Tayyorladi: choriyev allamurod Tekshirdi: to’rayev ziyovuddin


Gidlar bo’yicha kurslar Gidlarni tayyorlash kurslari


Download 1.6 Mb.
bet3/6
Sana24.12.2022
Hajmi1.6 Mb.
#1055587
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Choriyev Alamurod-Gid ekskursiyachilik kasbining shakllanishi

Gidlar bo’yicha kurslar

Gidlarni tayyorlash kurslari

Gidlarni tayyorlash jarayonining vazifasi - mutaxassislarni malakali gid qilish, ya’ni gid kasbining zaruriy bilim va ko‘nikmalariga ega bo‘lishi uchun har bir mutaxassisga yordam berishdir. Bunda ishni shunday tashkil etish kerakki, ekskursiya muassasasiga kelgan kishi o‘z mutaxassisligini nafaqat saqlab qolsin, shu bilan birga uni takomillashtirib, ekskursiya xizmatini yaxshi tashkil etishi uchun o‘z vazifasini mustahkamlasin. Tarix o‘qituvchisi gid bo‘lganidan keyin tarixiy mavzuda ekskursiyalar o‘tkazishi maqsadga muvofiqdir. Undan tabiatshunoslik mavzusida ekskursiya mavzusini tayyorlashni talab qilish noto‘g‘ri bo‘ladi. Bu mavzudagi ekskursiyalarni mutaxassis – biolog, geograf tayyorlashi maqsadlidir.

Ekskursiya muassasalari va davlat muzeylari qoshida gidlarning malakasini oshirish kurslari tashkil etilgan (tarixiy, adabiyot, tabiatshunoslik, va sh.k.). Masalan, Samarqand viloyatining Davlat muzey-qo‘riqxonasi qoshidagi gidekskursovodlarni tayyorlash o‘quv markazida 216 soatlik «Ekskursiya xizmatlarini tashkil etish» qayta tayyorlash kursi tashkil etilgan bo‘lib, ushbu kursni tamomlagan tinglovchilarga «O‘zbekturizm» MK tomonidan «Samarqand shahri gidi» ixtisosligi bo‘yicha qayta tayyorlash haqida guvohnoma beriladi. Hozirda ushbu kursda 2013 yilda jami 116 nafar, 2014 yilda jami 107 nafar tinglovchi o‘qidi.

Gidlar malakasini oshirish kurslari

Gidning shaxsiy fazilatlari, mahoratiga qo‘yiladigan talablar

Shaxsga qo‘yilgan axloqiy talablar bu umumiy prinsiplarga va axloqiy me’yorlarga rioya qilishi, mukammalikka intilishidir. Shaxsning har tomonlama mukammal va barkamol bo‘lib shakllanishi uning butun bir umri davomida ro‘y beradi (umumta’lim maktabida, kollej, OTM da, jamoada, kundalik hayotda, gidlarni tayyorlovchi kurslarda, ekskursantlar bilan o‘zaro munosabatda). 45 Gid shaxsiyatining shakllanishi gid kasbining shakllanishi jarayonida yuzaga keladi. Gid shaxsiyatiga qo‘yilgan talab uning umumiy tamoyillar va xulq- atvor me’yorlariga rioya qilishi, aniq g‘oyalarga amal qilishidir


Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling