Tayyorlov guruh bolalalriga arifmetik masalalarni yechishni o’rgatish reja: Kirish
Pedagogik psixologik adabiyotlarda maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarini rivojlantirish masalalari
Download 424.77 Kb.
|
Tayyorlov guruh bolalalriga arifmetik masalalarni yechishni o’rgatish
1.2. Pedagogik psixologik adabiyotlarda maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarini rivojlantirish masalalari
Maktabgacha yoshdagi bolalarni matematika elementlariga o‘rgatish to‘g‘risida.Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda va boshlangʻich maktab yoshida elementar matematika tasavvurlarini taraqqiy ettirish muammolari ustida ilmiy ishlar olib borgan pedagoglardan: Y.N.Tixeevaning sistema va qarashlarini tanqid qildi. Bolalarni aqliy tomondan tarbiyalashda boshlangʻich matematik tushunchaga katta ahamiyat beradi. Y.N.Tixeeva «bola bilimni hayotdan olishi kerak, hayotning oʻzi har qadamda bolaning oldiga amaliy vazifalarni qoʻyadi, ya'ni oʻlchash, sanash, ayirishlar. Har bir normal bola kattalarning yordamisiz 10 gacha sanashni bilib oladi‖, deydi. Ayniqsa birinchi oʻnlik sonlarni bilib olishga katta ahamiyat beradi. U bolani sanashga oʻrgatishda majbur qilmaslik kerak, faqat unga koʻrgazmali, didaktik material berish kerak deydi. Maxsus material bilan birgalikda tabiiy materiallar tashlandiq materiallar berish kerak, deydi. Y.N.Tixeeva birinchi boʻlib matematik tasavvurlarga oʻrgatish programmasini tuzishga urinib koʻradi. Son- sanoqqa oʻrgatishda oʻn ichida sanash, bir va koʻp tushunchasidan boshlab raqamlar bilan tanishtirishning soat bilan tanish masalalar yechish, kasrlar bilan tanishtirishni kattalik va shakllar bilan tanishtirishni koʻzda tutadi. Y.N.Tixeeva sanamasdan sonlarni bir koʻrishda ilib olish metodini tavsiya etadi, ya'ni monografik metod asosida. 1915 yilda Y.N.Tixeeva ―Bogʻchada son-sanoq‖ kitobini yozadi. Uning qarashlari bir-biriga ziddir. Nazariyada bolalarning taraqqiyotiga aralashmaslik kerak desa, amalda esa tarbiyachining oʻyin va mashqlarida rahbarlik rollarini qoʻllab-quvvatlaydi. Son haqidagi tushuncha tugʻma deb, bolalarni maxsus mashgʻulotlarda sanashga oʻrgatishga yoʻl qoʻymaslik kerak, deydi. Shuning uchun son-sanoq metodikasini ishlab chiqmaydi, balki son-sanoqqa oʻrgatish programmasini belgilab chiqadi. Y.N.Tixeeva didaktik va hayotiy materiallarning rolini koʻrsatdi, uni oʻrgatishda ketma-ketlik, sistemalilik, takroriylik prinsipiga amal qilishni koʻrsatdi. Y.N. Tixeevaning kamchiligi u oʻrgatishda asosiy metod faqat didaktik oʻyin metodi deb hisoblaydi. Lekin Y.I. Tixeevaning didaktik oʻyinlari va didaktik materiallaridan foydalanish mumkin. F.N.Blexer koʻp yillar bolalarda matematik tasavvurlarni oʻstirish masalalari ustida ishladi. U quyidagi kitoblarni yozdi: «Bolalar bogʻchasi va tayyorlov guruhida matematika», «Didaktik oʻyinlar», «Birinchi sinfda qiziqarli oʻyinlar va mashqlar», 1932, 1934, 1938, 1945, 1958 yillardagi tarbiya dasturlarining matematikaga oʻrgatish boʻlimini ishlab chiqdi. F.N.Blexer bolalarni sanashga oʻrgatish kerak emas, sharoit yaratish kerak deydi. U maxsus mashgʻulotlarni inkor etadi. Faqat tayyorlov guruhlardagina mashgʻulot oʻtkazish kerak, deydi. U koʻproq yakkama- yakka yoʻl-yoʻlakay oʻrgatishni ma'qullaydi. Bu bilan u Y.N. Tixeeva va L.K.Shlegerlarning fikrini quvvatlaydi. F.N.Blexer didaktik oʻyinlarga katta ahamiyat beradi. U juda qiziqarli didaktik oʻyinlarni ishlab chiqdi. Didaktik oʻyin bu oʻrgatishning eng asosiy metodi deydi. ―Didaktik oʻyinlar‖ kitobida tarbiyachilarning ish tajribalaridan foydalanadi, lekin ilmiy asoslanmaydi. Chunki biz bilamizki bolalarni faqat maxsus mashgʻulotlardagina oʻrgatish mumkin. Didaktik oʻyin esa asosiy metodlardan faqat bittasidir. Lekin u birdan bir metod boʻla olmaydi. U boshqa metodlar bilan birgalikda qoʻllaniladi. Shunday qilib, F.N. Blexer 30-40 yillar ichida bogʻcha ishiga katta hissa qoʻshdi. Lekin hayot bir joyda turmaydi, oxirgi 50-60 yillar davomidagi ilmiy ishlarning natijalari bolalar bogʻchasida elementar matematika tasavvurlarini ishini ilmiy asosda olib borish imkonini berdi. Hozirgi vaqtda F.N.Blixerning didaktik oʻyinlaridan qisman foydalanish mumkin. A.M.Leushina oʻzining butun hayotiy faoliyati davrida maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga sanoqni oʻrgatish masalalari boʻyicha ish olib bordi, Leushinaning pedagogik ishlari: ―Bolalarni bogʻchada sanashga oʻrgatishga tayyorlash‖ 1959-1961 yillardan boshlab bosilib chiqdi. «Bolalar bogʻchasida sanoq mashgʻuloti» kitobi 1963 yilda bosilib chiqdi. Juda koʻp maqolalari «Doshkolnaya vospitaniya» jurnalida bosilib chiqdi. Pedagogika institutlari uchun «Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarning maktabgacha ta‘limda elementar matematik tasavvurlarini shakllantirish‖ kitobi bosilib chiqdi. A.M. Leushina tomonidan 1962-63 yillardagi dastur ham ishlab chiqarilgan. A.M. Leushina bolalarning elementar matematik tasavvurlarini oʻstirish boʻlimining muallifi hisoblanadi. A.M. Leushina oʻzining keyingi 20-30 yillik faoliyatida bolalarni sanoqqa oʻrgatish masalalari boʻyicha ish olib bordi. U bolalarning matematik tasavvurlarni oʻstirish boʻyicha ish olib borayotgan pedagoglar va shu kafedra olimlariga rahbarlik qildi. A.M. Leushina oʻzining ishlari asosida ilmiy tekshirish eksperemental ishlari shu mavzudagi psixologlarning tekshirishi, bolalarni yaxshi tarbiyalash ilmiy tekshirishlar, bolalarni maktabga tayyorlashda yordam beradi. A.M.Leushina ishlarining asosiy tanqidi bularni oʻzining metodida isbotlaydi. Bundan 30-40 yil oldin psixolog va pedagoglarimiz elementar matematikaning vaqt, tevarak-atrof, shakl boʻlimlari ustida ishlash imkoniyatiga ega boʻldilar. Bu albatta juda ham kech edi. 1969-70 yillardagi dasturga birinchi boʻlib matematik tasavvurlarning boshqa boʻlimlari ya'ni vaqt, tevarak atrof, kattalik, shakl boʻlimlari kiritildi. A.M.Leushina sanoq boʻlimi boʻyicha ikkinchi kichik gruppadan boshlab haftada 1 marta maktabga tayyorlov gruppada, haftasiga 2 marta maxsus mashgʻulotlar oʻtkazishni taklif qildi. Uning taklifiga binoan bunday mashgʻulotlar 1970 yildan boshlab oʻtila boshladi. Uning xizmatlari evaziga pedagogika institutlari va pedagogika bilim yurtlarida matematika kurslari uzaytirilgan. U oxirgi 20-30 yillar davomida bolalarni sanoqqa oʻrgatish masalasi boʻyicha ish olib borgani uchun matematik tasavvurlarining boshqa masalalari boʻyicha ish olib borolmaydi. Lekin shunga qaramay 1968 yilda bolalar bogʻchasi tarbiya programmasining sanoq boʻlimi u tomonidan ishlab chiqildi. A.M.Leushinaning 1963 yilda chiqqan «Bolalar bogʻchasida sanoq boʻyicha mashgʻulotlar» asari bolalar bogʻchasining oʻzida oʻtkazilgan ilmiy tadqiqot ishlari qoʻlyozma boʻyicha yozilgan. Olimlar va psixologlar elementar matematika boʻyicha bir qancha ishlar olib bormoqdalar. A.M.Leushina bolalarni son-sanoqqa oʻrgatishni ilmiy metodga asoslab yangidan tuzdi. Sanoqqa oʻrgatish aqliy vazifalar asosida tuzildi. Bosqichma-bosqich koʻpliklar bilan tanishtirish, sonlar bilan tanishtirish, miqdor son, tartib son, sonlarni birliklardan iborat tarkibiy miqdori bilan tanishtirish, 5 ni 2 kichik songa ajratish, kichik sondan 5 sonini hosil qilishga oʻrgatish, sonlar oʻrtasidagi munosabatlarni tushunish arifmetik masalalar yechish, ikki toʻplamni taqqoslash, ular oʻrtasidagi tenglik va notenglikni aniqlashga oʻrgatish oʻrganilgan. A.M.Leushinaning xizmatlari yana shundaki, u analizator yordamida sanashga oʻrgatishning xilma-xil mashqlarini ishlab chiqdi. 50-90 yillarda O‘zbekistondagi bolalar bog‘chalarida elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishga o‘rgatish metodikasi masalalari.50-90 yillarda Oʻzbekistondagi bolalar bogʻchalari elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi asoslari rivojlanishi boʻyicha koʻpgina pedagoglar ish olib bordilar. Jumladan: Bikbaeva H.U. 1973- yildan boshlab, Rossiyalik pedagoglar, Leushina A.M., Stolyar A.A., Metlina L. S larning ishlarini koʻrib chiqib, ularning hammasi bizning Oʻzbekiston bolalar bogʻchalariga toʻgʻri kelmasligini isbotlaydi va yangi dastur yaratdi. Metodistlar Qosimova X.I., Ibroximova Z.I lar bilan birgalikda 1995- yili «Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish» mavzusida oʻrta va oliy pedagogika bilim yurtlari uchun oʻquv qoʻllanma tayyorladilar. Respublikadagi pedagogika oʻquv yurtlari uchun Bikbaeva N.U. Qosimova X.I. bilan birgalikda «Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish asoslari va metodikasi» kursi boʻyicha dastur tayyorladi. Bolalar bogʻchalarning turli yosh guruhlari uchun qoʻllanma tayyorlangan. Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik taasavvurlarni shakllantirishda pedagogikadagi asosiy prinsplaridan foydalanamiz. Ular quyidagilardan iborat. Download 424.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling