Tayanch konspektlar


FIZIOKRATIZM. F.KENE VA A.TYURGO IQTISODIY TA’LIMOTLARI


Download 0.5 Mb.
bet14/41
Sana14.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1702832
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   41
Bog'liq
Gumanitar fanlar

4. FIZIOKRATIZM. F.KENE VA A.TYURGO IQTISODIY TA’LIMOTLARI


Fransua Kene (1694-1774) har tomonlama keng bilimli olim bo’lib, Versal yaqinida kambag’al dehqon oilasida dunyoga keldi, u yoshligidan meditsinaga xavas qo’ydi, qishloq jarrohidan dars oldi, meditsina amaliyoti unga shuhrat keltirdi. Dvoryan unvoniga ega bo’ldi va Versal saroyiga (Lyudovik XV qirol saroyiga) o’tdi. 1718 yilda vrachlik kasbini oldi. 1744 yilda meditsina doktori ilmiy darajasiga erishdi, 1752 yildan esa Lyudovik XV xonadonida tabiblik qildi (leybmedik). Meditsina va biologiyaga oid ko’pgina asarlar yaratdi. Eng muhimi shuki, u oltmish yoshidan boshlab iqtisodiyot muammolari bilan bevosita shug’ullana boshladi.
SHuni ta’kidlab o’tish kerakki, F.Kenening iqtisodiy g’oyalari qirol saroyida - Versalda yuzaga keldi. Bu yerda u umrining deyarli oxirigacha yashadi va ijod qildi. Bizningcha, bu yerda ob’ektiv iqtisodiy informatsiya yetarli bo’lgan va olim ulardan yaxshi foydalanib o’z ta’limotlarini yaratgan. 1766 yilda Adam Smit ham uning mehmoni va suhbatdoshi bo’lgan edi. Didro va D`Alamber tomonidan chop etilgan «Qomus»da F.Kenening dastlabki iqtisodiy maqolalari: «Fermerlar», «Don», «Aholi», «Soliqlar» paydo bo’ldi (1756-1757yy). 1758 yilda uning asosiy va eng muhim asari - «Iqtisodiy jadval» kitobi dunyoga keldi. F.Kene bu asarlarida fiziokratizm maktabi asoslarini yaratdi, uning nazariy va siyosiy dasto’rini ta’riflab berdi. Uning ishini va tadqiqotlarini XVIII asrning ikkinchi yarmida Frantsiyaning taniqli davlat arbobi A.Tyurgo (1727-1781 yy.) davom ettirdi. Fiziokratizm g’oyalarini (ayniqsa F.Kene ta’limotini) Dyupon de Nemur, D`Alamber, V.Mirabo, G.Letron va boshqalar keng targ’ib etdilar. SHunday qilib, haqiqiy fiziokratlar maktabi yoki o’sha davr tili bilan aytganda «iqtisodchilar maktabi» tarkib topdi. Uning eng rivojlangan davri XVIII asrning 60-70 yillariga to’g’ri keladi.
Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi muammolari tadqiqot predmeti sifatida qaraladi. SHu bilan birga, xalq xo’jaligi tarmoqlarining o’zaro chambarchas bog’liqligi deyarli e’tiborga olinmaydi.
F.Kene «tabiiy tartib» kontseptsiyasini ilgari surdi, bu olimning uslubiy platformasi edi («tabiiy huquq » kontseptsiyasini eslang), bunda u paydo bulayotgan va tobora mustaxkamlanayotgan daxlsiz xususiy mulkni tushundi, iqtisodiyot erkin raqobat asosida rivojlanishini, bozor
Fiziokratlar (lotincha physio - tabiat va kratos - hoqimiyat) XVIII asrda Frantsiyada ijod etgan klassik iqtisodiy maktab namoyandalaridir. Fiziokratlar maktabi feodalizmdan kapitalizmga o’tish davrida rivojlandi, bu iqtisodiy yo’nalish Frantsiyada vujudga keldi va bu tasodifiy emas edi. Frantsiya iqtisod va ayniqsa sanoat buyicha Angliyadan ancha ortda bo’lishiga qaramay, bu yerda ham sanoatning kapitalistik turi - manufaktura rivojlana boshladi (bu haqda yuqorida aytib o’tildi). Ammo mamlakat hali ham agrar holatda edi. Aholining asosiy qismi qishloqlarda yashar, milliy boylikning 2/3 qismi shu sohada yuzaga keltirilar edi. Dehqonlarning ahvoli tobora yomonlashdi, qishloq xo’jaligining tushkunligi esa eng yuqori chuqqiga ko’tarildi. Asosan mayda dehqon xo’jaliklaridan iborat Frantsiyada yangi, nisbatan samarali kapitalistik sinf - fermerlar ham paydo bo’lib, tobora rivojlandi. Islohotlarni amalga oshirish sust bordi, feodal majburiyatlar tobora oshdi. Oqibatda dehqonlarning norozilik harakati kuchaydi. Mamlakatning moliyaviy axvoli fojiali edi. Mamlakat ishlab chiqarish kuchlarining rivoji feodal iqtisodiy munosabatlar bilan qarama-qarshilikka uchradi. Burjua inqilobiga olib keladigan omillar ko’paydi. Feodal tuzumga qarshi kurash g’oyasi fiziokratlar va ularning asoschisi F.Kenening iqtisodiy ta’limotida asosiy o’rinni egalladi.
F.Kenening g’oyalari Ann Rober Jak Tyurgo (1727-1781 yy.) tomonidan davom ettirildi va chuqurlashtirildi. Ammo u o’zini F.Kene shogirdi yoki davomchisi deb hisoblamagan. U Parijda normand dvoryanlar oilasida tug’ildi, Sarbonnaning Teologiya (diniy) fakultetini tugatdi, ammo bu sohada ishlamadi. 1751 yildan Parij parlamentining chinovnigi, 1761-1774 yillarda Limojda intendant (harbiy qismda xo’jalik mudiri), 1774-1776 yillarda moliya bosh nazoratchisi, qirol Lyudovik XVI davrida moliya vaziri sifatida bir qancha antifeodal islohotlar o’tkazdi (don savdosidagi cheklashni yo’q qildi, savdo gildiyalarini tugatdi...), ammo bu o’zgarishlar Tyurgo iste’foga chiqqach, bekor qilindi. U ham F.Kene singari Didro, D`Alamber va ularning yordamchilari tomonidan chiqarilayotgan « Qomus»ga bir nechta falsafiy va iqtisodiy maqolalar yozdi.
A.Tyurgo V.Gurne (u 1759 yilda vafot etdi) bilan F.Kene xuzurida ko’p bo’lgan, u ular bilan asosiy masalalarda maslakdosh bo’lsa ham, ko’p sohalarda boshqacha fikr yuritar edi. A.Tyurgo Parijda A.Smit bilan ham uchrashgan.
A.Tyurgoning iqtisodiy qarashlari uning 1766 yilda yozilgan (1769-1770 yillarda chop etilgan) «Boylikning paydo bo’lishi va taqsimlanishi to’g’risidagi mulohazalar» asarida nisbatan to’la yoritilgan. U Kene fikrlarini faqat targ’ibot qilish bilan cheklanmadi, uni rivojlantirdi. U kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlarini ancha chuqur tushundi, feodalizmni islohotlar o’tkazish yo’li bilan yaxshilash mumkin degan fikrga ishonmadi (Kene ishongan), kapitalizm feodalizm qobigida vujudga keladi va g’alaba qiladi degan g’oyani ilgari surdi.



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling