Rfda 2000 yildan boshlab amalga oshirildi, soliq stavkalari barcha uchun 13% ga tushurildi va yaxshi natija bermoqda. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling