Tayyorladi: bia-82 guruh talabasi Aminov Yashnar. Savollarga javoblar. 1-savolga javob
Download 59.49 Kb. Pdf ko'rish
|
Aminov Yashnar Biznesni Baholash maruza 5 ballik
2-savolga javob:
Biznes - daromad keltiruvchi aniq tadbirkorlik faoliyati, ish, mashg’ulot turi hisoblanadi. «Biznes (angl. business) – xo’jalik yurituvchi subyekt faoliyatining sohasini va uning iqtisodiy manfaatlarini tavsiflovchi umumiqtisodiy atama» 2 . Har qanday biznes o’zining korxona ko’rinishidagi tashkiliy-iqtisodiy shakliga ega. Hozirgi sharoitda har qanday mulk obyekti daromad manbai va bozor muomalasining obyekti bo’lishi mumkin, Shu jumladan, mulk huquqi ham ana shunday obyekt hisoblanadi. Bunda daromad olish jarayoni va daromad keltiruvchi mulk sifatida biznes alohida qiziqish uyg’otadi. Biznesning asosini, uning ajralmas mohiyatini sarmoya tashkil etadi. Sarmoya zamonaviy iqtisodiy tizimning moddiy asosi hisoblanadi. Sarmoya - bu boylik, ishlab chiqarish vositasi, ishlab chiqarish omillari, ya‘ni daromad keltiruvchi mehnatga investitsiya qilishning turli moddiy- mulkiy shakllaridir. Daromad olish jarayoni ma‘lum bir iqtisodiy munosabatlarni, Shu jumladan, mulkchilik munosabatlarini nazarda tutadi. Demak, sarmoya - bu ishlab chiqarishning moddiy-mulkiy omillaridan tashqari, daromadni yaratish jarayoni subyektlari o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlar hamdir. Baholash faoliyatining mohiyati va o’ziga xos jihatlarini tushunish uchun imkon qadar ochiq ma‘lumotlar berish zarur. Biznesning miqdor bahosini belgilashda har qanday xususiy mulk obyektining miqdori aniq vaqt va holatda, aniq bozor sharoitida ta‘sir ko’rsatadigan boshqa omillar qiymatini nazarda tutgan holda pul shaklida ma‘lum maqsad sari yo’naltirilgan, tizimli jarayon nazarda tutiladi. Tannarxni aniqlashning bir qarashda bir oz qo’pol ko’ringan bu shakli mazkur jarayonning asosiy belgilarini ochib beradi. Biznesning bozor bahosining har xil ta‘riflari mavjud. Ulardan har birini alohida ko’rib chiqamiz. Birinchidan, biznes (tashkilot)ning miqdor bahosi – bu jarayon. Ekspert- baholovchi bu jarayonda natijaga erishish uchun bahoning maqsadi bilan bog’liq bo‗lgan mazmun va ketma-ketlilik, obyektning parametrlari va tanlangan metodi bilan bog’liq bir qator operatsiyalarni amalga oshirishi kerak. Ikkinchidan, baholashning barcha bosqichlari uchun umumiy bo’lgan jihatlarni ajratish lozim. Masalan, baholashning maqsadini aniqlash; narxning hisob-kitob bilan bog’liq turini tanlash; zarur bo’lgan ma‘lumotlarni to’plash va qayta ishlash; tannarxni baholash metodlarini asoslash; obyektning miqdori tannarxini hisoblab chiqish, tuzatishlar o’tkazish; yakuniy bahoni chiqarish; natijalarni tekshirish va taqqoslash. Bosqichlarning birortasini o’tkazib yuborish yoki o’rnini almashtirish mumkin emas. Bunday o’zboshimchalik natijaning noto’g’ri bo’lishiga olib keladi. Bundan kelib chiqadiki, baholash faoliyati–ketma-ketlilik jarayoni: barcha ishlar ma‘lum izchillikda amalga oshiriladi. Uchinchidan, tannarxni baholash – ma‘lum maqsad sari yo’naltirilgan jarayon. Ekspert-baholovchi o’z faoliyatida hamisha aniq maqsad asosida ish olib boradi. Albatta, u obyekt tannarxining miqdorini hisoblab chiqishi, qanday narxni belgilash lozimligi baholash maqsadiga, shu bilan birga, baholanadigan obyektning parametrlariga ham bog’liq. Masalan, biznes miqdorini baholash oldi-sotdi bitimi maqsadida amalga oshiriladigan bo’lsa, unda bozor narxi hisoblab chiqiladi; agar biznes miqdorini baholash uni tugatish maqsadida amalga oshiriladigan bo’lsa, unda likvidatsion narx hisoblab chiqiladi. To’rtinchidan, tannarxni belgilash jarayoni shundan iborat bo’ladiki, baholovchi tannarxning miqdorini pul birligi shaklida belgilaydi. Shundan kelib chiqib qiymatga oid barcha ko’rsatkichlar, ular aniq o’lchovga va pul birligiga qanchalik mos kelishidan qat‘iy nazar, son bilan ifodalanishi lozim. Beshinchidan, biznes qiymatini baholashning mohiyatiga oid jihatlari bozor bilan bog’liq vaziyatga tayanadi. Bundan ko’rinadiki, baholovchi baholaniyotgan obyektning qurilishi yoki sotib olinishi, texnik xarakteristikasi, joylashgan o’rni, keltiradigan daromadi, aktiv va vazifalarning tarkibi va tuzilishi kabi xarajatlar bilan cheklanib qolmaydi. U albatta: bozor konyukturasi, raqobatning darajasi va strategiyasi, baholanayotgan biznesning bozordagi ulushi, uning makro va mikroiqtisodiy muhitdagi o’rni, unga ta‘sir etadigan xavf-xatarlar, olinadigan foydaning o’rtacha darajasi, o’xshash obyektlarning bahosi va shu kabi bozor omillarning barchasini hisobga oladi. Oltinchidan, bozor narxi albatta pul birligida, masalan, so’m yoki dollar shaklida aniqlanadi. Bunda, avvalo, tanlangan valyuta asosida ish olib borish maqsadga muvofiq bo’ladi. Bundan tashqari, ish tutishning mazkur usuli hisob-kitobning aniq bo’lishiga va valyutaning bir turidan ikkinchisiga o’tishda yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan xatoliklarning oldini olishga erishiladi. Biznesning narxini belgilashda baholovchi baholanayotgan obyektning aylanma daromadi, xavf-xatar, bu foydani nazorat qilib olish, bozor sharoitida o’rtacha foyda olish darajasi, Shunga o‗xshash boshqa obyektlarning bahosi, baholanayotgan obyektning xarakterli tomonlari, aktivlarning tarkibi va vazifalari (tarkibiy qismlari), bozor holati kabi asosiy faktorlarni to’liq hisobga olishga harakat qiladi. Professional baholovchi o’z faoliyatida hamisha ma‘lum maqsad asosida ish yuritadi. Maqsadning aniq va oqilona belgilanishi hisoblanadigan qiymatni to’g’ri belgilash va baholash metodlarini to’g’ri tanlash imkonini beradi. Baholash maqsadi mijoz investitsion qaror qabul qilishi, bitim tuzishi, moliyaviy hisobotga o’zgarishlar kiritishi uchun zarur bo’lgan baholanadigan qiymatning u yoki bu ko’rinishini aniqlashdan iborat bo’ladi. Baholash ishlarining tashkil etilishidan davlat tizimidan tortib, xususiy shaxslargacha nazorat-tekshiruv organlari, boshqaruv tizimi, kredit organlari, sug’urta kompaniyalari, soliq firmalari, biznesning xususiy egalari, investorlar singari har xil tomonlar manfaatdor bo’lishi mumkin. Download 59.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling