Tayanch konspektlar
JAHONSHUMUL IQTISODIY MUAMMOLAR
Download 0.5 Mb.
|
Gumanitar fanlar
4. JAHONSHUMUL IQTISODIY MUAMMOLAR
Hozirgi davrda jahonda 200 dan ortiq davlat mavjud, ularning soni sobiq SSSRning parchalanishi, YUgoslaviyaning bo’linishi va boshqalar tufayli keskin oshdi. SHundan 188 davlat BMT a’zosidir. Bu tashkilot tuzilganidan buyon (1945 yil 24 oktyabr) o’ziga xos yakun yasaldi va quyidagilar e’tirof etildi: BMT a’zolari soni 51 tadan 188 ga o’sdi, dunyo aholisi esa shu davr mobaynida 2.5 milliarddan 6,1 milliardga yetdi (o’sish 3,5 milliard), yalpi milliy mahsulot (yoki xalq boyligi) 7 trillion AQSH dollaridan deyarli 30 trillion dollarga yetdi, ya’ni 4 martadan ko’proq o’sdi. 1995 yilning martida Kopengagenda BMT tashabbusi bilan ijtimoiy rivojlanish masalalari bo’yicha xalqaro konferentsiya bo’ldi, unda 150 dan ortiq davlat (oliy maqom) rahbarlari ishtirok edilar. BMT Bosh kotibi B. Bo’tros Foliy (1997 yildan BMT Bosh kotibi tinchlik bo’yicha Nobel mukofoti laureati Kofi Annan) o’z nutqida so’nggi yillarda kambag’allar va boylar o’rtasidagi tafovut kuchayib, 1960 yildagi nisbat 13:1 dan hozirgi o’n yillikda 60:1 ga yetdi, deb aytdi. Hozirgi davrda bu nisbiy 75:1 Sayyoramizning 1.5 milliard aholisi (27.3 foiz) og’ir iqtisodiy ahvolda kun kechirmoqda, ochig’ini aytganda esa och-yalang’ochdir. Bunday differentsiatsiya xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Undan tashqari, dunyoda ekologik muammo kuchayib bormoqda. Sog’liqni saqlash (SPID va boshqa yuqumli kasalliklar), narkobiznes masalalari tobora avj olmoqda. YAna bir eng dolzarb masala - bu demografiya muammosidir. BMT ma’lumotlariga ko’ra, 1945-95 yillar davomida jahonda aholi soni 2.5 milliarddan 5.5 milliardga yetdi (o’sish 3 milliard), yalpi ichki mahsulot (milliy daromad) 7 trilliondan 22 trillion AQSH dollariga o’sdi. Lekin aholining asosiy qismi eng tez ko’payayotgan joylarda iqtisodiy o’sish sust. O’z davrida SHarl Fure yer sharidagi maksimal aholi soni 5 milliarddan oshmasligi kerak, degan g’oyani aytgan edi. XXI asr boshida 6 milliard aholining iqtisodiy ahvolini o’ylash kerak bo’ladi. SHular tufayli nazariya va kontseptsiyalar ilgari surilgan. SHular ichida davlatning iqtisodiy rivojlanishdagi roli masalasi muhimdir, bu haqda yuqorida fikr yuritilgan edi, ma’lumki, klassik va neoklassik ta’limot tarafdorlari davlatning ishtirokini imkoni boricha cheklashni taklif etsa, Keyns va keynschilar hamda neokeynschilik davlatning roli faol bo’lishini targ’ib etadi. Bu holatda ham ana shunday ikki xil qarash harakterlidir. Masalan, ingliz iqtisodchisi P.Bauer davlat faqat norentabel sohalar, masalan transport, aloqa, kommunal xo’jalik, texnik qadrlarni tayyorlash va boshqa tarmoqlar faoliyatiga aralashuvi va ularga davlat sektoridan yordam berishi kerak degan g’oyani ilgari suradi. Boshqa rentabelli tarmoqlar esa xususiy sektor qo’liga berilishi va u yerda davlatning roli minimal bo’lishi kerak, deyiladi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling