Tayyorladi : Musurmonov M. Ilmiy rahbar: k o’q. Jumanazarov S


Xo’jalik sub’yektlari hisobotining auditi


Download 96.15 Kb.
bet2/2
Sana19.05.2020
Hajmi96.15 Kb.
#108040
1   2
Bog'liq
HBA-90 Musurmonov Mehroj


3. Xo’jalik sub’yektlari hisobotining auditi

Iqtisodiy subyektlarning hisobotini “Buxgalteriya hisoboti to’g’risida”gi qonun bilan muvofiqligini tekshirish.

“Buxgalteriya hisoboti to’g’risida”gi qonunga muvofiq auditorlar hisobotlarni to’g’ri shakllantirilganligini tekshirish bo’yicha qo’yidagi holatlarni hisobga olishlari kerak:


  1. Buxgalteriya hisobotida asosiy vazifalar qo’yidagilar hisoblanadi:

  • Tashkilot faoliyati va uning mavjud holati to’g’risiga to’liq va ishonchli ma’lumotlarni shakllantirish.

  • Tashkilot xo’jalik operatsiyalarini amalga oshirilishi va ularning maqsadi, mol-mulk va majburiyatlarning mavjudligi va harakati, materiallar ,ishchi kuchi va moliyaviy resurslardan o’rnatilgan normalar,normativlar va smetalardan muvofiq foydalanilganligi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi qonunlariga amal qilinganligini tekshirish uchun buxgalteriya hisobotidan tashqi va ichki foydalanuvchilarni kerakli ma’lumotlar bilan ta’minlash.

  • Tashkilot xo’jalik faoliyati salbiy natijalarini oldini olish va ularning moliyaviy hisobotlarini ta’minlaydigan ichki xo’jalik manbalarini ko’rsatish.

  1. Hisob ishlari hajmidan kelib chiqib quyidagilar tashkilot boshliqlari bo’lishi mumkin:

  • Bosh buxgalterlar boshqaradigan bo’linmalar tarkibiga o’xshash buxgalteriya xizmatlarini tashkil etish.

  • Buxgalteriya zarur bo’lgan shtatlarni olib borish.

  • Buxgalteriya hisoboti yuritishni boshlashni shartnoma asosida maxsus tashkilotlardagi markazlashgan buxgalterlar yoki mutaxasis buxgalterlarga topshirish.

3. Bosh buxgalterlar bevosita tashkilot rahbarlariga bo’ysinadilar va hisob siyosatini shakllantirish, buxgalteriya hisobini yuritish, o’z vaqtida to’liq va ishonchli buxgalteriya hisobotlarini taqdim etish uchun javobgarliklarni oladilar.

4. Bosh buxgalter amalga oshirilgan xo’jalik operatsiyalarini mol-mulk harakati va majburiyatlarni bajarish uchun nazorat to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiqligini ta’minlaydi. Bosh buxgalterdan xo’jalik operatsiyalarini hujjatli shakllantirish va tashkilotning barcha ishchilari uchun majburiy ma’lumotlar va kerakli hujjatlarni buxgalteriyaga taqdim etish talab qilinadi.Pul va hisob-kitob hujjatlari, moliyaviy va kredit majburiyatlari bosh buxgalter imzosisiz ishonchsiz deb hisoblanadi va bajarish uchun qo’llanilishi kerak emas.

5. Alohida xo’jalik operatsiyalari hujjatlarini amalga oshirishda bosh buxgalter va tashkilot rahbari o’rtasida kelishmovchilik vaziyatlarida, bunday operatsiyalar natijasi bo’yicha butun javobgarlikni o’z zimmasiga oladigan tashkilot rahbarlarining yozma ruhsat nomasi bilan bajarishga qabul qilinishi mumkin.

6. Birlamchi hisob hujjatlariga asoslangan xo’jalik operatsiyalari haqidagi dalillarni tartibli yo’lga qo’yish va nazorat qilish uchun erkin hisob hujjatlarini shakllantirish.

7. Birlamchi va erkin hisob hujjatlarini qog’oz va ma’lumotlarni tashuvchi mashinalarda shakllantirish mumkin.

8. Buxgalteriya hisobi registrlari va ichki buxgalteriya hisobotlari tarkibi tijorat siri hisoblanadi.

9. Buxgalteriya hisobi registrlari va ichki buxgalteriya hisobotlari tarkibi kabi ma’lumotlarni olish imkoniga ega bo’lgan shaxs, uni tijorat siri deb saqlashga majbur. O’zbekiston Respublikasi qonunlariga ko’ra, uning oshkor etilishi bo’yicha javobgarlikni oladi.

10. Barcha tashkilotlar buxgalteriya hisobi hujjatlarini analitik va sentitik ma’lumotlar asosida shakllantirishga majburdirlar.

11. Byudjet tashkilotlari hisobotlaridan tashqari tashkilotlarning buxgalteriya hisobotlari qo’yidagilardan tarkib topgan:


  • Buxgalteriya balansi;

  • Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot;

  • Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot;

  • Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot;

  • Xususiy kapital to’g’risidagi hisobot;

  • Agar auditorlik majburiyatlari ko’rsatilgan qonunlar bilan muvofiq bo’lsa tashkilot buxgalteriya hisoboti ishonchliligini tasdiqlovchi auditorlik xulosasi;

  • Izohlar,tushuntirishlar,hisoblar.

Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarida moliyaviy hisobotlar qisqartirilgan shaklda shakllantiriladi.

12. Tashkilot buxgalteriya hisoboti shakli shuningdek ularni to’ldirish tartibi haqidagi yo’riqnoma O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

13. Yillik buxgalteriya hisobotlariga izoh yozuvlari tashkilot haqidagi ma’lum ma’lumatlarni o’z tarkibiga olishi kerak,ularning moliyaviy holati uning oldingi va hisobot yili hujjatlarini taqqoslay olish ma’lumotlarini, baholash metodlari va buxgalteriya hisobotidagi mavjud moddalar. Tashkilot faoliyatiga mos kelishiga asosan moliyaviy natijalari va mavjud holatini yetarlicha aks ettirishga imkon bermagan vaziyatlarda izoh yozuvlari buxgalteriya hisobi qonunlarini qo’llamaslik omillari haqida axborot berishi kerak. Buxgalteriya hisobi qonunlarini qo’llamaslik aks holda ularni bajarishdan chetga chiqish sifatida qaraladi va buxgalteriya hisobi to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi qonunidagi noqonuniy xatti-harakat deb tan olinadi. Tashkilot buxgalteriya hisoboting izoh yozuvlarida keyingi hisobot davrida o’zining hisob siyosatini o’zgartirishi e’lon qilinadi.

14. Buxgalteriya hisobotlarini tashkilot bosh buxgalteri va rahbarlari imzolaydi. Buxgalteriya hisoboti markazlashgan buxgalterlar, ixtisoslashgan tashkilotlar yoki mutaxasisbuxgalterlar tomonidan olib boriladigan tashkilotlarning buxgalteriya hisobotlari tashkilot rahbarlar, markazlashgan buxgalterlar yoki ixtisoslashgan tashkilotlar yoki mutaxasisbuxgalterlar, buxgalteriya hisobotini yurituvchilar tomonidan imzolanadi.

15. Oylik va choraklik hisobotlar oraliq hisobotlar hisoblanadi va hisobot yilidan boshlab oxirigacha o’sib boruvchi shaklda tuziladi.

16. Byudjetdan boshqa barcha tashkilotlar ta’sischilari,tashkilot ishtirokchilari yoki ularning mol-mulki mulkdorlari ta’sis hujjatlari, shuningdek ularning ro’thatdan o’tgan davlat statistika organlari hududiga muvofiq yillik buxgalteriya hisobotlarini taqdim etadilar.Davlat va munitsipial unitar korxonalari davlat mol-mulkini boshqaruvchi vakilliklar, muassasalarga buxgalteriya hisobotlarini taqdim etadilar. Hokimlikni bajaruvchi boshqa idoralar, banklar va ularning foydalanuvchilari O’zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq buxgalteriya hisobotlarini taqdim etadilar.

17. Byudjetdan boshqa barcha tashkilotlar,agar O’zbekiston Respublikasi qonunlariga boshqacha tartib belgilanmagan bo’lsa, choraklik buxgalteriya hisobotlarini chorak oxiriga 30 kun qolganida, yillik hisobotlarni esa yil tugashiga 90 kun qolganida taqdim etishlari shart. Yillik buxgalteriya hisobotlari taqdimoti tashkilot ta’sis hujjatlariga o’rnatilgan tartib bo’yicha tasdiqlangan bo’lishi shart.

18. Tashkilot buxgalteriya hisobotlarini taqdim etish kuni pochta jo’natmasi kuni yoki haqiqatda yetkazib berilgan kun deb belgilanadi.

19. Ochiq aksiyadorlik jamiyatlari keying hisobot yilining 1-iyunigacha bo’lgan muddatdan kechiktirmasdan , yillik buxgalteriya hisobotlarini nashr qilishlari kerak.

20. Tashkilotlarning ma’lum vaqt oralig’ida birlamchi hisob hujjatlarini , buxgalteriya hisoboti reystrini va buxgalteriya hisobotlarini davlat arxiv ishlari tashkilorlari qonunlariga muvofiq, lekin 5 yildan kam bo’lmagan, muddatda saqlashlari lozim.Hisob hujjatlarini , buxgalteriya hisoboti reystrini va buxgalteriya hisobotlarini saqlash bo’yicha javobgarlikni tashkilot rahbarlari oladilar.



4.Moliyaviy ko’rsatkichlarga auditorlik xulosalar

Majburiy audit o’tkazish jarayonida auditorlarning barcha harakati auditorlik tekshiruvining asosiy maqsadi – xo’jalik subyektning buxgalteriya hisobotini ishonchliligi to’grisida xolis fikr shakllantirishga yo’naltiriladi. Bu fikr auditorlik xulosasining mohiyatini tashkil etadi.

“Auditorlik faoliyati to’risida” gi qonunning 19-moddasida quyidagicha belgilab qo’yilgan:

1.Auditorlik xulosasi - moliyaviy hisobotning to’riligi va buxgalteriya hisobi yuritish tartibining qonun xujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqligi to’g’risida auditorlik tashkilotining fikri yozma shaklda ifodalangan, xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq bo’lgan hujjat.

Auditorlik xulosasi auditorlik hisoboti asosida tuziladi.

2. Auditorlik xulosasining shakli va mazmuni auditorlik faoliyatining milliy standartlari bilan belgilanadi.

Aditorlik xulosasini tuzishda auditor quyidagi nizom va qoidalar (standartlar) amal qiladi: “Moliyaviy (buxgalteriya) hisoboti to’g’risidagi auditorlik xulosasi” “Buxgalteriya hisoboti to’g’risida auditorlik xulosasini tuzish tartibi”, “Audit qilingan moliyaviy hisobotdagi boshqa ma’lumotlar”, “Xo’jalik subyekti rahbariyatiga auditorlik tekshiruvi natijasi to’risida yozma ma’lumot”, “Auditorlik tashkilotining maxsus topshiriqlar bo’yicha xulosasi”. Aynan ushbu standartlarda auditorlik xulosasining shakli, turlari va boshqa ma’lumotlar keltirilgan.

Shuningdek, auditorlar xulosa tayyorlash jarayonida boshqa qoidalar (standartlar)dan ham foydalanadi.

Audit quyidagi turlarga ajratiladi: majburiy, tashabbus tarzidagi va maxsus topshiriqlar bo’yicha audit. Tajriba shuni ko’rsatmoqdaki, uchala tur audit faoliyati uchun ham bir xil shakldagi auditorlik xulosasidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Auditorlik xulosasi mijoz bilan kelishilgan tilda yozilishi kerak, qiymat ko’rsatkichlari esa O’zbekiston Respublikasi milliy valutasi (so’m)da ko’rsatilishi kerak. Tuzatishlarga ruxsat etilmaydi. Auditorlik tashkiloti auditorlik xulosasini faqatgina xo’jalik subyektiga kelishilgan nusxada va muddatda taqdim etishga majbur. Auditorlik tashkilotida (auditorda) odatda mijozga taqdim etilgan auditorlik xulosasining aynan o’xshash nusxasi saqlanadi.

Majburiy auditorlik natijalari bo’yicha xulosani tayyorlashda asosiy me’yoriy hujjat bo’lib “Auditorlik hisoboti va moliyaviy hisobot to’risidagi auditorlik xulosasi” (AFMS № 70) Auditorlik faoliyati milliy standarti hisoblanadi. (O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan № 1016 son bilan ro’yxatga olingan, 10.03.2001)

Auditorlik faoliyatining bu standarti xalqaro audit standartlari asosida ishlab chiqilgan bo’lib, unda moliyaviy (buxgalteriya) hisoboti auditi natijasi asosida tuziladigan auditorlik xulosasining shakli va tarkibiga nisbatan umumiy talablar belgilab qo’yilgan. Bu talablarning katta qismi moliyaviy (buxgalteriya) hisobot hisoblanmaydigan buxgalteriya ma’lumotlari asosida tuziladigan auditorlik xulosasini tayyorlashda foydalanilishi mumkin.

Auditorlik xulosasi audit qilinayotgan shaxsning moliyaviy (buxgalteriya) hisobotini O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi qonunchiligiga nisbatan to’griligini tasdiqlovchi rasmiy hujjat hisoblanadi.

Ishonchlilik deyilganda barcha muhim munosabatlarda foydalanuvchilarga xo’jalik faoliyati natijalari to’risida to’ri xulosa qilish, moliyaviy va mulkiy munosabatlarda audit qilinayotgan subyekt to’risida asoslangan qaror qabul qilish uchun imkon beruvchi moliyaviy (buxgalteriya) hisobotidagi ma’lumotlarning aniqlilik darajasi tushuniladi. Auditor moliyaviy hisobotning O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan muvofiqligi darajasini baholashi uchun yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan maksimal oishishlarni o’tkazilayotgan audit maqsadiga ko’ra “Auditda muhimlilik” nomli AFMSga muvofiq buxgalteriya hisobi va moliyaviy (buxgalteriya) hisobotning muhimlilik ko’rsatkichlarini aniqlash orqali belgilashi lozim.

Bu ikki hujjatga ko’ra auditorlik xulosasi uch qismdan: kirish, tahliliy va yakuniy qismlardan tashkil topadi. Auditorlik xulosasining kirish va tahliliy qismlari maxfiy xarakterga ega, yakuniy qismi esa omma uchun mo’ljallangan bo’lib, unda auditorlik tashkilotining O’zbekiston Respublikasining buxgalteriya hisobi va hisobotini tartibga solib turuvchi me’yoriy hujjatlarga muvofiq buxgalteriya hisobotining barcha muhim jihatlati haqidagi bahosi beriladi.

Standartga muvofiq auditorlik xulosasi moliyaviy (buxgalteriya) hisobotining ishonchliligiga baho beruvchi kirish va yakuniy qismlarni o’zida mujassamlashtiruvchi yagona hujjat hisoblanadi.

Auditorlik hisoboti tahliliy qismining alohida xususiyati shundan iboratki, u ham auditor tomonidan tuziladi va buyurtmachiga topshiriladi. Bunga asos bo’lib qonunlar (standartlar) xizmat qiladi: “Xo’jalik yurutuvchi subyekt rahbariyatiga auditorlik tekshiruvi natijasi to’risida yozma ma’lumot”, “Audit qilingan moliyaviy hisobotdagi boshqa ma’lumotlar” va boshqalar. Tahliliy qism xo’jalik yurituvchi subyekt ichki nazorati holatining umumiy tekshiruvi natijalarini, xo’jalik yurituvchi subyektning buxgalteriya hisobi va hisoboti hamda moliyaviyxo’jalik operatsiyalarini amalga oshirish jarayonida qonunchilikka amal qilishi to’risidagi auditorlik tashkilotining hisobotini o’z ichiga oladi.

Tahliliy qism quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak: mazkur qism nomi; tahlily qismning kimga qaratilganligi; xo’jalik yurituvchi tashkilotning nomi; audit obyekti; xo’jalik yurituvchi subyekt ichki nazorat holatini tekshiruvining umumiy natijalari; buxgalteriya hisobi va hisobotining holati tekshiruvining umumiy natijalari; moliyaviy-xo’jalik operatsiyalari jarayonida qonunchilikka amal qilinishi tekshiruvining umumiy natijalari.

Tahliliy qism xo’jalik yurituvchi subyektning ma’muriyatiga qaratiladi. Unga ichki nazorat holati tekshiruvi natijalari, buxgalteriya hisobi va hisobotining tashkil etilishi va yuritilishi, ishlab chiqarish xo’jalik jarayonida xo’jalik yurituvchi subyektning qonun va me’yoriy hujjatlarga rioya qilishi tekshiruvi natijalari haqidagi ma’lumotlar kiritilishi lozim.

Xo’jalik yurituvchi subyektning ichki nazorat tizimi tekshiruvi natijalari quyidagilarni o’z ichiga oladi: xo’jalik yurituvchi subyekt ma’muriyatining ichki nazoratni tashkil etishi va uning holatiga javobgarligini; audit jarayonida ichki nazorat holatini ko’rib chiqilishining maqsad va xususiyatlarini; ichki nazorat tizimiga muvofiq xo’jalik yurituvchi subyekt faoliyatining ko’lami va xususiyatlariga berilgan umumiy bahoni; audit jarayonida mavjud aniqlangan ichki nazorat tizimining xo’jalik yurituvchi subyekt faoliyati ko’lami va xususiyatlari bilan nomuvofiqliklari ta’rifi.

Xo’jalik yurituvchi subyektning buxgalteriya hisobi va hisoboti tekshiruvi natijalari quyidagilarni aks ettiradi: buxgalteriya hisobini yuritishning o’rnatilgan tartibiga va buxgalteriya hisobotining tayyorlanishiga berilgan umumiy baho; audit jarayonida mavjud aniqlangan buxgalteriya hisobini yuritishning o’rnatilgan tartibida va buxgalteriya hisobotining tayyorlanishida yo’l qo’yilgan xatoliklar ta’rifi. Xo’jalik yurituvchi subyektning qonunchilikka rioya qilishini tekshirish natijalari quyidagilarni aks ettiradi: xo’jalik yurituvchi subyektning moliyaviy-xo’jalik operatsiyalarini amalga oshirishida moliyaviy-xo’jalik operatsiyalarining qonunchilik va me’yoriy hajjatlarga muvofiqligini ko’rib chiqishning maqsad va xususiyatlari; xo’jalik yurituvchi subyektning moliyaviy-xo’jalik operatsiyalarida amalga oshirilgan barcha muhim aloqalarining qonunchilikka muvofiqligini baholash; auditorlik tekshiruvi davomida xo’jalik yurituvchi subyektning moliyaviy-xo’jalik operatsiyalarini amalga oshirishida aniqlangan qonunchilikka nomuvofiqliklar to’grisida guvohlik beradi; moliyaviy-xo’jalik operatsiyalarini amalga oshirish davomida O’zbekiston Respublikasining qonunchiligiga amal qilinmayotganligida xo’jalik yurituvchi subyekt ijroiya organlarining javobgarligi.

Xo’jalik yurituvchi subyektning ichki nazorati holati, buxgalteriya hisobi va hisoboti hamda moliyaviy-xo’jalik operatsiyalarini amalga oshirishida qonunchilikka rioya etilmasligining tekshiruvi umumiy natijalariga baho ixtiyoriy shaklda ifodalanishi mumkin. Auditorlar va auditor assisentlarining ishini yengillashtirish uchun auditorlik tashkilotining o’zida ko’rib chiqilgan holatni konkretlashtiradigan va auditorlik tahliliy hisobotining na’munaviy shaklini aks ettiruvchi ichki qoida (standart)larini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir.

Auditorlik hisoboti - xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbari, mulkdori, ishtirokchilari (akstiyadorlari) umumiy yiilishiga taqdim etiladigan, auditorlik tekshiruvining borishi, buxgalteriya hisobini yuritishning belgilangan tartibidan aniqlangan chetga chiqishlar, moliyaviy hisobotdagi huquq buzilishlari to’risida batafsil ma’lumotlar, shuningdek, auditorlik tekshiruvini o’tkazish natijasida olingan va auditorlik xulosasini tuzish uchun asos hisoblanadigan boshqa axborotdan iborat bo’lgan hujjat.

Auditorlik xulosasi - moliyaviy hisobotning haqqoniyligi (to’riligi) va buxgalteriya hisobini yuritish tartibining qonun hujjatlari bilan belgilangan talablarga muvofiqligi to’risida auditorlik tashkilotining fikri yozma shaklda ifodalangan va xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq bo’lgan hujjat.

Auditorlik xulosasining tuzilishi:

a) nomi ("Auditorlik hisoboti" yoki "Auditorlik tashkilotining hisoboti": ikkala nom bir xil kuchga ega);

b) adresatning nomi;

v) kirish qismi;

g) tahliliy qism;

d) yakuniy qism.

Auditorlik hisobotining har bir sahifasiga moliyaviy hisobotning auditorlik tekshiruvini amalga oshirgan auditor (auditorlar) imzo chekishi shart.

Auditorlik hisoboti buyurtmachining barcha zaruriy rekvizitlarini ko’rsatish bilan auditorlik tekshiruvi buyurtmachisiga yuboriladi.

Auditorlik hisobotining kirish qismida auditorlik tashkiloti rekvizitlari, shu jumladan auditorlik faoliyatini amalga oshirishga listenziyaning raqami va sanasi, auditorlar va auditorlik tekshiruvida qatnashgan boshqa shaxslar to’risidagi ma’lumotlar, shuningdek, auditorlik tekshiruvini o’tkazish uchun asos va xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatining umumiy tavsifi keltiriladi.

Auditorlik hisobotining tahliliy qismi AFMSga havola qilishi va unda quyidagilar bo’lishi shart:



  • xo’jalik yurituvchi sub’ektda ichki nazorat holatini tekshirish natijalari (batafsil bayoni);

  • buxgalteriya hisobi holati va moliyaviy hisobotni tekshirish natijalari;

  • moliyaviy-xo’jalik faoliyatini amalga oshirish paytida qonunchilik talablariga rioya etilishini tekshirish natijalari;

  • soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblash hamda to’lashning to’riligini tekshirish natijalari;

  • aktivlarning butligini tekshirish natijalari.

Xo’jalik yurtiuvchi sub’ekt ichki nazoratining holatini tekshirish natijalari to’risidagi axborot quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak:

  • ichki nazorat tizimining xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatining miqyoslari va xususiyatiga muvofiqligi umumiy bahosi;

  • auditorlik tekshiruvi mobaynida aniqlangan ichki nazorat tizimining xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatining miqyoslari va xususiyatiga jiddiy nomuvofiqliklari bayoni.

Xo’jalik yurituvchi sub’ektning buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisoboti holatini tekshirish natijalari to’risidagi axborot quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak:

  • buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzishning belgilangan tartibiga rioya qilinishini baholash; -

  • auditorlik tekshiruvi davomida aniqlangan buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tayyorlashning belgilangan tartibini jiddiy buzishlar bayoni.

Xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan moliyaviy-xo’jalik operastiyalarini amalga oshirish paytida qonunlarga rioya etishini tekshirish natijalari to’risidagi axborot quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak:

  • xo’jalik yurituvchi sub’ekt amalga oshirgan moliyaviy-xo’jalik operastiyalarining qonunchilikka muvofiqligini baholash;

  • auditorlik tekshiruvi davomida aniqlangan, xo’jalik yurituvchi sub’ekt amalga oshirgan moliyaviy-xo’jalik operastiyalarning qonunchilikka jiddiy nomuvofiqliklari bayoni.

Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblashi va to’lashning to’riligini tekshirish natijalari to’risidagi axborot quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak:

  • tuzilgan va tegishli organlarga taqdim etilgan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar to’riligining bahosi;

  • soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblash va to’lashning belgilangan tartibini buzish faktlari, soliq solinadigan bazani belgilash paytidagi chetga chiqishlar bayoni.

Aktivlar butligini tekshirish natijalari aktivlarni inventarlashga asoslanishi va o’z ichiga ularning haqiqatda mavjudligi va butligi to’risidagi ma’lumotlarni olishi kerak.

Auditorlik hisobotining yakuniy qismi auditorlik tashkilotining aniqlangan chetga chiqishlar va huquq buzilishlarini bartaraf etishga doir tavsiyalarini, shuningdek xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy-xo’jalik faoliyati samaradorligini oshirishga doir takliflari va maslahatlarini o’zi ichiga olishi kerak.



Xulosa

Auditorlik hisoboti (xulosasi)ning mazkur qismida tadbirkorlik sub’ektida moliyaviy hisobotlarni tayyorlash uchun javobgar bo’lgan shaxslarning majburiyatlari tavsiflanadi. Auditorlik hisoboti (xulosasi)da faqat “tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati”ga havola etish kerak emas, muayyan yurisdiktsiyaning me’yoriy-huquqiy bazasi kontekstiga mos keladigan atama ishlatilishi lozim.

Ayrim yurisdiktsiyalarda tegishli havola boshqaruv yuklatilgan shaxslarga qaratilishi mumkin. 25. Auditorlik hisoboti (xulosasi) “Tadbirkorlik sub’ekti [yoki boshqa mos keladigan atama] rahbariyatining moliyaviy hisobotlarni tayyorlash uchun javobgarligi” degan sarlavhali qismni o’z ichiga olishi lozim. Auditorlik hisoboti (xulosasi)da tadbirkorlik sub’ekti rahbariyatining moliyaviy hisobotlarni tayyorlash uchun javobgarligi tavsiflanishi lozim. Tavsif tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati moliyaviy hisobotlarni moliyaviy hisobotlar taqdim etish uchun qo’llaniladigan asosiga muvofiq tayyorlash va tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati firibgarlik yoki xato tufayli yuzaga kelgan muhim buzib ko’rsatishlar mavjud bo’lmagan moliyaviy hisobotlarni tayyorlash uchun zarur deb hisoblagan ichki nazorat tizimini ta’minlash uchun javobgar bo’lishi to’g’risida tushuntirishni o’z ichiga olishi lozim.

Agar moliyaviy hisobotlar haqqoniy taqdim etish asosiga muvofiq tayyorlangan bo’lsa, auditorlik hisoboti (xulosasi)da tadbirkorlik sub’ekti rahbariyatining moliyaviy hisobotlarni tayyorlash uchun javobgarligi tavsifi, vaziyatga qarab, “mazkur moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va haqqoniy taqdim etish” yoki “to’g’ri va haqqoniy tasavvur beradigan moliyaviy hisobotlarni tayyorlash”ga havola etishi lozim.



Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. - T.: O’zbekiston, 2014.

2.O’zbekiston Respublikаsining «Buxgаlteriyа hisobi to’g’risidа»gi Qonuni

3. O’zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi Qonuni(yangi tahriri) 2000 y. 26 may.

4.Mаshаripov O, Ilxomov SH. Аmаliy аudit. O`quv qo`llаnmа –T. Cho`lpon, 2014 y. 264 b.85

5. Meliev I., Kushmаtov O., vа b. аudit. O`quv qo`llаnmа –T. Iqtisod-Moliyа,2015 y. 283 b.

6. Fayziyev Sh, Masharipov o va boshqalar.’’O’quv qo’llanma’’ –Т. Iqtisod-Moliyа 2015г. 164 с.

7. Fayziyev Sh,Shoyakubov Sh. Audit.O’quv qo’llanma. –Т.Iqtisod-Moliyа 2015г. 288 с.



Internet saytlari:

http://www.gov.uz. (O’zbekiston Respublikаsi hukumаt portаli)

http://www.mf.uz (O’zbekiston Respublikаsi Moliyа vаzirligi).

http://www.ziyonet.uz (Аxborot tа’lim tаrmog’i)



http://www.lex.uz (O’zbekiston Respublikаsi qonun hu аtlаri mа’lumotlаri milliy bаzаsi)

http://www. bem.uz (BEM trening sentr)
Download 96.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling