Tayanch konspektlar


XALQARO VALYUTA MUNOSABATLARI


Download 0.5 Mb.
bet35/41
Sana14.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1702832
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   41
Bog'liq
Gumanitar fanlar

3. XALQARO VALYUTA MUNOSABATLARI

Iqtisodchi olimlar xalqaro valyuta munosabatlariga alohida e’tibor beradilar. Valyuta bozorida milliy valyuta chet el valyutasiga (masalan, AQSH dollari, Meksika pesosi, nemis markasi, iyena yoki funt sterling) almashtiriladi. Almashuv (valyuta) kursi - bu chet el valyutasi birligining milliy puldagi ifodasidir. Bu munosabatlar har kuni, hatto har soatda o’zgarib turishi mumkin. Valyuta kursini stabil (turg’un) qilish uchun to’lov balanslarining tengligiga erishish yo’li taklif etiladi.


30-yillargacha to’lov balanslarini tartibga solish mexanizmini tahlil etishda D.YUm, J.Mill tomonidan ishlab chiqilgan «klassik» nazariya ustun mavqega ega bo’lgan. Bu g’oyaga ko’ra, oltinning xalqaro harakati va har bir mamlakatdagi baholarning o’zgarishi avtomatik ravishda bir-biri bilan bog’liq, oqibatda barcha mamlakatlarning to’lov balansi barqarorlikka intilish tendentsiyasiga ega. Oltin standartining tugatilishi bilan olimlarning ko’pchiligi neokeynschilik pozitsiyalariga o’tib oldilar («Oltin standarti» XIX asrda va XX asrning ma’lum davrida amalda bo’lgan, masalan, Buyuk Britaniyada 1821-31 yillar oltin standartidan foydalanilgan, AQSHda 1934 yil dollarni oltinga aylantirish tugatildi). YAngi sharoitda to’lov balansini tartibga solishda asosiy e’tibor davlatning hisob stavkasiga ta’siri muhim deb hisoblanadi. Boshqa tartibga solish chorasi sifatida importni kamaytirish va eksportni rag’batlantirish, buning uchun esa mehnatkashlarning ichki to’lov imkoniyatlari talabini pasaytirish (deflyatsiya yo’li) yoki milliy valyutani devalvatsiya qilish usuli taklif etiladi.
Valyutaning elastik kurs miqdori uch omilga bog’liq:
1. Ichki va tashqi narxlar darajasi. Boshqa sharoitlar teng bo’lganda ichki baholarning o’sishi valyuta kursining pasayishiga olib keladi (harid qilish qobiliyati pariteti nazariyasi);
2. Savdo oqimi bilan bog’liq omillar; masalan, eksport bozorining kamayishi yoki yo’qotilishi, defitsit, ya’ni valyuta arzonlashuvini keltirib chiqaradi.
3. Kapital oqib o’tishi. Mamlakat ichida foiz stavkalarining oshishi kapitalni jalb etadi va bu bilan milliy valyutaning qimmatlashuvini keltirib chiqaradi.



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling