Tayanch konspektlar
O’TISH DAVRI TAVSIFI VA UNING MILLIY XUSUSIYATI
Download 0.5 Mb.
|
Gumanitar fanlar
2. O’TISH DAVRI TAVSIFI VA UNING MILLIY XUSUSIYATI
Ma’muriy markazlashgan iqtisodiyotning tarixiy oqibatlari, bozor munosabatlariga o’tish zaruriyatini anglashni va tub islohotlar boshlashni talab etdi. Natijada iqtisodiy munosabatlar tizimining bir shaklidan voz kechildi va ikkinchi shakliga yuz tutildi. Respublikadagi mavjud vaziyat iqtisodiy islohotlarni o’tkazishga tubdan yangicha yondashuvni sifat jihatidan yangi vazifalar va sharoitlarni hamda tajribalarni hisobga olishni eng muhim mamlakatlar salohiyatiga ko’proq tayanishni taqozo etdi. Bunday ma’suliyatli vazifani hal etish akademik Islom Karimov tadqiqotlarida nazariy-ilmiy yechimini topdi. CHunonchi, aslini olganda, gap bozor munosabatlariga o’tishda o’xshashi bo’lmagan betakror andozamizni ishlab chiqish, o’z yo’limizni tanlab olish haqida bormoqda. Bu yo’l - uch tarkibiy qismdan iborat: ijtimoiy jihatdan yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti milliy andozasi mohiyatining tavsifi; qat’iy markazlashtirilgan ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan xo’jalik yuritishning bozor munosabatlariga o’tishning eng muhim printsiplari; iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning, tanglikdan chiqib olishning barqarorlikni va muhim ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashning aniq yo’nalishlari. Keltirilgan tarkibiy qismlar to’g’risida respublikamiz ziyolilari, xususan iqtisodchi olimlar chuqur tadqiqotlarni davom ettirib, bir qator asarlarini chop etishdi. O’tish davri iqtisodiyotining ko’pchilik mamlakatlarga xos bo’lgan umumiy qoidalari va holatlari jumlasiga quyidagilar kiradi: mavjud iqtisodiy tizimda yangi tizimga o’tishdagi beqarorlik, nomutonosiblik va muvozanatsizliklar; jamiyat iqtisodiy rivojlanish yo’llarining turli-tuman harakterdaligi; mulkchilik, boshqaruv, tovar-pul munosabatlari kabi sohalarda tub islohotlarning zarurligi; umumiy o’tish qonuniyatlari mavjudligidan qat’iy nazar, har bir mamlakat shart-sharoitlarini hisobga olish zarurligi; eski turmush tarzi mezonlari va yangi iqtisodiy qadriyatlarning nomuvofiqligi, ba’zi hollarda esa, qarama-qarshi ziddiyatli tusga ega bo’lishi; jamiyat a’zolari bir qismining eski mafkura iskanjasidan qo’tilishning qiyinchilik bilan ketishi, yangi iqtisodiy munosabatlarga ehtiyotkorlik bilan yondoshishiga qaramay, tashabbuskor, izlanuvchan, tadbirkor va taraqqiyparvar kishilarning tobora ortib borishi kabilar. Tarix tajribasiga ko’ra, madaniylashgan bozor munosabatlariga o’tish davrining dovomiyligi bozor iqtisodiga o’tishning qanday yo’li, andozasi tanlanishi kabi boshqa shart-sharoitlarga bog’liq bo’ladi. XX asr nihoyasiga kelib, shakllangan iqtisodiy taffakur va iqtisodiy taraqqiyot istiqbollari to’g’risidagi qarashlarda erkin itisodiy tartibga solish g’oyasi ham, markazlashtirilgan tarzda rejalashtirish g’oyasi ham inqirozga uchraganligii bayon etilmoqda. CHunki I.Karimov ta’kidlaganidek: Jahon tsivilizatsiyasi ijtimoiy taraqqiyotning sifat jihatdan yangi yo’llarini ishlab chiqdi, tartibga solinadigan bozor iqtisodiyoti mana shu yo’lga asos qilib olingan. O’tish davri ko’xna yevropa mamlakatlarida bir necha yuz yilni tashkil etgan bo’lsa, mustamlakachilikdan ozod bo’lgan Osiyo va boshqa qit’a mamlakatlarida bir necha o’n yildan iborat bo’ldi. Masalan, Buyuk Britaniya-200 yil, Frantsiya -150 yil, Germaniya va AQSH-50-100 yil. Boshlang’ich shart-sharoitlarga ko’ra, yondoshilgan guruhlash mezoniga asosan tartiblashga solinadigan bozor iqtisodiyoti mamlakatlari uchun 3 ta yondashuv va yana bir turdagi o’rinish mavjudligi I.Karimov tomonidan tahlil etilgan. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling