Tayanch konspektlar


- Mavzu. O’zbekistonda milliy bozor iqtisodiyoti shakllanishi va rivojlanishi


Download 0.5 Mb.
bet39/41
Sana14.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1702832
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
Gumanitar fanlar

10 - Mavzu. O’zbekistonda milliy bozor iqtisodiyoti shakllanishi va rivojlanishi
1. MILLIY IQTISODIYOTDA MA’MURIY - BUYRUQBOZLIK TIZIMINING OQIBATLARI VA TUB ISLOXOTLAR ZARURIYATI

Insoniyat XXI asrga kelib, ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotining mohiyatini chuqurroq anglash bilan bir qatorda, uning asoratlariga barham berishga astoydil kirishganini namoyon etmoqda. Xususan, O’zbekiston Respublikasi uchun sobiq mustabid tuzum merosi va sohta mafkuraning oqibatlari quyidagilarda o’z aksini topishi Respublika Prezidenti, akademik I.Karimov asarlarida umumlashtirilgan:


1.Bir yoqlama rivojlangan, mo’rt, zaif iqtisodiyotga asoslangan markazga qaram yarim mustamlaka mamlakat.
2.Boy mineral xomashyo resurslaridan nazoratsiz va ayovsiz foydalanishga hamda puxta yakkahoqimligiga asoslangan iqtisodiy tizim.
3.Mahalliy xomashyolarni qayta ishlash quvvatlarini ibtidoiy darajadaligi, ishlab chiqarishning texnologik asbob-uskuna va bo’tlovchi qismlar, shuningdek yoqilg’i ta’minotida markazga qaramlik.
4.Eng muhim oziq-ovqat mollari (un, shakar, go’sht-so’t mahsulotlari)va boshqa xalq iste’moli mahsulotlarining chetdan keltirilishi.
5.Paxta xomashyosi mahsulotlarining suv tekinga tashib ketilishi, oltin, qimmatbaho va rangli metallar, strategik ahamiyatga ega materiallar jahon bozorida o’ta haridorgir bo’lgan boshqa qimmatbaho mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotishdan keladigan foydadan O’zbekiston xazinasiga tushmaslik.
6.Iqtisodiy o’sish sur’atlari samaradorligi ko’rsatkichlarining salbiy darajadaligi ortib borishi, moliya-pul tizimining bo’tkul ishdan chiqishi.
7.Xorijiy mamlakatlar bilan bevosita tashqi iqtisodiy aloqalarning cheklanganligi.
8.Qishloq joylarda yashirin ishsizlik, shahar va qishloqdagi turmush darajalaridagi farqning ortib borishi.
9.O’zbekiston aholisi turmush darajasi ko’rsatkichlarining sobiq SSSRdagi eng oxirgi o’rinlardan biriga tushib qolganligi.
10.Ekologik muammolarning keskinlashuvi, yer-suv resurslaridan ayovsiz foydalanish, yerlar sho’rlanishining ortishi, cho’l zonalarining kengayishi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling