Tayanch konspektlar
LOZANNA MAKTABINING XUSUSIYATLARI
Download 0.5 Mb.
|
Gumanitar fanlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sof iqtisodiy fan elementlari
LOZANNA MAKTABINING XUSUSIYATLARI
Leon Valras (1834-1910) marjinalizmning Lozanna (SHveytsariya) deb ataluvchi maktabi asoschisi hisoblanadi. Unga keyinchalik Pareto, Italiyadan Borone, shvetsiyalik Kassel, amerikalik Leontev va boshqalar qo’shildi. L.Valrasning «Sof iqtisodiy fan elementlari» (1874) asari iqtisodiyot bilimlari olamida matematikaning shaxdam qadamlariga asos soldi. SHu sababli u matematik maktabning davomchisi hamdir. Har qanday iqtisodiy tahlilni matematik izohlashga intilish bu maktab va uning izdoshlarining harakterli xususiyati hisoblanadi. Valrasning fikricha, har qanday iqtisodiy nazariyani faqat matematika asosida qisqa, aniq va ochiq isbotlash mumkin. Uning o’zi matematikani yaxshi bilgan va Kurnoni o’zining ustozi deb hisoblagan holda undan ilhomlangan. Vilfredo Pareto (1848-1923) iqtisodiy ta’limotning neoklassik yo’nalishini davom ettirgan yirik italyan vakili hisoblanadi, u marjinalizmning «Lozanna maktabi» ana’nalariga sodiq edi. Bu olimni iqtisodiyot bilan birga siyosat va sotsiologiya sohalari ham qiziqtirgan, bu uning yozgan asarlaridan ma’lum. Paretoning asosiy asarlari: ikki jildli «Siyosiy iqtisod kursi» (1898), «Siyosiy iqtisod ta’limoti» (1906) va «Umumiy sotsiologiya bo’yicha risola» (1916). Paretoning iqtisodiy tadqiqotlarida L.Valras, O.Kurno, F.Edtuort va boshqa olimlarning g’oyalari ta’siri katta bo’lgan. 1892 yil L.Valras Lozanna universitetidagi kafedra mudirligini V.Paretoga topshiradi va shu dargohda yuqorida ko’rsatilgan asarlar yaratildi. V.Pareto V.Valras kabi umumiy iqtisodiy muvozanat muammolari tadqiqotiga katta ahamiyat berdi, bunda marjinalizmning iqtisodiy tahlil g’ochlariga amal qilinadi. SHu bilan birga Pareto iqtisodiyotda muvozanatning shart-sharoitlari va omillarini o’rganishda sifat jihatidan yangi printsiplarni ilgari surib, neoklassik iqtisodiy g’oyalarni yangi «ikkinchi to’lqini»ni boshlab berdi. Bular quyidagilarda namoyon bo’ladi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling