Tayyorladi: Nodira Rajabova Dissertatsiya mavzusi: “Baholangan majburiyatlar, shartli majburiyatlar va shartli aktivlar” (bhxs 37) standartni o‘ziga xos xususiyatlari


Download 17.41 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi17.41 Kb.
#1016532
Bog'liq
1 (2)


Tayyorladi: Nodira Rajabova


Dissertatsiya mavzusi: “Baholangan majburiyatlar, shartli majburiyatlar va shartli aktivlar” (BHXS 37) standartni o‘ziga xos xususiyatlari.
1-topshiriq
“Baholangan majburiyatlar, shartli majburiyatlar va shartli aktivlar” (BHXS 37) standartni o‘ziga xos xususiyatlari mavzusida keys-study:
Korxona faoliyatini yuritadigan mamlakatda amal qiladigan soliq, valyuta va bojxona qonunchiligi, jiddiy noaniqliklar yuzaga kelish xususiyatiga ega, turli talqinlarga yoʼl qoʼyadi va tez-tez oʼzgarishlarga duch keladi. Rahbariyat tomonidan korxonaning faoliyati va operatsiyalariga nisbatan ushbu qonun hujjatlarini qoʼllanilishi tegishli davlat organlari tomonidan eʼtiroz bildirilishiga olib kelinishi mumkin. Korxona tegishli qonun hujjatlari maqbul darajada qoʼllanilmoqda va korxonaning soliq, valyuta va bojxona masalalaridagi pozitsiyasi saqlanib qoladi, deb hisoblaydi. Аmmo, tegishli davlat organlari qonun hujjatlarini boshqacha tarzda talqin qilishi mumkin, hamda, ular oʼz pozitsiyalarini asoslab bera olsa, qoʼshimcha hisoblanadigan soliqlar, jarima va penyalarning maksimal summasi korxonaning moliyaviy hisoboti uchun ahamiyatli darajada boʼlishi mumkin. Ushbu holatda korxona tomonidan qanday majburiyat tan olinishi yoki umuman tan olinmasligi lozim?
Yechim:
Korxona davlat foydasiga yuzaga kelishi mumkin boʼlgan soliqlar va boshqa toʼlovlar boʼyicha shartli majburiyatlari toʼgʼrisida axborotni yoritishi, agar imkoni boʼlsa ular boʼyicha hisob-kitob baholarini ham keltirishi lozim. Аgar bunday toʼlovlarni amalga oshirish ehtimoli past boʼlsa, bunday axborotni yoritish talab etilmaydi.


2-topshiriq
Dissertatsiya mavzusi bo’yicha masala va mashqlar.

  1. Korxona koʼrilgan zararni undirish maqsadida, nuqsoni bor tarkibiy qismlarni yetkazib bergani uchun oʼzining mol yetkazib beruvchisiga qarshi sud ishi qoʼzgʼatdi. Korxona mol yetkazib beruvchidan qoplama olishni va sud qarori uning foydasiga hal boʼlishini tahmin qilmoqda.

Yechim:
Korxona mol yetkazib beruvchidan olinishi mumkin boʼlgan qoplamaga taalluqli shartli aktiv toʼgʼrisidagi maʼlumotni ochib berishi kerak, agar imkoni boʼlsa, qoplama summasini baholash hisob-kitobini keltirishi lozim. Аgar korxona qoplamani ololmasam kerak deb oʼylasa, unda bunday maʼlumotni ochib berishga ruxsat etilmaydi.



  1. Korxona tovarlarni kafolat bilan sotadi, bu kafolat boʼyicha xaridorlarga xariddan soʼng olti oy davomida aniqlangan har qanday ishlab chiqarish nuqsonlarini bartaraf etish (taʼmirlash) xarajatlari qoplanadi. Аgar barcha sotilgan mahsulotlarda kichkina nuqsonlar aniqlanadigan boʼlsa, taʼmirlash xarajatlari 1 millionga teng boʼladi. Аgar barcha sotilgan mahsulotlarda katta nuqsonlar aniqlanadigan boʼlsa, taʼmirlash xarajatlari 4 millionga teng boʼladi. Korxonaning oldingi tajribasi va kelgusi kutishlari keyingi yilda sotiladigan mahsulotlarning 75%i nuqsonlarga ega boʼlmasligini, 20 %i kichkina nuqsonlarga ega boʼlishini va 5 %i katta nuqsonlarga ega boʼlishini koʼrsatadi. Korxona kafolatlar boʼyicha majburiyatlarni, ular butunicha olinganida, soʼndirish uchun resurslar chiqib ketishi ehtimolini baholaydi.

Yechim:
Kafolatning (taʼmirlash xarajatlari) kutilayotgan qiymati quyidagiga teng:
(0 × 75%) + (1 × 20%) + (4 × 5%) = 400 000 sh.b.
Dt Sotish bo‘yicha xarajatlar (М9410) 400 000
Kt Kafolatlar bo‘yicha rezervlar (majburiyat) (М6630) 400 000


3-topshiriq
Paradokslar metodini dissertatsiyangiz bo’yicha qo’llay olasizmi?
Iqtisodiy paradokslar va topishmoqlar tanlovi metodi – o‘quvchi, talabalarni keng qamrovi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni aniq va izchil tasavvur qilish, fikr yuritish, iqtisodiy konsepsiyalarni tushunish, real hayotda qo‘llashni o‘rganishlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan metod.
Paradokslar metodini “Baholangan majburiyatlar, shartli majburiyatlar va shartli aktivlar” (BHXS 37) standartni o‘ziga xos xususiyatlari bag’ishlangan dissertatsiya ishiga qo’llash mumkin. Korxonalar amaliyotida yuz beradigan sud jarayonlarini tasavvur qilish yordamida ushbu sud jarayonlari yuzasidan kelib chiqadigan majburiyatlar, baholangan majburiyatlar, shartli majburiyarlar va shartli aktivlarni tan olish baholash va hisobga olish mumkin.
Download 17.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling