Izomorfizm. Ximiyaviy tabiatlari jihatidan bir-biriga yaqin bо‘lgan ba’zi moddalar, garchi tarkib jihatidan har xil bо‘lsalar ham, mutlaqo bir xil shakldagi kristallar hosil qiladi, bu kristallar bir xil yoki deyarli bir xil konstantalar bilan xarakterlanadi. Bunday moddalar izomorf moddalar deb, tarkibi jihatidan har xil bо‘lgan moddalardan bir xil kristallar hosil bо‘lish hodisasining о‘zi esa izomorfizm deb ataladi. Izomorf moddalarga xos bо‘lgan xususiyat shundan ibratki, ulardan hosil qilingan eritmalarda shu moddalar birgalikda kristallanib, aralash kristallar hosil qiladi. Aralash kristallarda olingan moddalarning miqdorlari о‘zgarib turadi, bu miqdorlar har qaysi moddadan eritmada qanchadan borligiga bog‘liq bо‘ladi. Bir-biriga mutlaqo о‘xshash bо‘lmagan boshqa moddalar ham eritmadan bir vaqtda kristallana oladi, ammo bunday hollarda aralash kristallar emas, eritmadaga har qaysi moddaning kristallaridan iborat mexanik aralashma hosil bо‘ladi.
avs avs avs
900 ==900 900 ===900
Triklin Monoklin Rombik
a) Brove panjaralari
Rombik
avs avs
==900 900 ===900
b) asosi markazlashgan kristall panjaralar
avs a=v=s
===900 ===900
Rombik Kubik
v) yoqlari markazlashgan kristall panjaralar:
Kristall panjaraning hammasi bо‘lib 14 xil elementar yacheykasi mavjud. Bu elementar yacheykalar fransuz kristallografi Ogyust Brave nomi bilan yuritilib, Brove panjarachalari deb ataladi. Rus olimi YE.S.Fedorov kо‘rsatdiki, simmetriya elementlarining 230 ta kombinatsiyasi bо‘lishi mumkin, bular fazoviy gruppalar deb atalgan.
Kristall panjaralar elementar yacheykalarining shakliga qarab yettita kristallografik sistemaga ajraladi. Bular quyidagilardir:
Triklin sistema: avs, , =900.
Monoklin sistema: avs, ==900, 900.
Rombik sistema: avs, ===900.
Rombaedrik (trigonal) sistema: a=v=s, ==900.
Geksagonal sistema: a=v=s, ==900, =1200.
Kubik sistema: a=v=s, ===900.
Tetragonal sistema: a=vs, ===900.
Do'stlaringiz bilan baham: |