Tayyorladi: bia-82 guruh talabasi Aminov Yashnar. Savollarga javoblar. 1-savolga javob
Download 59.49 Kb. Pdf ko'rish
|
Aminov Yashnar Biznesni Baholash maruza 5 ballik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-savolga javob
- 5-savolga javob
3-savolga javob:
Biznes va uning tarkibiy qismlarini baholashga quyidagi tomonlar kiradi: - Davlat; - Aksiyadorlar; - Kreditorlar; - Tovar yetkazib beruvchilar; - Sug’urta kompaniyalari; - Kompaniya boshqaruvchilari; - Sarmoyadorlar. 4-savolga javob: Korxona aksiyalari va qimmatli qogozlarni baholash quyidagi holatlarga ko’ra o’tkaziladi: - Korxona joriy boshqarish samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini ishlar chqishda; - Fond bozorida korxona aksiyalarining oldi-sotdisi amalga oshirilgan hollarda; - Korxona butunlay yoki qismlarga bo’lib oldi-sotdi qilingan hollarda; - Korxona tarkibiy o’gartirilgan hollarda; - Korxonani rivojlantirish rejasi ishlab chiqilayotganda. 5-savolga javob: Biznesni baholash bozor iqtisodiyotida turli vaziyatlarda tez-tez amalga oshirilib turadigan faoliyat hisoblanadi. Uni bankrot bo‗lgan korxonani sotishda ham, normal ishlab turgan aksiyadorlik jamiyati qancha summada (korxonaning o'z sarmoyasining balans qiymatidan ortiq bo'lgan summada) yangi aksiyalarni chiqarish huquqiga egaligini aniqlashda ham har qanday aksiyadorlik jamiyati undan chiquvchi aksiyadorlarning aksiyalarini sotib olishi lozim bo'lgan narxni hisoblashda ham amalga oshirish zarur. Har qanday korxonaning qiymatini baholash muayyan bozor sharoitida ma‘lum bir vaqtda u tomonidan keltiriladigan potensial kutilayotgan va haqiqiy daromadni hisobga olgan holda uning qiymatini pul ifodasida aniqlashning tartibga solingan va aniq maqsadga yo‗naltirilgan jarayonini o'zida namoyon etadi. Biznes qiymatini baholash bozor xususiyatiga xos funksiya hisoblanadi. Bu shuni anglatadiki, baholash birgina baholanayotgan biznesni tashkil etish yoki xarid qilish xarajatlari bilan cheklanmaydi. U albatta, bozor omillarining yig’indisini hisobga oladi. Bu omillar quyidagicha: Biznes qiymatini baholash omillari: 1) Vaqt omili 2) Xatar omili 3) Bozor kon'yunkturasi 4) Raqobat darajasi 5) Biznеsni rivojlantirishning makro va mikroiqtisodiy muhiti Vaqt va xatar biznes qiymatini baholashning asosiy omillari hisoblanadi. Vaqt omili bozor iqtisodiyotining barcha jarayonlariga, narxga, qiymatga, qarorlarni qabul qilishga ta‘sir ko’rsatuvchi muhim omil hisoblanadi. Samarasiz yo’qotilgan vaqt pulning yo’qotilganligini anglatadi. Bunga yo’l qo’ymaslikning yagona usuli-sarmoyani ishlashga majbur etish. Bunda daromad olish vaqti ham muhim, chunki olingan daromad yanada ko’proq daromad olish uchun ishlatilishi mumkin. Daromad olish vaqti oraliq vaqt, davrlar bilan o’lchanadi. Oraliq vaqt yoki davr bir kunga, bir haftaga, bir oyga, bir chorakka, yarim-yilga yoki bir yilga teng bo‗lishi mumkin. Uning o’tishi davomida pul to’lanishi yoki olinishi lozim bo’lgan vaqt baholash jarayonida birinchi darajali ahamiyatga ega. Korxona qiymatini aniqlash uchun qiymatga ta‘sir etuvchi omillar yig’indisi haqida, har bir muayyan omilning ta‘siri haqida tasavvurga ega bo’lish lozim. Yangi mulkdor ega bo’ladigan nazorat darajasi korxonaning bozor qiymatiga ta‘sir ko’rsatuvchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Korxona yakka xususiy mulkka sotib olinishi yoki aksiyalarning nazorat paketi xarid qilinishi mumkin. Birinchi holatda narx ikkinchi holatdagiga qaraganda yuqori bo'ladi. Bozor narxini belgilab beruvchi yana bir muhim omil mulkning likvidliligi bo’lib hisoblanadi. Bozor qiymat yo’qolishining kam xatari bilan tezda pulga aylanishi mumkin bo’lgan aktivlar uchun mukofotni nazarda tutadi. Likvidli korxonalar aksiyalarining qiymati odatda, nolikvid korxonalar aksiyalarining qiymatidan yuqori bo’ladi. Talab. Talab mazkur biznes xususiy mulk egasiga qanday daromad keltirishi, bu biznesdan qachon va qanday xavf kelib chiqishi, nazorat imkoniyatlari qandayligi va mazkur biznesni qayta sotish bilan bog’liq bo‗lgan masalalar keltirib chiqaradi. Daromad. Xususiy mulk egasi obyektdan foydalanib bo’lgandan so‗ng uni sotishdan foyda ko’rishi bu jarayonning imkoniyatlari xarakteri bilan bog’liq bo‗ladi. Bu operatsiyadan foyda ko’rish, o’z navbatida, kirim va chiqim munosabatlari bilan xarakterlanadi. Nazorat. Narxga ta‘sir ko’rsatadigan muhim omillardan biri yangi mulkdor oladigan nazorat huquqi darajasidir. Agar korxona xususiy korxona sifatida sotib olinsa yoki aksiyalarning kontrol paketi olinsa, mulkning yangi egasi quyidagi haq-xuquqlarni qo’lga kiritadi: boshqaruvchilarni tayinlash, ularning mehnatini baholashning qiymatini belgilash, tashkilot ish faoliyatining strategiyasi va taktikasiga ta‘sir ko’rsatish, uning aktivlarini sotish yoki sotib olish; mazkur tashkilotni qayta tuzish hatto uni tarqatib yuborish; boshqa tashkilotlar bilan birlashtirib yuborish; dividendlarning qiymatini belgilash va boshqalar. Shu bilan birga katta huquqlar, qiymat va baho sotib olinadi, nazoratdan tashqari aksiyalar paketlarini sotib olish holatlari ham bo‗ladi. Cheklash. Tashkilotning bahosiga biznesda mavjud bo’lgan har qanday cheklash o’z ta‘sirini ko’rsatadi. Agar davlat tashkilot maxsulotining narxini cheklab qo’ysa, unda bunday biznesning bahosi uni qo’yib yuborgandan past bo’ladi. Talab va takliflarning mutanosibligi. Tashkilotga ehtiyoj uning foydaliligi bilan birga iqtisodiy imkoniyatlari investorlar, pulning qadrliligi, moliya bozoriga qo’shimcha kapitalni jalb qilish xarajatlarni to’lashga qodirligi bilan ham bog’liq. Investorning daromadga va xavf darajasiga munosabati uning yoshi bilan ham bog’liq. Yoshlar kelajakda katta daromad olish maqsadida xavf-xatarga tik borishga moyil bo’ladilar. Biznesning qiymati va ehtiyojga investorlar uchun imkoniyatlarning mavjudligi ham o’z ta‘sirini ko’rsatadi. Download 59.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling