Tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


Download 436.84 Kb.
bet2/2
Sana19.10.2020
Hajmi436.84 Kb.
#134610
1   2
Bog'liq
2 5240074810830096542


2.2.Dars ishlanma

Darsning mavzusi: Tartib sonlarni hosil qiluvchi qo‘shimchalar.

(323-325-mashqlar)



Darsning maqsadi:

ta’limiy: o‘quvchilarning sanoq va tartib sonlar haqidagi bilimlarini aniqlash; sonlarning ajratib yozilishini o‘rgatish; FK1: son va ularning yozuvda ifodalanishini, sanoq va tartib sonlarni, ularning otga bog‘lanishini biladi;



tarbiyaviy: o‘quvchilarda kattalarga hurmat, o‘zaro yordam berish tuyg`ularini tarbiyalash; TK3 kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarida o‘zini tuta bilish.

rivojlantiruvchi: so‘z boyligini oshirish. FK2: mavzuga oid yangi so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi; yozma nutqda tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi. TK2: turli manbalardan kerakli ma’lumotlarni izlab topish hamda undan foydalana olish;

Darsning turi: yangi bilim beruvchi dars.

Darsning metodi: suhbat, kichik guruhlarda ishlash,“Kim ko‘p maqol biladi?” “Do‘konda” ta’limiy o‘yini.

Darsning jihozi: multimedia ilovasi,mavzuga mos rasmlar, raqamlar yozilgan tarqatmalar.

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism.

-Salom shirintoylarim,yulduzlarim oylarim,

Latofatga boylarim, ham sho’x quvnoqlarim.

Tinglab mening so’zlarim,olgan siz saboqlarim,

O’ylab puxta javob bering,hozir qay dars aytib bering.

O‘quvchi: Hozir Ona tili darsi

Darsimiz shiori:

-Bilim ol, hunar tanla!

-Bilim olib, hunarli bo`lishimiz uchun eng kerakli boyligimiz bu_____

-Sog`ligimiz.

O’qituvchi: Sizlar qanday bolalarsiz?

Hamma:Bizlar– buyuk yurt osmonida go’zal kamalak

Barkamol avlod bo’lmoq –eng ezgu tilak.

Davomatni aniqlash

Qani,ayting bolalar,

Kim navbatchi bo’ladi?

Ushbu kunning hisobin

Menga aytib beradi.


O’qituvchi:

-Bugun oddiy dars emas,

Balki sinov darsidir.

O’tib olsak sinovdan,

Bu hammadan yaxshidir.
O‘quvchilarni darsga hozirlash.

-Hamma sog` omonmi?

-Ha.

- Juda yaxshi demak darsda hamma bor.

Siyosiy daqiqa (Aqliy hujum)

O’qituvchi: Aziz o’quvchilar, biz qanday diyorda yashayapmiz!

Javoblari: - Biz mustaqil O’zbekiston diyorida yashayapmiz.

Biz jannatmakon, hur o’zbek diyori O’zbekistonda yashayapmiz.



II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.

Uyga vazifasini tekshirish. 322-mashqning sharti o‘quvchilarga o‘qitiladi.

Mashqning bajarilish tartibi o‘qituvchi tomonidan tekshirib chiqiladi.

Son-so‘z turkumini mustahkamlash maqsadida savol-javob daqiqasi o‘tkaziladi va umumlashtiriladi.



Harakatlar strategiyasi ramziy shakllari doska yoniga partaga qo’yib qo’yiladi. Savollarga birinchi bo’lib bajargan besh nafar o’quvchi o’quvchi ramziy shakllarni ilib qo’yadilar



  1. Sonlar qanday so‘roqlarga javob bo‘ladi?

  2. -Sonlar gapda qanday vazifani bajaradi?

  3. -Sonlar necha xil ifodalanadi?

  4. -Qanday raqamlar dastlab paydo bo‘lgan?

  5. -Arab raqamlari rim raqamlardan nimasiga ko‘ra afzaldir?

Husnixat daqiqasi:

Katta-kichik besh o‘rtoq,

To‘plansa bo‘lar to‘qmoq. (Barmoqlar)
III.Yangi mavzu bayoni.

323-mashq asosida o‘qituvchi yangi mavzuni o‘quvchilarga tushuntiradi.

O‘qituvchi o‘quvchilarni 4 guruhga bo‘ladi va maqollar yozilgan tarqatmani stol ustiga teskari qo‘yadi. Guruh sardorlari bittadan tarqatmani olib, maqolning ma’nosini sharhlab beradi. Guruhdagi o‘quvchilar sardorga yordam berishlari mumkin.

1-guruh: So‘zdan so‘zning farqi bor, 32 narxi bor.

2-guruh: 1 yil tut ekkan kishi 100 yil gavhar teradi.

3-guruh: Tovuq 7 xazinaning biri.

4-guruh: yeridan ayrilgan 7 yil yig‘lar, elidan ayrilgan o‘lguncha yig‘lar.

Maqolni eng yaxshi sharhlab bergan guruh g‘olib hisoblanadi va taqdirlanadi.

O‘quvchilar maqollarni ko‘chirib yozadilar. Raqamlarni harfiy ifoda bilan yozadilar. Maqolda uchragan sonlarga savollar beriladi, bu sonlar sanoq son ekanligi tushuntiriladi.( Necha yil? 1 yil, 100 yil,


1-topshiriq.

Trenajyormashqidan foydalanib, o‘quvchilarchiziqchalar o‘rniga mazmunga mos raqamlarni qo‘yib maqollarni o‘qiydilar va daftarlariga husnixat asosida yozadilar.



Kim ko‘p maqol biladi?” ta’limiy o‘yini;

Bu ta’limiy o‘yinda o‘qituvchi doskaga 7, 8, 1, 100 kabi sonlarni yozib qo‘yadi. O‘quvchilar shu sonlar qatnashgan maqollar topadilar. Ko‘p maqol topgan o‘quvchi “Sinfimiz faxri” nominatsiyasi bilan taqdirlanadi.



IV.Yangi mavzuni mustahkamlash.

2-topshiriq.

324-mashqda tasvirlangan rasm ekranda namoyish etiladi.

O‘quvchilar rasmnidiqqat bilan kuzatadilar. Rasm asosida o‘rtoqlari bilan suhbatlashadilar. O‘qituvchi ularga nutqingizda mahsulotlarning narxi va miqdorini bildiruvchi so‘zlarni qo‘llash mumkinlagini aytadi.


Do‘konda” ta’limiy o‘yini

O‘quvchilardan biri sotuvchi, ikkinchisi xaridor bo‘lib sahna ko‘rinishi namoyish qilishadi.

Sahna quyidagicha bo‘lishi mumkin:
Assalomu alaykum. Ikkita ruchkangiz va to‘rtta daftaringiz necha so‘m bo‘ladi?

-Bitta ruchka 250 so‘m va bitta daftar 450 so‘m turadi.

-Hammasiga necha so‘m to‘layman?

-Hammasiga 1400 so‘m berasiz.

Topshiriq: Tuzgan hikoyangizdan sonni topib, harfiy ifoda bilan yozing.

V. Darsga yakun yasash va baholash.

Dars yakunlanadi va oʻquvchilar bilimi baholanib, ballar izohlanadi.



VI. Uyga vazifa..

325-mashq. O’quvchilar uyda topishmoqning javobini topadilar va o‘zi bog‘langan ot bilan birga ko‘chiradilar.



III.Bob Xulosa va tavsiyalar

Umumiy o’rta ta’lim bilimlarning zarur hajmini (boshlang’ich ta’limda o’qish, yozish, hisoblash, hikoya qilish, rasm chizish, ko’nikmalarini bajarishga o’rgatish bilan umumiy ta’limda o’qishga tayyorlaydi), mustaqil fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko’nikmalarini rivojlantiradi, dastabki tarzda kasbga yo’naltirishda va talimning navbatdagi o’rta maxsus, kasb-hunar bosqichini tanlashga yordam beradi.

Bolalarning qobiliyatini rivojlanitrish uchun ixtisoslashtirlgan maktablar tashkil etilishi mumkin. Masalan: sport, san’at, musiqa va boshqa fanlar bo’yicha ham maktablar tashkil etilish mumkin.

Har bir o‘quvchining qobiliyatiga o‘zlashtirish darajasiga qarab ta‘lim maqsadi va metodikasi belgilanadi.

Xulosa qilib, pedagogik jarayonning tarkibiy qismlaridan biri aniq bajarishi mumkin bo‘lgan, kafolatli natijaga erishish maqsadi, texnologiyasidir deyish mumkin. Pedagogik texnologiya faqat ta‘lim mazmunini ifodalovchi maqsad emas, balki didaktik tizimni ham ko‘zda tutadi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR :

1. I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” Toshkent

“Ma’naviyat” 2008 yil


  1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi «Umumiy o'rta va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limining davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to'g'risida»gi 187-sonli qarori. https://lex.uz




  1. Axmedov M., Abduraxmonova N.Jumayev M.E. Birinchi sinf matematika darsligi. -T.: Turon-iqbol 2017 yil




  1. MavlyanovA.va boshqalar. Dars jarayonida interfaol usullardan foydalanish‖ -T.: 2008 yil.



  1. SayidahmedovN. Noan‘anaviydars. Yangi pedagogik texnologiyalar.-T.:

Moliya, 2013yil

6. N.U.Bikbayeva, E.Yangabayeva, K.M.Girfanova

7. 4-sinf matematika darsligi “O‘qituvchi” nashriyoti Toshkent — 2017

X.G‘ulomova, SH.Yo‘ldosheva, D.Shodmonqulova

8. 4-sinf ona tili darsligi “O‘qituvchi” nashriyoti Toshkent — 2017

9. Internet saytlari.



www.eduportal.uz

www.uzedu.uz
Download 436.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling