Tayyorladi: choriyev allamurod Tekshirdi: to’rayev ziyovuddin


Download 1.6 Mb.
bet2/6
Sana24.12.2022
Hajmi1.6 Mb.
#1055587
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Choriyev Alamurod-Gid ekskursiyachilik kasbining shakllanishi

Ekskursiya xizmati funksiyasining o‘zgarishi, uning dam olish shaklidan mehnat jamoalarida madaniy-tarbiyaviy ishlarning tashkiliy shakliga aylanishi, aholiga xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqqa aylanishi, yangi mutaxassislik, ya’ni gid rolining oshishiga olib keldi. O‘zbekiston Respublikasining «Turizm to‘g‘risida»gi Qonunining 3- moddasiga turistik guruh rahbari (turlider) va gid (ekskursiya yetakchisi) tushunchalari kiritilgan. Unga ko‘ra «turistik guruh rahbari - turistik faoliyat sub’ektlarining vakili bo‘lgan va uning nomidan ish ko‘rib, turistlarga xizmat ko‘rsatish shartnomasi shartlarining bajarilishini ta’minlovchi jismoniy shaxs», «Gid (ekskursiya yetakchisi) - tur qatnashchilariga turistik xizmatlar ko‘rsatish 42 shartnomasi doirasida ekskursiya-axborot, tashkiliy yo‘sindagi xizmatlar va malakali yordam ko‘rsatuvchi jismoniy shaxs» 2 -degan ta’riflar kiritilgan.

Gid kasbining shakllanishi bosqichlari.

Kasbiy talablar

Gid kasbini tanlagan insonlarga ushbu kasb bir necha talablarni qo‘yadi, ya’ni madaniy-tarbiyaviy ishlarga ishtirok etish ishtiyoqi, tarbiya jarayonida ekskursiya xizmatining mohiyati, undagi o‘z rolini tushunishi, burchini his etishi, yaxshi diksiyaga ega bo‘lishi, bir yoki bir necha ekskursiya mavzulari bo‘yicha aniq bilimlarga ega bo‘lishi, madaniyatsizlik va eskicha qarashlarga befarq bo‘lmasligi, o‘z bilimlarini uzluksiz takomillashtirishi, yangilikka intilishi, ishda tashabbus ko‘rsatishi va ijodiy yondashishi, ekskursantlarni qiziqtirishi va talablarini chuqur o‘rganishi, turli guruhdagi insonlarga xizmat ko‘rsatishda turlicha yondashuv; tarbiyaviylik, yuqori madaniyat va xulq-atvor, ekskursantlar bilan to‘g‘ri munosabat yuritishi, ekskursiya xizmatini o‘tkazish uslubiga ega bo‘lishi, xullas, kasb sirlarini yaxshi bilishi kerak.

Kasb va mutaxassislik.

Gidlarning kasbiy mahoratini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri mutaxassislikdir. Eng avvalo «kasb» va «mutaxassislik» kabi ikki tushunchaningmazmuni va o‘zaro aloqasini aniqlab olamiz. Kasb – aniq bilim va ko‘nikmalar jamlanmasini talab qiluvchi mehnat faoliyati shaklidir. Mutaxassislik – bir kasb zahirasidagi faoliyat turi. Masalan: vrach bu – kasb bo‘lsa, terapevt, jarroh, stomatolog bu - mutaxassislik va sh.k. Kasb asosiy faoliyat turi bo‘lsa, «mutaxassislik» tushunchasi ma’lum kasb doirasida bilimva mahoratga erishganlik darajasini ko‘rsatadi, ya’ni, mutaxassis bu biror mutaxassislikni professional egallagan ishchidir


Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling