Tayyorladi: Toshkent davlat pedagogika universiteti. Tabiiy fanlar fakulteti. Giba 101- guruh talabasi Turg'unboyev Mustafoosim


Download 20.19 Kb.
bet5/7
Sana05.01.2022
Hajmi20.19 Kb.
#208991
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Quyosh va Yer aloqalari. referat

kitoblariga ko‘ra, Quyoshning zaryadli plazmasi «zarbasi» 90 soniyada AQShning 300 ta transformatorini eritib yuborish quvvatiga ega. Magnitosfera bo‘yicha mutaxassis Jeyms Grin fikricha 1859- yilning kuzidagiga o‘xshash hodisa yuz bersa, bugungi «nozik» texnologiya uni ko‘tarolmasligi mumkin. O‘shanda, ya’ni bundan 150 yil muqaddam yosh ingliz olimi Richard Kerrington dastlab osmonda noodatiy yirik dog‘ paydo bo‘lganini kuzatgan. Uni samoni kuzatish uskunalarisiz ham ko‘rish mumkin edi. Kutilmaganda ushbu yirik dog‘ ustida ko‘zni qamashtiruvchi ikkita yog‘duli shar paydo bo‘lgan va u kengayib, Quyoshdan ham yorug‘roq nur taratgan.

Taxminan 5 daqiqalardan so‘ng sharlar yo‘qolgan. 17 soatdan keyin esa Amerika tuni yashil va pushti yashin shu’lasidan kunduzgidek yorishib ketgan. Bu shu’lani Kuba, Yamayka va Gavay orollari fuqarolari ham ko‘rishgan. O‘sha paytdagi magnitometrlar (magnit quvvatini o‘lchash asboblari) shu’laning energiya quvvatini o‘lchashga kuchi yetmagan. O‘sha paytdagi mazkur magnit bo‘roni astronom nomi bilan Kerrington hodisasi, deb yuritiladi. Quyoshdan kelayotgan nurlanish oqimini tadqiq qiluvchi sun’iy yo‘ldoshlarning biri Amerikaga tegishli bo‘lib, u 1997- yilda uchirilgan.

Ikkinchisi Rossiyaniki, u 2009- yil 30 yanvardan buyon orbitada faoliyat olib borayotgan «Koronas- Foton» sun’iy

yo‘ldoshidir. U «Koronas»larning uchinchisi hisoblanadi. Birinchisi — «Koronas- I» 1994- yili Yer orbitasiga uchirilgan va 2001- yilgacha faoliyat yuritgan. Ikkinchisi —

«Koronas- F» 2001- yilda uchirilgan va 2005- yil dekabrda faoliyatini tugatgan. Ular asosan Quyoshda kuchli chaqnash sodir bo’lganligi haqida Yerga xabar beradi.

Lekin ular «bo‘ron» haqida Yerliklarni ogohlantirgan taqdirda ham «bo‘ron»ga qarshi himoyaga tayyorgarlik ko‘rish uchun 45 daqiqagacha vaqt bo‘ladi xolos.Kerrington yog‘duni kuzatgan davrda (1859- yil) Quyosh faolligi darajasi Volf sonida 100 atrofida bo‘lgan bo‘lsa, Kvebek voqeasida (1989- yil) 170 atrofida bo‘lgan. O‘tgan yuz yillik davrda Quyosh faolligi 1958 yili eng yuqori darajaga (Volf soni 180) yetgan, biroq xuddi Kerrington kuzatganidek yoki Kvebek hodisasidek kuchli geofizik hodisalarga sababchi bo‘lmagan.Quyoshning faol nurlanishi atmosferaning yuqori qatlamlariga va havo massasining umumiy aylanishiga ta'sir ko'rsatadi. Bu esa sayyoramiz ob- havosida namoyon bo'ladi Amerika atmosfera tadqiqoti milliy markazi xodimi Jerald Mel boshchiligidagi olimlar guruhi tadqiqotida aynan Quyosh faolligidagi o'zgarishlar sayyoramiz atmosferasi va dunyo okeaniga qanday ta'sir o'tkazishi zikr etilgan. Ushbu tadqiqot Science nashrida e'lon qilingan.Ma'lum bo'lishicha, kuzatuvchilar uchun Quyosh yuzasidagi qora

dog' ko'rinishida namoyon bo'luvchi faollik 11 yillik davrga ega. Agar barcha spektral diapazonga nazar tashlasak, Quyoshning kuchli nurlanishi odatdagi porlashdan 0,1% farq qilishi mumkin. Lekin shuning o'ziyoq Yer ob- havosiga ta'sir o'tkazish uchun yetarlidir. Quyosh faolligi o'zgarishida uning nurlanishi yulduzning umumiy yorug'ligiga ko'ra ultrabinafsha rangda kuchli o'zgarib, o'zgaruvchanlik 5- 7 foizga chiqadi. Ultrabinafsha nurlarning o'sishi asosan stratosferaning tropik mintaqalar uzra joylashgan qismlarida ozonning paydo bo'lishini oshirib yuboradi. Ko'p miqdordagi ozon atmosferaning qizishiga olib kelib, natijada havo massasining aylanishini kuchaytiradi. Buning oqibatida esa sayyoramizning tropik mintaqalarida yog'ingarchilik miqdori oshib ketadi. Quyosh faolligi o'zgarishi oqibatida yuqoridagi holatga teskari yana boshqa jarayon yuzaga keladi. Uning faolligi oshishi natijasida jahon okeanining bug'lanishi kuzatiladi. Bug'langan massa bulutlar shaklida ekvatorial mintaqalarda to'planadi va yomg'ir bo'lib yog'adi. Natijada Tinch okeanining sharqiy qismida suv harorati pasayadi. Ushbu jarayon tufayli bulutlarning paydo bo'lishi samaradorligi kamayadi.




    1. Download 20.19 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling