Tayyorladi: Toshkent davlat pedagogika universiteti. Tabiiy fanlar fakulteti. Giba 101- guruh talabasi Turg'unboyev Mustafoosim


Download 20.19 Kb.
bet6/7
Sana05.01.2022
Hajmi20.19 Kb.
#208991
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Quyosh va Yer aloqalari. referat

XULOSA

Xulosa qilib aytish mumkinki, biz butun mavjudod undan tashqari koinotda mavjud bo`lgan fazoviy obyektlar Quyosh bilan chambarchas bog`langandir. Quyosh faoliyati o`z navbatida Quyoshda sodir bo`ladigan jarayonlar bilan bog`langan bo`ladi. Quyosh Yerda bo’ladigan hodisalarga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Uning qisqa to’lqindagi nurlanishi Yer atmosferasining yuqori qatlamlaridagi muhim fizik kimyoviy jarayonlarga sabab bo’ladi. Uning ko’zga ko’rinadigan va infraqizil diapazondagi nurlari Yerga issiqlikni “yetkazuvchi” asosiy vosita hisoblanadi. Quyosh Yerni yoritib qolmay uni isitadi ham. Quyosh aktivligining faoliyati bir qator geofizik hodisalarni vujudga keltiradi. Bu hodisalardan eng muhumlari xromosfera chaqnashlari bilan bevosita bog’liqdir. Zaryadlangan zarralarning tezlatgan oqimi Yerning magnit maydoniga ta’sir etadi va magnit bo’ronlarini vujudga keltiradi. Magnit bo’ronlari zaryadlangan zarralarni atmosferaning nisbatan quyi qatlamlariga kirishiga yordam beradi va natijada qutb yog’dulari kuzatiladi. Quyoshning qisqa to’lqin nurlanishi Yer atmosferasining zaryadlangan yuqori qatlamlarida ionizatsiyani kuchaytiradi, bu esa radioto’lqinlarning tarqalish sharoitiga kuchli tasir ko’rsatib, ba’zida radio aloqaning buzilishiga olib keladi.Quyoshdagi aktiv jarayonlar Yer atmosferasi va magnit maydonigagina

ta’sir ko’rsatib qolmay, ular boshqa yo’l bilan hayvonlar va o’simliklar dunyosidagi murakkab jarayonlarga, inson organizm to’qimalari, asab sistemasi va qon aylanish sistemasiga ta’sir ko’rsatadi. Bugungi kunda bunday ta’sirlar olimlar tomonidan o’rganilmoqda.Quyosh chaqnashlari va magnit bo’ronlari o’zaro chambarchas bog’langan. Buni magistrlik dissertatsiya ishida batafsil ko’rib chiqdik, ya’ni Quyoshda dog’lar ko’payganda yoki aktivligi maksimumga erishganda magnit maydon kuchayishiga olib keladi. Quyosh dog’li sohalari ustida chaqnashlar kuzatiladi. Chaqnash sodir bo’lgan vaqtda katta energiyali oqim muhitga chiqariladi. Bu oqim Quyosh shamoli yoki toj massa tashlanmalari deyiladi. Bu oqim o’zi bilan kuchli magnit maydonni olib keladi va Yer magnit maydoni bilan ta’sirlashib turli geofizik hodisalarga olib keladi:

  • Iqlim o’zgarishi;

  • Kosmonavtlar uchun radiatsiya xavfining tug’ilishi;

  • Ionosfera ionlanish darajasining o’zgarishi;

  • Ionosferaning elektr o’tkazuvchanligini, elektromagnit nurlarini o’tkazish qobiliyatining o’zgarishi;

  • Havoda ozon miqdori, havo harorati va bosimning ortishi;

  • Qutb yog’dularining elektr oqimining kuchayishi;

  • Magnit bo’ronlari.

Bundan tashqari Quyoshdagi dog’lar soni ko’payib kuchli chaqnash yuz berganda, Quyosh shamoli parametrlari o’zgarishini In- situ va Wind kosmik stansiyalari asosida olingan ma’lumotlar orqali ko’rib chiqdik va 2012- yil 13- 14 iyunda o’rta intensivlikdagi geomagnit bo’ronlarini hamda Yer magnit maydonining kuchlanganligi 40 nTl dan 150 nTl gacha o’zgarishini aniqladik. Shunday qilib, Yerda sodir bo’luvchi barcha hodisalar Quyosh va uning faoliyati bilan chambarchas bog’liqdir.



Download 20.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling