Tayanch konspektlar


XALQARO KAPITAL HARAKATI VA INVESTITSIYALARGA OID NAZARIYALAR


Download 0.5 Mb.
bet34/41
Sana14.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1702832
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   41
Bog'liq
Gumanitar fanlar

XALQARO KAPITAL HARAKATI VA INVESTITSIYALARGA OID NAZARIYALAR

Hozirgi davrda amerikaliklar yapon avtomobillarini minadilar, shvedlar frantsuzlar pishlog’ini iste’mol qiladilar, kanadaliklar koreys kompyuterlarini sotib oladilar, italiyaliklar Liviya neftidan foydalanadilar, ruslar amerikaliklar donidan non pishiradilar. Bu savdo munosabatida ichki savdoga nisbatan ikkita o’ziga xoslik mavjud. Birinchidan, xalqaro savdoda ishtirok etuvchi firmalar va iste’molchilar turli mamlakatlarda yashaydilar. Birinchi paydo bo’ladigan savol shundan iboratki, nega o’zi xalqaro savdo mavjud?


Hozirgi davrda xalqaro mehnat taqsimoti butun jahon yo’li bilan ishlab chiqariladi. Ko’pincha davlat hukumatlari bu savdoni tartibga solish uchun tariflar, ya’ni import qilinayotgan tovarlar uchun soliqlar solinadi. Ikkinchi muhim o’ziga xoslik shuki, savdo qilayotganlarning har biri boshqa-boshqa valyuta (pul)dan foydalanadilar. Masalan, Amerika haridorlari yapon avtomobillarini dollarda sotib oladilar. Avtomobillarni ishlab chiqarayotgan yapon ishchilari o’z maoshlarini iyenlarda olishni istaydilar. Demak, bu yerda xalqaro hisob-kitob masalasi ko’tariladi.
Hozirgi davrda xalqaro mehnat taqsimoti butun jahon xo’jaligining tashkil topishi va rivojlanishining hal qiluvchi omilidir. Bunda kapital chiqarish masalalari ham yetakchi o’rinni egallaydi. SHu sababli ularga bag’ishlangan bir qancha nazariyalar mavjud.
Tarixan birinchi bo’lib neoklassik ta’limotlar vujudga keldi. Ularning asosi B.Olin (SHvetsiya), K.Iverson (Daniya), R.Nurkse (Avstriya-AQSH) asarlarida o’z aksini topgan. Ular o’z ta’limotlarida marjinalizm kontseptsiyasiga asoslangan holda, kapitalning harakatchanligi, «kapitalning eng yuqori unumi» (foiz stavkasi bilan ifoda qilinadi) u yoki bu mamlakat kapitalining mo’l-ko’lligining turlicha ekanligi bilan izohlaydilar. Kapitalning «mo’l-ko’lligi» yoki «kamligi» uning migratsiya sababi qilib ko’rsatiladi. Bu jarayon to kapital unumi bir xil bo’lguncha davom etadi. Bu esa ishlab chiqarish omillari samaradorligining o’sishi, milliy daromadning ortishi, butun mamlakatlar iqtisodiy rivojlanish darajasining tekislanishiga olib keladi.
Kapital chiqarishning neokeynschilik ta’limoti 30-50-yillarda shakllandi, F.Maxlup, ye.Domar va R.Harrot bu nazariyaning asoschilari hisoblanadilar. Ularning fikricha, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishda savdo, to’lov balansining o’zgarishi tufayli, ya’ni aktiv savdo balansi bo’lgan mamlakatlarda kapital ortiqchaligi (jamg’armalarning investitsiyalardan ko’pligi), passiv balansli mamlakatlarda esa aksincha, kapital yetishmasligi sababli kapital harakati ro’y beradi. «Jamg’armalar»ning ortiqchaligi mamlakatni iqtisodiy depressiya va ishsizlikka olib boradigan eng muhim omil deb qaraladi. Unga qarshi ko’rash yoki uning oldini olish uchun «jamg’armalar» hisobiga qo’shimcha tovar eksportini moliyalash zarur deb topiladi. Ammo bunda import oshmasligi, ya’ni kapital chiqarish yo’li bilan hal etilishi kerak.
Olimlarning fikricha, iqtisodiy integratsiyaning asosiy ijtimoiy-siyosiy oqibatlari quyidagilardan iborat bo’ladi: ishlab chiqarishning doimo o’sishi va iqtisodiy inqirozlarning bo’lmasligi ta’minlanadi; iqtisodiyotning doimo o’sishi tufayli aholining turmush darajasi ko’tariladi; ishchi va kapitalistlar o’rtasidagi sotsial sheriklikni rivojlantiradi; turli mamlakatlar o’rtasidagi qarama-qarshiliklar va siyosiy nifoqlar tugatiladi. Demak, iqtisodiy integratsiya kapitalistik jamiyatga xos bo’lgan illatlarni kamaytirish vositasi sifatida qaraladi.



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling