Tayyorlash usuli


Download 437.24 Kb.
Sana29.03.2023
Hajmi437.24 Kb.
#1305581
Bog'liq
milliy suyuq taomlar


MOXORA

MASALLIQLAR

  • mol go'shti - 500 gr

  • kartoshka - 3 dona

  • sabzi - 3 dona

  • piyoz - 3 dona

  • pomidor - 3 dona

  • bulg'or qalampir - 2 dona

  • no'xat - 700 gr

  • tuz - ta'bga ko'ra

  • ziravor - ta'bga ko'ra

TAYYORLASH USULI
Go’shtni 30-40 gr li bo’laklarga bo’lib, qizartirib qovuriladi, so’ng halqa qilib to’g’ralgan piyoz, pomidor va kubik shaklida to’g’ralgan sabzini va bulg’orini solib qovurib, suv quyiladi. 7-8 soat iliq suvda ivitilgan no’xatni sho’rvaga solinib, 40-50 qaynatiladi. Keyin kubik shaklida to’g’ralgan kartoshka solib pishgunga qadar qaynatiladi. Ziravorlarni xohlang suviga tashlang, xohlang qovurish jarayonida soling, bu sizning ixtiyoringizda. Kosadagi moxoraga oshko’katlar sepiladi.
MASTAVA

MASALLIQLAR

  • mol go'shti - 300 gr

  • kartoshka - 1-2 dona

  • sabzi - 1-2 dona

  • piyoz - 1-2 dona

  • pomidor - 1-2 dona

  • kungaboqar yog'i - 100-150 gr

  • bulg'or qalampir - 1-2 dona

  • guruch - 100 gr

  • tuz - ta'bga ko'ra

  • ko'kat - ta'bga ko'ra

  • ziravor - ta'bga ko'ra

TAYYORLASH USULI
Go’sht va barcha sabzavotlarni mayda kubik shaklida to’g’raladi va qizib turgan yog’da aval go’shtni solib qovuriladi. Shu o’rinda go’sht haqida qisqacha to’xtalib o’tsak, kimdir “mastava faqat qo’y yog’ va qo’y go’shtidan tayyorlanishi kerak” deb e’tiroz bildirishi tabiy. Ishoning go’sht bu asosiysi emas to’g’ri kim uchundir qo’y go’shti mol go’shtiga nisbatan ko’proq yoqar, to’g’ri qo’y go’shti mol go’shtiga nisbatan yumshoqroq bo’lishi mumkin. Lekin biri bo’lmasa yoki yoqmasa ikkinchisidan foydalansa ham bo’laveradi.

Qozondagi go’shtni 3-4 daqiqa qovurib, ortidan piyoz va mastavaga rang berish uchun pomidor solib qovurishni davom ettiriladi, agar pomidor bo’lmasa o’rniga yarim osh qoshiq tomat pastasi qo’shib qovurish mumkin.
So’ngra navbat bilan sabzi, qartoshka, bulg’ori qalampiri va sarimsoq solib qovuriladi, ortidan tuz va murch qo’shib suv quyiladi.
Endi mastavaning eng muhim va nozik tomoniga e’tiborimizni qaratadigan bo’lsak bu albatta guruch xisoblanadi. Chunki ko’p xollarda mastavaga guruchni muddatidan oldin solib qo’yilgani yoki keragidan ortiq turib qolgani bois guruchlar bo’kib, ezilib ketgan bo’ladi. Bu esa mastavaning ta’miga va sifatiga ta’sir qilishi aniq. Shuning uchun gurunchni oxirgi bosqichda, taomni dasturxonga tortiq qilishdan tahminan 10-15 daqiqa oldin solinadi va shundagina mastavadagi guruchlar dona-dona bo’lib turadi.

KO’ZA SHO’RVA

Masalliqlar

  • qo'y go'shti - 40 gr

  • kartoshka - 80-85 gr

  • sabzi - 20-30 gr

  • piyoz - 60-70 gr

  • pomidor - 30 gr

  • bulg'or qalampir - 20 gr

  • sarimsoqpiyoz - 1 dona

  • no'xat - 1 osh qoshiq

  • tuz - ta'bga ko'ra

  • ko'kat - ta'bga ko'ra

  • dafna yaprog'i - 1 dona

  • ziravor - ta'bga ko'ra

  • qo'y qovurg'asi - 60-70 gr

TAYYORLASH USULI
Sopol ko’zaga avval go’sht va qovurg’ani, so’ngra piyozdan boshqa sabzavotlarni joylashtiring. Hamma masalliqlar joylangach, piyozni soling, shunda piyoz ezilib ketmaydi. Agar qovurga yog’siz bo’lsa, sho’rvaga ta’bga ko’ra ozgina charvi yog’ini maydalab to’g’rab solishingiz mumkin. Eng oxirida ko’zani to’ldirib suv quying. Masalliqlar va suv bilan to’ldirilgan ko’zani temir tandir (duxovka) ga yoki ko’za qo’yish mumkin bo’lgan elektr plitasiga qo’ying. Avvaliga baland olovda, keyin pastroq olovda miltillatib qaynating. Qaynash jarayonida ko’zalardagi suv kamayib ketsa, ozgina qaynagan suv qo’shing. Suv qaynay boshlaganda, sho’rva ko’pigini olishni unutmang.
No’xat sho’rvada pishirilsa, uning rangini bo’g’ib qo’yishi mumkin. Buning oldini olish uchun, no’xatni alohida bir idishda bir oz qaynatib olib, keyin qo’shsangiz, sho’rvaning rangi tiniq va chiroyli chiqadi.
MOSHXO'RDA

MASALLIQLAR

  • qo'y go'shti - 200 gr

  • sabzi - 1 dona

  • piyoz - 1 dona

  • pomidor - 1 dona

  • kungaboqar yog'i - 50 gr

  • guruch - 45 gr

  • tuz - ta'bga ko'ra

  • zira - ta'bga ko'ra

  • ko'kat - ta'bga ko'ra

  • dafna yaprog'i - 1 dona

  • mosh - 60 gr

  • acchchiq qizil qalampir - 2 dona

  • barbaris - ta'bga ko'ra

TAYYORLASH USULI
Mosh va guruchli taom bo‘lib, u har kuni qilinadigan va mehmonga ham tortiladigan o‘zbek taomlaridan biridir. Bu taom juda mazali va foydali.
Masalliqlarni tayyorlaymiz- mosh va guruchni tozalaymiz. Moshni yuvamiz va suvi bilan qoldiramiz. Go‘sht, piyoz, sabzi (qizil sabzi) va pomidorni kichik to‘rtburchak shaklda kesamiz.
Baland olovda yog‘ni qizdiramiz. Aslida bu holat o‘zbek taomlarini tayyorlashga xos, chunki aksar taomlar avvalida yog‘ kuchli qizdiriladi va tayyorlash davomida olov pasaytirib boriladi.
Ikki daqiqa go‘shtni qovuramiz va ketidan piyozni qo‘shamiz. Piyoz shaffof holatga kelmagancha qovuramiz.
So‘ng ikki daqiqa pimidorni va undan so‘ng sabzini qo‘shib qovuriladi. Endi bir chimdim zira qo‘shamiz, ko‘p emas, chunki moshni o‘zi ham xos xushta’m berish xususiyatiga ega. Davomida bir oz ko‘kat qo‘shsa bo‘ladi, ko‘kat quruq bo‘lsa undanda yaxshi.
Aralashtirib qovuramiz va ozgina suv qo‘shiladi, masalliqni bir oz qoplaydigan darajada. Nima uchun suvni avvalroq qo‘shmadik? Chunki bu holda masalliqlar ziravorlarning mazasini olishga ulguradi. Past olovda masalliqni 10 daqiqaga yaqin qaynatamiz.
Ana endi 2 litr sovuq suv qo‘shib, qizil bulg‘ori qalampir, lavroviy list va barbarisni solamiz. Moshni suvini to‘kib qozonga solamiz. Moshni suv qaynamasdan oldin solinadi, aks holda mosh ochilmay qoladi. O‘rta olovda qaynagunga qadar olib boramiz va milt-milt qilib qaynab turishi uchun olovni pasaytiramiz. Olov baland bo‘lsa mosh qotib qoladi.
Mosh taxminan 30 daqiqa qaynatiladi, ya’ni mosh yorilgunga qadar. So‘ng moshxo‘rdaga ko‘katlardan solinadi, bir oz rayhon ham solsa yaxshi bo‘ladi. Shundan so‘ng qozonni qopqog‘ini yopib olovni o‘chiramiz. 10 daqiqa o‘tgach moshxo‘rda to‘liq tayyor.
Moshxo‘rdani dasturxonga alohida piyolada qatiq bilan tortiladi.
Download 437.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling