Tayanch konspektlar


RIVOJLANAYOTGAN MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI TO’G’RISIDAGI NAZARIYALAR


Download 0.5 Mb.
bet37/41
Sana14.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1702832
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
Gumanitar fanlar

5. RIVOJLANAYOTGAN MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI TO’G’RISIDAGI NAZARIYALAR

Farbda «noiloj rivojlanish», «tashqi to’rtki» nazariyalari keng tarqalgan (R.Nurkse, E.Xagen), unda ozodlikka erishgan davlatlar dastlab musibatlarga uchrashi tabiiy, shu sababli ularning ahvoli og’ir bo’ladi. ochlik-yalang’ochlikka mahkum etiladi. Daromadning kamligi jamg’armalar paydo bo’lishiga to’siqdir va kapital qo’yilmalar ham past darajada saqlanadi. Bu esa sanoat rivojiga va milliy daromad o’sishiga yo’l bermaydi va kambag’allik hamda nochorlikni keltirib chiqaradi (Ilojsizlik rivojlanishi). Bu og’ir ahvoldan chiqishning birdan-bir yo’li - tashqi «turtki yo’li» hisoblanadi. Minimum kapital qo’yilmalarning asosan tashqi investitsiyalar hisobiga asta-sekin o’sishiga, rivojiga erishiladi. Kapital qo’yilmalar miqdori ma’lum kritik darajadan yuqori bo’lishi kerak, shu bilan turg’unlik holatidan chiqib olinadi. Bu tadbirkorlik faoliyatini kuchaytiradi va xorijiy investorlar uchun qulay «iqlim»ni yuzaga keltiradi. Farbdagi ko’p iqtisodchilar bu mamlakatlarda chuqur ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar o’tkazishni ham taklif etmoqdalar. Mustamlaka (koloniya) qaram mamlakatlari bilan metropoliya o’rtasidagi munosabatlar hech vaqt tenglik asosida bo’lmagan, noekvivalent almashuv yo’li bilan qo’shimcha boylik orttirish imkoni bo’lgan. Ilgari mustamlaka bo’lgan qaram davlatlar mustaqillikka erishgandan keyin ham avvalgi metropoliyaga ko’p vaqt davomida ko’p jihatdan bog’liq bo’lib qolaverdi. Bu davrga oid neokolonializm ta’limotlari yuzaga keldi. «Solishtirma chiqimlar» nazariyasining yangi variantlari J.Vayner, G.Xaberler, CH.Kindleberger va boshqalar tomonidan har tomonlama ishlab chiqilgan. Bu nazariya tarafdorlarining fikricha, rivojlanayotgan davlatlarda tabiiy resurslar anchagina bo’lganligini hisobga olib, oziq-ovqat va xom ashyo mahsulotlariga ixtisoslashish ma’qul, sanoatni rivojlantirishga hojat yo’q, chunki an’anaviy eksport tovarlari hisobiga xalqaro bozordan kerakli mahsulotlarni almashib olish mumkin. Bu fikrga qo’shilib bo’lmaydi, chunki bu usul mamlakat rivojiga olib kelmaydi. Masalan, Malayziya xuddi shunday yo’l to’tdi, faqat o’z xom ashyosini tayyor mahsulotga aylantirgachgina muhim iqtisodiy yutuqlarga erishdi. «Ishlab chiqarish omillari» nazariyasida ham noekvivalent almashuv tizimi, chetga esa faqat xom ashyo chiqarish taklif etiladi. CHet el kapitali uchun keng imkoniyatlar yaratish fikri ustundir.


Bu tadqiqotdagi g’oya bo’yicha jahon xo’jaligidagi munosabatlar rivoji boshqa tsivilizatsiyalashgan munosabatlar sari borishi kerak va bu jarayon keyingi paytlarda yangi xalqaro iqtisodiy tartib sifatida qaralmoqda. Bunda hamma munosabatlar o’zaro tenglikka asoslangan, barcha mamlakatlar manfaatlarini hisobga oluvchi va adolat tamoyillariga amal qiluvchi iqtisodiy-ijtimoiy aloqalar yangi xalqaro iqtisodiy tartibning asosiy mazmunidir.
Bunday g’oyaning paydo bo’lishi avvalgi davrlarda bu munosabatlarda tenglik bo’lmaganligini tan olish bilan barobar fikrdir. I.Fisher, R.Dornbush, R.SHmalenzilarning ta’kidlashicha, kambag’al mamlakatlar masalasi kambag’al Janub bilan boy SHimol o’rtasidagi muammolar sifatida tobora kuchayib bormoqda. Janub mamlakatlari o’z qiyinchiliklarini jahon iqtisodiyotidagi mavjud avvalgi tartibdan deb bilmoqdalar, bu tartib go’yoki ularga qarshi qaratilgandir. 1974 yilda BMT Bosh Assambleyasi yangi xalqaro iqtisodiy tartib joriy etishni qo’llab-quvvatlovchi rezolyutsiyani qabul qildi (NIEO).



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling