Xodimlar malakasiga qo‘yiladigan talablar. - Tijorat banklari tomonidan rahbarlik lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzod quyidagilarni bilishi lozim:
- - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlarida yoritilgan asosiy masalalar mohiyati;
- - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va bank faoliyatiga oid qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Markaziy bankning me’yoriy xujjatlari va boshqa me’yoriy xujjatlarni, shu jumladan:
- a) fuqarolik, xo‘jalik va mehnat qonunchiligi;
- b) bank hisobotlarini tuzish tartibi;
- v) hisob kitoblar va to‘lovlarni amalga oshirish tartibi;
- g) bank ichki kredit siyosati va kreditlash tartibi;
- d) kichik va o‘rta biznesni kreditlash tartibi;
- e) omonatlarni qabul qilish va berish tartibi;
- j) bankni korporativ boshqarish tartibi;
- z) ichki audit vazifalari va faoliyati;
- i) emissiya-kassa operatsiyalarini amalga oshirish tartibi;
- y) chet el valyutasi bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshirish tartibi;
- k) pul muomalasini tashkil etish masalalari;
Respublika bank tizimida olib borilayotgan kadrlar siyosatining mohiyati va ahamiyati - Tijorat banklarining respublika apparati, ularning viloyat va Toshkent shahar boshqarmalari (filiallari) boshliqlari lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzod bank tizimida bevosita rahbarlik lavozimida kamida 6 yil ishlagan bo‘lishi, bosh buxgalter lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzod esa bevosita rahbarlik lavozimida kamida 5 yil ishlagan bo‘lishi lozim.
- Tijorat banklarining shahar va tuman bo‘limlari boshqaruvchisi lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzod bank tizimida kamida 4 yil mehnat stajiga ega bo‘lib, boshqaruvchi o‘rinbosari yoki bo‘lim boshlig‘i lavozimida 2 yil ishlagan bo‘lishi, bosh buxgalter lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzod esa bosh buxgalter o‘rinbosari lavozimida kamida 2 yil ishlagan bo‘lishi lozim.
- Ayrim hollarda bank sohasida belgilangan muddatdan kam ish stajiga ega bo‘lgan va ish faoliyatida alohida o‘rnak ko‘rsatgan yuqori malakali nomzodlar ham Respublika tijorat banki Boshqaruvining tavsiyanomasi (tegishli Boshqaruv qarori) bilan Komissiya suhbatiga qo‘yilishi mumkin.
- Bank xodimlarining malakasi va kasbga muvofiqligi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |