Tayanch konspektlar


Download 0.5 Mb.
bet21/41
Sana14.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1702832
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   41
Bog'liq
Gumanitar fanlar

Nassau Vilyam Senior (1790-1864) Londondagi mashhur Oksford universitetining siyosiy iqtisod kafedrasi professori, «tiyilish» va «so’nggi soat» nazariyalarining muallifi sifatida mashhur bo’ldi.
N.Senior g’oyalari «Siyosiy iqtisod fani ocherklari» (1836) va «Fabrika qonunchiligi to’g’risidagi xatlar»da bayon etilgan.
Ingliz Jon Styuart Mill (1806-1873) klassik maktabning so’nggi nomoyondalaridan biri deb qaraladi. Uning otasi Jeyms Mill (1773-1836) ham iqtisodchi bo’lgan va ug’lining tarbiyasi bilan jiddiy shug’illangan, oqibatda yoshligidayok dastlabki tadqiqotlari e’lon qilindi. Ammo 1848 y. bosib chiqarilgan «Siyosiy iqtisod asoslari» (5 jilddan iborat) kitobi unga shuhrat keltirdi. Amaliy hayotda Mill Ost-Indiya kompaniyasi bilan bog’langan edi (1858 y yopilgan). 1865-1868 y. Parlament a’zosi bo’lgan (D. Rikardoni eslang). So’nggi yillarda Frantsiyaning Avinon shahrida yashab ijod etdi.


3. FRANTSIYADAGI NAMOYONDALARNING G’OYALARI

Frantsiyadagi shu davrdagi iqtisodiy g’oyalarning rivoji Jan Batist Sey (1767-1832) nomi bilan bog’liq. Bo’lajak olim Lionda savdogar oilasida tug’ildi va keyinchalik yirik fabrikantga aylandi. U yaxshi ta’lim oldi, ammo savdo sohasida ancha erta hizmat qila boshladi. U inqilobni qo’lladi. Napoleon Bonapart xukumatida moliya sohasida ishladi. Uning birinchi asari «Siyosiy iqtisod risolasi» 1803 yilda chiqdi va hayoti davomida besh marta qayta nashr qilindi, qayta ishlandi va uning bosh asari sifatida qoldi. 1817 yilda «Siyosiy iqtisod katexizisi» (Katexizis - grekcha «nasihat», «qo’llanma» mazmuniga ega), 1828-30 yillarda olti tomlik «Siyosiy iqtisod kursi» kitobi ham chop etildi. Bu kitoblarda u sanoat burjuaziyasi tarafdori, merkantilizm dushmani va iqtisodiy liberalizmni qo’llab-quvvatlovchi olim sifatida ma’lumdir.


Qiymatni foydalilik bilan almashtirish oqibatida daromadlar masalasi ham shu asosda yechib beriladi. Ishlab chiqarishda uch omil ishtirok etadi (mehnat, kapital, yer) va ularning har biri qiymatni hosil qilishda ma’lum xizmatni amalga oshiradi. Uch omil uch xil daromadni yuzaga keltiradi. Bunday tushuntirish nihoyatda sodda va yuzaki hisoblanadi. CHunki unda ishlab chiqarish omillari to’la huquqli hamkorlik asosida uyg’un - garmonik harakat qiladi, xech qanday ekspluatatsiya tan olinmaydi. Seyning izchil izdoshi Frederik Bastianing bosh asari ham «Iqtisodiy garmoniyalar» deb atalishi bejiz emas.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling