Tayanch konspektlar


- Mavzu. Jahon xo’jaligi to’g’risidagi iqtisodiy ta’limotlar


Download 0.5 Mb.
bet33/41
Sana14.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1702832
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   41
Bog'liq
Gumanitar fanlar

9 - Mavzu. Jahon xo’jaligi to’g’risidagi iqtisodiy ta’limotlar



  1. XALQARO MEHNAT TAQSIMOTI RIVOJIGA OID TA’LIMOTLARNING XX ASRDAGI XUSUSIYATLARI

Hozirgacha biz asosan ayrim mamlakatlardagi milliy iqtisodiyot, iqtisodiy jarayonlar to’g’risida fikr yuritdik. Ammo iqtisodiyotga xos bo’lgan muhim bir xususiyat shuki, u chegara bilmaydi, baynalmilal harakterga ega. Agar bu masalaga tarixan yondashilsa, iqtisodiyotning, xo’jaliklarning yaqinlashuv jarayoni ilgaridan ma’lum. Masalan, eramizdan avvalgi II asrdayoq Buyuk ipak yo’li bilan Xitoy, YAponiya, Koreya mollari Hindiston, Eron, O’rta Osiyo orqali Vizantiya va Italiyaga olib kelingan, u yerdan sotib olingan mollar boshqa mamlakatlarga olib borilgan. Tarixiy faktlarga murojaat etilsa, har bir karvonda ko’p sonli odamlar, yuk ortilgan ot, tuya, xachir va boshqalar bo’lgan, yo’l bir necha oylab davom etgan. Bu xalqaro savdo yo’li XIV-XV asrlarda Amir Temurning olib borgan iqtisodiy siyosati tufayli keng rivojlandi (kam boj olingan, karvon yo’llari qaroqchilardan himoya qilingan, bir kunlik yo’l oxirida karvonsaroy bo’lgan, u yerda suv uchun quduqlar, sardobalar qurilgan, ot-ulov, yem-xashak va oziq-ovqatlari saqlangan).
Amir Temur «Dunyo savdo bilan obod bo’lur» degan fikr bildirgan, bu fikrning hozirgi davrda qanchalik dolzarbligi hammaga ayon. Bobur Hindistonda podsholik qilgan davrda ham bu sohada muhim ishlar qilingan. Agradan Kobulgacha bo’lgan yo’l bo’ylab har 15 mil (1 mil = 1.6 km) masofaga 6 tadan ot va unga qaraydigan xizmatchilar qo’yilib, ular xalqka hizmat qilgan (U.Erskin Bobur Hindistonda T., «CHo’lpon», 111-bet.)
Jahon bozorining vujudga kelishi ko’pincha XV asr oxiri va XVI asr boshi bilan belgilanadi. Bu fikrda ham jon bor albatta, chunki buyuk geografik kashfiyotlar tufayli Amerika qit’asi, ko’plab yangi orol va mamlakatlar ochildi. Ular bilan dengiz orqali iqtisodiy aloqa kuchaydi, mustamlakachilik tizimi vujudga keldi. Iqtisodiyotning baynalmilallashuv jarayoni doim rivojlanishda bo’ldi va ayniqsa ikkinchi jahon urushidan keyin bu jarayon mazmun jihatdan tobora chuqurlashib, hududi kengayib bormoqda. Jahon xo’jaligi, uning paydo bo’lishi, rivojlanishi va takomillashuv qonuniyatlari, tamoyillari doim olim va mutaxassislarning diqqat markazida bo’lgan.
E.Xeksher, B.Olin (SHvetsiya), P.Samuelson tomonidan yaratilgan «ishlab chiqarish omillarining xalqaro taqsimoti» nazariyasi (modeli) tipik hisoblanadi. Ularning fikricha, har mamlakat iqtisodiyoti ishlab chiqarish omillari bilan bir xil ta’minlanmaganligi bilan, demak har bir omilning turlicha bahoga egaligi (ish haqi, foiz, renta) bilan harakterlanadi. Ayrim mamlakatlarda mehnat asosiy omil (boshqasidan son jihatdan ko’p) bo’lsa, uning narxi kapital va yerga nisbatan past baholanadi; kapital mo’l bo’lgan mamlakatda u boshqa ikki ishlab chiqarish omiliga nisbatan arzon bo’ladi. Har bir mamlakat o’zining ustunligini realizatsiya qilishga intiladi, jahon bozoriga ishlab chiqarish omili nisbatan arzon bo’lgan yo’l bilan tayyorlangan tovarlar ko’proq chiqariladi. Bunday ishlab chiqarish ixtisoslashuvi shunga olib keladiki, barcha davlatlar o’ziga qulay va foydali bo’lgan xo’jalik tarmoqlarini rivojlantirib, qulay sharoit bo’lmagan boshqalaridan voz kechadi. Bu nazariya ishlab chiqarishning chiqimlarini mo’tlaqlashtiradi va xalqaro ixtisoslashuvning yagona mezoniga asoslanadi. SHu sababli jahon savdosi uyg’un (garmonik) jarayon deb qaraladi. Bunda jahondagi real shart-sharoitlar to’la hisobga olinmaydi, masalan o’z davrida mustamlaka egasi (metropoliya) bilan koloniyalar o’rtasidagi munosabatlarni hech ham uyg’un deb bo’lmaydi. Iqtisodi yuksak davlat bilan qoloq mamlakatlar o’rtasidagi aloqalarda ham garmoniya bo’lishi amri mahol. Lekin kelajakda ideal shakl sifatida bu hodisa ro’y berishi mumkin.
Ilmiy - texnik progressi bilan bog’liq iqtisodiy qarashlar ingliz iqtisodchisi Jon Xiks (1904-1989) tomonidan ilgari surilgan. Uning modeli bo’yicha texnika prgressi neytral, mehnatni iqtisod qiluvchi va kapitalni iqtisod qiluvchi guruhlarga bo’linadi. Texnika progressi oqibatida ishlab chiqarish va iste’mol xalqaro savdoga neytral, ijobiy va salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.


  1. Download 0.5 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling