Tayanch konspektlar
INSONIY RIVOJLANISH KONTSEPTSIYASI
Download 0.5 Mb.
|
Gumanitar fanlar
6. INSONIY RIVOJLANISH KONTSEPTSIYASI
Iqtisodiy o’sish va odamlar farovonligi orasida bog’liqlikning kuchayishi ko’p vaqt talab etuvchi yer reformasi, soliqlarning progressiv tizimi, asosiy ijtimoiy yordamning kuchaytirilishi, uni barcha muhtoj aholiga yetib boradigan qilish, odamlarning iqtisodiy va siyosiy faoliyatlari yo’lidagi to’siqlarning yo’qotilishi va ularning boylikka ega bo’lish huquqini tenglashtirish va bozor iqtisodiyoti bilan bog’liq, iqtisodiy va siyosiy sa’y-harakatlardan eng ko’p ozor chekishi mumkin bo’lganlarga vaqtinchalik ijtimoiy xavfsizlik tizimini joriy qilish kabi bir qancha chora-tadbirlarni talab etishi mumkin. Bunday siyosiy faoliyat fundamental va har bir mamlakat uchun farqlidir. Ammo ba’zi bir xususiyatlar hamma mamlakatlar uchun umumiy. Birinchidan, inson muammolari markaziy muammoga aylanadi. Rivojlanish odamlar farovonligining oshishi nuqtai nazaridan tahlil qilinadi va tushuniladi. Har qanday faoliyat unda qancha odam qatnashganligi va foydalanganligi nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Rivojlanish siyosatining muvaffaqiyatli bo’lishining burilish nuqtasi sifatida ishlab chiqarishning ko’payishi emas, balki insonlar hayotining yaxshilanishi olinadi. Ikkinchidan, insoniy rivojlanish ikki tomondan iborat ekanligi nazarda tutiladi. Birinchisi - yaxshi sog’liq, salomatlik, chuqur bilim va hunarlar kabi insoniy qobiliyatlar majmuasi bo’lsa, ikkinchisi - ish bilan ta’minlanganlik, ishlab chiqarish faoliyati, siyosiy faoliyat va hordiq chiqarish kabi erishiladigan qobiliyatlarga ega bo’lish yo’lidagi odamlar dunyoqarashini oshirishdir. Bu ikkala tomon me’yorining insoniy rivojlanish tomonidan tartiblanmaganligi insonlar rejalarining talafotida o’z aksini topadi. Uchinchidan, pirovard maqsadlar va ularga erishish usullari orasida aniq farq o’tkazilishi zarur. Odamlar maqsad sifatida qaralishi kerak bo’lsa-da, unga erishish usullari yoddan chiqmasligi kerak. YAlpi milliy mahsulotning (YAMM) o’sishi ko’pgina insoniy farovonlik ko’rsatkichlari o’sishining muhim omilidir. Ammo iqtisodiy o’sishning harakteri va taqsimlanishi odamlar hayotini boyitishga nisbatan o’lchanishi zarur. To’rtinchidan, insoniy rivojlanish faqat iqtisodiyotni emas, balki butun jamiyatni qamrab oladi. Siyosiy, madaniy va ijtimoiy omillarga iqtisodiy omillarga kabi e’tibor beriladi. Beshinchidan, odamlar rivojlanishning maqsadi va erishish omili ekanligi tan olinadi. Odamlar materialistik mashina uchun qulay yem emas, balki rivojlanishning oxirgi maqsadi ekanligi doim yodda bo’lishi kerak. Odamlar tovar ishlab chiqarishning «insoniy kapital» niqobi ostidagi quroli emasligi ko’zda tutilishi kerak. Insoniy rivojlanish kontseptsiyasi BMT Taraqqiyot Dasturi (FNDP) tomonidan izchil targ’ib qilinib kelmoqda. Bu sohadagi izlanishlar yillik «Insoniy rivojlanish bo’yicha hisobotlar» (Human Development Report) ko’rinishida chop etilmoqda. 1988 yilda boshlangan o’n yillik BMT Taraqqiyot Dasturi tomonidan barqaror ijtimoiy rivojlanish o’n yilligi deb e’lon qilingan. Bu o’n yil davomida ijtimoiy masalalarning ko’pgina jabhalariga tegishli o’nta bo’tunjahon anjumanlari o’tkazilishi mo’ljallangan. 1995 yil mart oyida Kopengagenda o’tkazilgan oliy martabali ijtimoiy rivojlanish konferentsiyasi va 1995 yil sentyabr oyida Pekinda o’tkazilgan ayollar muammolariga bag’ishlangan konferentsiyalar (1995 yilgi «Insoniy rivojlanish bo’yicha hisobot» erkak va ayollar orasida tenglikka erishish masalalariga bag’ishlangan) ana shular jumlasidandir. Har ikkala anjumanda o’ta muhim zamonaviy masalalarga javob topishga harakat qilindi. Xususan, Kopengagen anjumanida 160 ga yaqin davlat boshliqlari ishtirok etdi (unda Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov ham ishtirok etdi). Unda Butunjahon Ijtimoiy Deklaratsiyasi qabul qilindi va harbiy sohaga sarf qilinayotgan harajatlarni insoniy rivojlanish maqsadlariga safarbar qilish yo’llari muhokama qilindi. O’zbekistondagi ijtimoiy rivojlanish kontseptsiyasining asosini aynan inson va uning manfaatlari tashkil etadi. U insonni pirovard maqsad va rivojlanish asosi deb qaraydi. Hozirgi davrdagi mavjud kontseptsiyalar hoh markazlashtirilgan iqtisodiyotda moddiy mahsulotning yoki bozor iqtisodiyotida ichki mahsulotning o’sishi bo’lsin, tovar ishlab chiqarishni eng asosiy maqsad deb bilgan. Undan tashqari, bu asosiy maqsad, ya’ni jon boshiga tovar ishlab chiqarishning o’sishi, jismoniy kapitalni jamg’arish hisobiga erishilgan. YA’ni eskicha fikrlash doirasida qo’shimcha o’sish pirovard maqsad bo’lsa, investitsiyalar esa unga erishish vositasi hisoblangan. Har qanday jamiyatlarning rivojlanishida ularning bir holatdan boshqasiga o’tish davrlari eng mushkul, og’ir bo’lib hisoblanadi. Bu bir hayot tarzining bo’zilishi va yangisining yaratilishini davomida vujudga keladigan siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy harakatlardagi murakkabliklar bilan bog’liqdir. O’zbekiston uchun hozirgi bosqichda birinchi va muhim vazifa - bu bozor islohotlarini o’tkazishda jadallashtirishga asos bo’lgan, makroekonomik barqarorlikni ta’minlashdir. CHunki bu aholi turmush darajasini yetarli ta’minlashning tabiiy asosini tashkil etuvchi kelgusi iqtisodiy o’sish zaminidir. Masalaning murakkabligi shundaki, makroekonomik siyosatning kuchaytirilishi sharoitida ijtimoiy ehtiyojlarga harajatlarni keskin kamaytirishga yo’l qo’yilmasligi kerak, chunki insoniy resurslarga qo’yilgan mablag’lar ularning kelajakda barqaror rivojlanish asosigina bo’lib qolmasdan, hozirgi davrda osoyishta ijtimoiy sharoitning kafolotlanishini ham ta’minlaydi. O’zbekiston uchun bu juda muhimdir, chunki u qo’shni mamlakatlarda harbiy to’qnashuvlar davom etayotgan mintaqada joylashgan. Davlat o’tish davrining murakkabliklarini hisobga olgan holda o’z oldiga aholining iste’mol darajasining keskin pasayib ketishiga yo’l qo’ymaslik, mavjud ta’lim tizimini qo’llab-quvvatlash, aholini sog’liqni saqlash xizmatlari bilan ta’minlash, yangi bozor munosabatlari sharoitlariga moslashishi qiyinroq bo’lgan aholi qatlamlarini qo’shimcha ijtimoiy yordam bilan ta’minlash, mamlakatning har bir mehnatga layoqatli fuqarosi o’z ijobiy kuchlarini namoyon etishi, mustaqil ravishda o’zi va oilasi uchun yaxshi hayotni ta’minlashi uchun sharoit yaratish vazifasi qo’yilgan. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling