Tayyorladi: choriyev allamurod Tekshirdi: to’rayev ziyovuddin
Download 1.6 Mb.
|
Choriyev Alamurod-Gid ekskursiyachilik kasbining shakllanishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gid kasbining o’ziga xos xususiyatlari.
Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti turizm yo’nalishi 2-kurs talabasi choriyev allamurodning turizm nazariya va amaliyoti fanidan mustaqil ishiTayyorladi: choriyev allamurodTekshirdi: to’rayev ziyovuddinGid- ekskursiyachilik kasbining shakllanishiReja:
kirishTurizm sohasida ekskursiya xizmati asosiy xizmatlardan biri hisoblanadi. Tashrifbuyurgan turist eng avvalo mamlakatning tarixi, madaniyati, ijtimoiy hayoti, tabiiy resurslari bilan tanishishni, tomosha qilishni xohlaydi. Ekskursiya xizmati o‘zining ko‘rgazmaliligi, mazmundorligi, hissiyotliligi bilan ekskursantlarning ma’naviy dunyoqarashi shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi.Gid kasbining o’ziga xos xususiyatlari.Har bir kasb mehnat faoliyati bo‘lib, insondan aniq bilim va mehnat ko‘nikmalarini talab qiladi. Bu bilim va ko‘nikmalar umumiy va maxsus ta’lim hamda ishchining kunlik amaliy faoliyati jarayonidan olinadi. Gidning ishi yaqin o‘tmishgacha kasb sifatida qaralmagan, u havaskor guruh uchun qiziqarli mashg‘ulot bo‘lgan, xolos. Gid ishini turli soha mutaxassislari o‘zlarining asosiy faoliyatlaridan ajralmagan holda bajarishgan (pedagoglar, muzey ilmiy xodimlari, institut ilmiy xodimlari va h.k.). Faqatgina bir necha ekskursiya muassasasi va alohida muzeylar shtatida gidlar mavjud bo‘lgan, xolos. Ammo o‘sha paytlarda bu faoliyat kasbiy xususiyatlarga ega bo‘la boshlagan.Ekskursiya xizmati funksiyasining o‘zgarishi, uning dam olish shaklidan mehnat jamoalarida madaniy-tarbiyaviy ishlarning tashkiliy shakliga aylanishi, aholiga xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqqa aylanishi, yangi mutaxassislik, ya’ni gid rolining oshishiga olib keldi. O‘zbekiston Respublikasining «Turizm to‘g‘risida»gi Qonunining 3- moddasiga turistik guruh rahbari (turlider) va gid (ekskursiya yetakchisi) tushunchalari kiritilgan. Unga ko‘ra «turistik guruh rahbari - turistik faoliyat sub’ektlarining vakili bo‘lgan va uning nomidan ish ko‘rib, turistlarga xizmat ko‘rsatish shartnomasi shartlarining bajarilishini ta’minlovchi jismoniy shaxs», «Gid (ekskursiya yetakchisi) - tur qatnashchilariga turistik xizmatlar ko‘rsatish 42 shartnomasi doirasida ekskursiya-axborot, tashkiliy yo‘sindagi xizmatlar va malakali yordam ko‘rsatuvchi jismoniy shaxs» 2 -degan ta’riflar kiritilgan.Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling