Tayanch konspektlar


KEYNSCHILIK VA NEOKEYNSCHILIK


Download 0.5 Mb.
bet32/41
Sana14.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1702832
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   41
Bog'liq
Gumanitar fanlar

3. KEYNSCHILIK VA NEOKEYNSCHILIK

J.M.Keyns g’oyalari uning izdoshlari tomonidan .davom ettirildi va uch oqimga ajraldi, biz oqimlarni keynschilik deb ataymiz.


Keyns ta’limoti ayniqsa AQSHda katta shuhrat qozondi. Garvard universiteti professorlari E.Xansen (1887-1975), S.Harris, J.M.Klarklarning asarlarida bu g’oyalar rivojlantirildi va dastlab yangi keynschilik, keyinroq esa ortodoksal keynschilik deb ataldi. Keyns qoidalari asosan to’liq qabul qilindi, ammo masalan, Xansen tomonidan stagnatsiya nazariyasi bilan to’ldirildi.
Xansenning fikricha, kapitalizm qiyinchiliklari uning ichki qarama-qarshiliklaridan emas, balki «tashqi impulslar»ning susayganligi tufaylidir. Davlat harajatlarini o’stirish uchun soliqlarni oshirish taklif etiladi, ularning fikricha ish haqining 25-30 foizi emas, balki 60 foizini soliq sifatida olish, shuningdek «me’yordagi inflyatsiya» ham taklif etiladi.
E.Xansen, J.M.Klark va boshqalar multiplikator kontseptsiyasini to’ldirdilar. Multiplikatorlar ta’siri keyingi qator davrlarda ham bo’ladi, ya’ni uni uzluksiz jarayon deb qaradilar.
YAngi keynschilar samarali talabdan ham yuqori keskin o’sishni tushuntirishga harakat qiladilar. Ular multiplikator printsipini akseleratsiya printsipi bilan to’ldirdilar. Bu printsipga ko’ra, aniq-tiniq sharoitlarda daromadlar o’sishi investitsiyalar o’sishiga olib kelishini ko’rsatuvchi koeffitsent (multiplikator tushunchasiga teskari). Multiplikator printsipiga ko’ra investitsiyaning qanday ishlatilishi juda muhim ahamiyatga ega emas, u ish bilan bandlikni ta’minlab, daromadni oshirishi kerak. YAngi keynschilar esa investitsiyaning qanday ishlatilishiga katta e’tibor berib, industrlashgan investitsiya tushunchasini kiritdilar. Akselerator investitsiya o’sishining daromad o’sishiga, ya’ni investitsiyadan keyingi va undan oldingi daromadlarning farqlari nisbati bilan aniqlanadi.


4.KEYNS TA’LIMOTINING HOZIRGI DAVRDAGI AHAMIYATI

50-yillarda keynschilik g’oyalari rivojlantirilib, yangi g’oyalar ilgar surildi. Ularning asosiy mohiyati iqtisodiy o’sish sur’atlari doimligini ta’minlovchi mexanizmlarni aniqlash va isbotlashdan iboratdir. Oqibatda «multsipirikator-akselerator» sistemasini hisoblashga asoslangan va o’ziga xos keynschilikning o’sish nazariyalari, jamg’arish va iste’mol o’rtasidagi o’zoro bog’lanish harakteristikalaridan foydalanib iqtisodiy dinamikani modellashtirish yuzaga keldi.


YUqorida tilga olingan iqtisodiy o’sish nazariyalarining asosiy namoyondalari Massachuset texnologiya instituti professor yevsey Domar (1914) va Oksford universiteti professori Robert Harrod (1890-1978) hisoblanadi. Ularning nazariyasi (modeli) iqtisodiyotning doim (mo’’tadil) sur’atlarda o’sishi dinamik barqarorlik (ilgarilab borish) ning asosiy sharti sifatida maqsadga muvofiq ekanligining umumiy xulosalarini birlashtiradi. Ularning fikricha, shundagina ishlab chiqarish quvvatlari va mehnat resurslaridan to’la foydalanishga erishish mumkin. Harrod- Domar modelining boshqa bir qoidasi bo’yicha ayrim parametrlar, chunonchi daromadlardagi jamg’arma hissasi va kapital quyilmalarning o’rtacha samaradorligi o’zrq davr mobaynida doim deb tan olinishi hisoblanadi. Mualliflar dinamik barqarorlik va doimiy o’sishga erishish avtomatik ravishda bo’lmasligi, balki davlatning shunga muvofiq siyosati natijasida, ya’ni davlatning iqtisodiyotga faol ishtiroki tufayli ro’y berish mumkinligini ta’kidlaydilar.
70-yillardan boshlab Keyns ta’limotiga nisbatan davlatning iqtisodiyotga aralashuvi bo’yicha neoliberalizm g’oyalari asosiy bo’lib qoldi, chunki bu davrda jahoning ko’pgina mamlakatlarida inqiroz holatlari doim voqeaga aylanib qoldi. Inflyatsiya, davlat byudjetining kamomadi, ishsizlik toboro kuchaydi. Neoliberallar keynschilarni tanqid qilar ekanlar, iqtisodiyotda davlat sektorining oshuvi, erkin raqobatning kamayishi, iqtisodiyotning muhim tarmoqlariga investitsiyalar kamayganligi ular g’oyalarining sayozligidan dalolat beradi, deb hisoblaydilar.



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling