Tayanch konspektlar


Jan SHarl Leonard Simond de Sismondi


Download 0.5 Mb.
bet22/41
Sana14.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1702832
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   41
Bog'liq
Gumanitar fanlar

Jan SHarl Leonard Simond de Sismondi (1773-1842) SHveytsariyada tug’ilgan, frantsuz klassik siyosiy iqtisodini nihoyasiga yetkazuvchi va ayni vaqtda mayda siyosiy iqtisodning asoschilaridan biridir. U mo’’tabar protestant pastor oilasida tug’ilib voyaga yetdi. protestantlar kollegiyasini bitirib chiqdi, Jeneva universitetida o’qidi. Siyosat bilan unchalik ko’p vaqt shug’ullangani yo’q, Frantsiya ma’naviy va siyosiy fanlar akademiyasining a’zosi etib saylandi. S.Sismondi iqtisod va tarix fanlari sohasida katta ishlarni amalga oshirib, boy ilmiy-adabiy meros qoldirdi. «Toskani qishloq xo’jaligining ko’rinishi» (1801 y.), «Savdo boyligi yoki siyosiy iqtisod printsiplari va ularning savdo qonunchiligida qo’llanilishi to’g’risida» (1803 y.), «Italiya respublikalarining tarixi» (1807 y.), 1818 yilda esa «Edinburg entsiklopediyasi» uchun «Siyosiy iqtisod» maqolasini tayyorladi, lekin «Siyosiy iqtisodning yangi ibtidolari yoki boylikning aholi nufusiga munosabatlari to’g’risida» (1819 y.) kitobining nashr qilinishi uning shuhratini yanada oshirdi. Keyingi yillarda «Siyosiy iqtisoddan etyudlar» (1837 y.) va fundamental tarixiy asarlar hisoblangan «Frantsuzlar tarixi» (31 tom), «Rim imperiyasi qulashining tarixi», «Italiya ozodligi tiklanishining tarixi» va boshqa asarlari nashr qilindi.


6 - Mavzu. MARJINALIZM TA’LIMOTI VA NEOKLASSIK IQTISODIY MAKTABLAR



  1. MARJINALIZM IQTISODIY TA’LIMOTINING SHAKLLANISHI, UMUMIY TA’RIFI

XIX asrning ikkinchi yarmi-XX asrning boshlarida iqtisodiy ta’limotlarning rivojlanishi (evolyutsiyasi) kapitalizm iqtisodiyotida uning siyosiy ustqurmasida yuz berayotgan tub siljishlarni aks ettirar edi. XIX asrning so’nggi choragida erkin raqobatning monopoliyaga aylanishi iqtisodiyotdagi eng muhim hodisa bo’ldi. Bu jarayon kapitalizm ziddiyatlarning, ayniqsa mehnat bilan kapital o’rtasidagi ziddiyatlarning chuqurlashuvi va keskinlashuvi bilan ayni bir vaqtda ro’y berdi. XIX asrning 70-yillaridan boshlab qiymat nazariyasi va uni ilmiy tahlil qilishda ham chinakam inqilobiy o’zgarish yuz berib aynan shu davrda yevropaning bir nechta mamlakatlarida turlicha nazariy maktablar shakllandi. Ushbu maktablar yaratgan iqtisodiy ta’limot fanda «marjinalizm» ta’limoti deb nomlanib XX asrning 30-yillarigacha o’z mavqeini saqlab turdi.


Marjinalizm frantsuzcha «marginal» so’zidan olingan bo’lib «eng yuqori», (chegaraviy) degan ma’nonibildiradi.
Bu boradagi o’zining ilk fikrlarining U.Stenli Jevons 1862yilda Britaniya fanlarini rivojlantirish Assotsiatsiyasida qilgan «Siyosiy iqtisodning umumiy nazariyasi haqida qisqacha bildirish»nomli ma’ruzasida bayon etgan edi. 1871yilda esa U.Jevons yangi nazariyasini ilmiy asoslashga bag’ishlangan fundamental asar bo’lgan «Siyosiy iqtisod nazariyasi»nomli kitobini Angliyada nashr qildirdi. Aynan mana shu yili 1871yilda Avstriyada Karl Mengerning «Siyosiy iqtisod asoslari»nomli kitobi ham e’lon qilindi. Bu kitobda ham xuddi mana shu «eng yuqori foydalilik»nazariyasi tahlil qilinib matematik formula va teoremalarsiz ilmiy jihatdan asoslab berildi.
1874 yilda SHveytsariyada Leon Valrasning «Sof iqtisodiyot fani elementlari»nomli kitobi nashrdan chiqdi. Bu kitobdagi iqtisodiy nazariya to’liq ravishda matematik jihatdan rivojlantirildi. SHunday qilib yangi yo’nalish bir vaqtda uchta olim tomonidan turli mamlakatlarda ingliz, nemis va frantsuz tillarida ilmiy jihatdan asoslab berildi.
Marjinalizm va uning rivojlanish davrini ikki bosqichga bo’lib o’rganish maqsadga muofiqdir.
Birinchi bosqich XIX asrning 70-80-yillarini o’z ichiga olib iqtisodiy tahlilning dastlabki marjinalistik g’oyalarini mujassam qilgan dastlabki ilmiy asarlar yaratildi.(K.Menger, U.Jevons va L.Valras asarlari). Bu davrda asosiy mavzu inson psixalogik xususiyati, ya’ni uning hissiyoti va qabul qilishi asosida o’rganiladi. SHuning uchun marjinalizmning bu bosqichini iqtisodiy ta’limotlardagi «sub’ektiv yo’nalish» deb ataldi.
Ikkinchi bosqich XIX asrning 90-yillariga to’g’ri kelib, bu davrdan boshlab marjinalizm ko’pgina mamlakatlarda mashhur va asosiy ta’limotga aylandi. Marjinalistlarning bu davrda erishgan asosiy yutug’lari sub’ektiv-psixologik yo’nalishdan vos kechib iqtisodiyotning asosiy maqsadi bu iqtisodiy hayotning doimiy borishini mavjud shart-sharoitlar asosida tushuntira bilish demakdir, dedilar. Natijada yangicha iqtisodiy g’oyalar namoyondalari klassik iqtisodiy maktabning davomchilari sifatida baholanib, ularga neoklassiklar deb nom berildi.




  1. Download 0.5 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling