Tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi toshkent axborot texnologiyalari universiteti


Dasturiy ta’minotning testlash jarayoni modeli


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/59
Sana03.08.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1664897
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   59
Bog'liq
4ef7b1824881c65919d6a3cb19ba676c

 
Dasturiy ta’minotning testlash jarayoni modeli 
 
Odatda tijorat dasturiy ta’minot tizimi quyidagi uchta testlash bosqichidan 
o’tishi kerak: 
1. Development testing, tizim ishlab chiqarilayotgan paytda testlanadi. Tizim 
dizaynerlari va dasturchilari tomonidan testlanadi. 


IV. AMALIY MASHG’ULOT MATERIALLARI 
97 
2. Release testing, tizim foydalanuvchilarga taqdim etilishidan oldin to’liq tizim 
testlovchi guruh tomonidan testlanadi. 
3. User testing, foydalanuvchilar o’zining muhitida tizimni testlaydi.
Amaliyotda testlash ikki usul - avtomatik va qo’lda tekshirishning birgalikda 
qo’llanishi orqali amalga oshiriladi. Qo’lda tekshirish jarayonida testlovchilar 
dasturni bir necha testlovchi ma’lumotlarni kiritgan holda ishga tushirib hosil 
bo’lgan natijalarni kutilgan natijalar bilan solishtiradi. Ular testlash jarayoni 
mobaynida vujudga kelgan farqlar va xatolarni yozib olib dasturiy ta’minotni ishlab 
chiqaruvchiga yetkazadilar. Avtomatik testlash jarayoni esa dasturiy ta’minotni 
ishlab chiqish davomida bir necha marta ma’lum bir testlovchi tizim tomonidan 
amalga oshirilib boriladi. Teslashning avtomatik uslubi qo’lda olib boriladigan 
testlashdan tezroq va unumliroqdir, ayniqsa, testlash natijasida vujudga kelgan 
xatoliklarni tuzatishdan hosil bo’lishi mumkin bo’lgan yangi nosozliklarni tekshirish 
kerak bo’lganda, ya’ni qayta teslash jarayonida avtomatik testlash usuli foydaliroq 
hisoblanadi.
Endi tijorat dasturiy ta’minotlarining testlash bosqichlariga batafsil to’xtalib 
o’tamiz: 
I. 
Ishlab chiqarishdagi testlash (Development testing). 
 Ishlab chiqarishdagi testlash dasturiy ta’minotni ishlab chiqaruvchilari 
tomonidan shu jarayonda olib boriladigan barcha testlarni o’z ichifa oladi. 
Odatda testlovchi dasturiy ta’minotni ishlab chiqarishda ishtirok etgan 
dasturchi hisoblanadi. Lekin ba’zan dasturiy ta’minotni ishlab chiqaruvchi 
jamoa alohida testlovchi va dasturchilardan ham tashkil topgan bo’lishi 
mumkin.
Ishlab chiqarishdagi testlash, odatda quyidagi 3 bosqichni o’z ichiga oladi: 
1. Unit testing – dasturiy ta’minotning alohida olingan bo’limlari(sinflar, 
usullar)ni testlash. 


IV. AMALIY MASHG’ULOT MATERIALLARI 
98 
 
Misol tariqasida ob-havoni aniqlovchi stansiya uchun dasturiy ta’minot ishlab 
chiqarilayotgan bo’lsa unit testing da uning yuqorida ko’rsatilgan ma’lum bir 
usullarini tekshirish yetarlidir. 
2. Component testing – ma’lum bir umumiy vazifani bajaruvchi bir nechta 
bo’limlardan tashkil topgan biror bir komponentani testlash 
 
 
 
 
 
 
 
 
Bunda bitta koponentani tashkil qilgan A, B va C bo’limlar umumlashtirilgan 
holda testlanadi.
3. System testing – ba’zi yoki barcha komonentalarni o’z ichiga olgan butun bir 
tizimni yaxlit holda testlash jarayoni. Bunda testlash butun bir tizimga 
qaratilgan bo’ladi.  
 


IV. AMALIY MASHG’ULOT MATERIALLARI 
99 
O’z nomi bilan ma’lumki bunda barcha komponentalarni o’z ichiga olgan 
butun bir tizim yakuniy bosqichda teslanadi.
Testlashning ishlab chiqarish jarayonidagi bosqichi (development testing) 
testlarning professional dasturchilar tomonidan amalga oshirilganligi bilan muhim 
va aniqdir. 

Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling