KRISTALLIK SISTEMALAR.
Kristallik shakllarini klassifikatsiya qilish kristallning simmetriya darajasini aniqlashga asoslangan. Kristallik kо‘p yoqlarining har xil simmetriya hollari kristallografiya bо‘limida batafsil о‘rganiladi. Bu yerda xilma-xil kristallik shakllarining hammasi oltita gruppaga, ya’ni oltita kristallik sistemaga bо‘linishini, bu gruppa esa, о‘z navbatida, sinflarga ajralishini kо‘rsatib о‘tishning о‘zi kifoY. Bu sistemalarga quyidagi nomlar berilgan: I-muntazam sistema, II-tetragonal yoki kvadrat sistema, III-rombik sistema, IV-geksagonal sistema, V-monoklinik sistema va VI-triklinik sistema.
Kristallarning qaysi sistemaga kirishi shu kristallar kristallografik о‘qlarning bir-biriga nisbatan joylashgan va ular yoqlarining uzun-qisqaligi bilan belgilanadi.
Prizma piramida triklinik
geksagonal prizma rombik prizma
Kristallarning ichki tuzilishi
Kristalning tashqi shakli uning yashirin ichki tuzilishining aksi bо‘lib, zarrachalarning - kristalni tashkil etuvchi molekula yoki atomlarning fazoda muayyan nuqtalarda bir tekisda joylashuviga bog‘liq deb о‘ylab kelgan edilar. Bunday nuqtalarning jami fazoviy - panjara hosil qiladi, bu panjara ma’lum bir shaklga ega bо‘lib, kristall moddaning geometrik tuzilishini ma’lum darajada aks ettiradi, zarrachalar joylashagan nuqtalar panjara tugunlari deb ataladi.
Kristallarni tekshirish uchun rentgen nurlaridan foydalanish kо‘pgina kristallarning fazoviy panjaralari xarakterini aniqlashga imkon beradi. Bu tekshirishlarning muhim samarasi kо‘pgina murakkab moddalarda panjara tugunlarida molekullar emas, balki musbat va manfiy zaryadlangan ayrim ionlar turishining kashf etilishi bо‘ldi. Barcha kristallik panjaralar tо‘rtta asosiy turga bо‘linadi:
Molekulyar panjaralar panjara tugunlarida molekulalar turishi bilan xarakterlanadi. Polyar yoki kam polyar tipdagi birikmalar va umuman, atom bog‘lanishga ega bо‘lgan birikmalar molekulyar panjaralar hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |