Mavzu: ishlab chiqarish va ro’zgorshunoslik asoslari bo’limini interfaol metodlardan foydalanib, O’[qitish metodikasini ishlab chiqarish (9-sinflar servis xizmati yunalishi misolida) mundarija
Download 0.99 Mb.
|
MAVZU: ISHLAB CHIQARISH VA RO’ZGORSHUNOSLIK ASOSLARI BO’LIMINI INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANIB, O’[QITISH METODIKASINI ISHLAB CHIQARISH (9-SINFLAR SERVIS XIZMATI YUNALISHI MISOLIDA) MUNDARIJA. Kirish. ……………………………………………………………………………2-4 I-BOB. Ishlab chiqorish va ro’zg’orshunoslik asoslari bo’limining nazariy asoslari 1.1. Texnika va uning zamonaviy ishlab chiqarishdagi roli……………………5-6 1.2 Ishlab chiqarishda fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish omillari va istiqbollari. zamonaviy texnologiyalar va yangi materiallar …………………7-11 1.3 Interfaol metodlarning ta’lim jarayonida qo’llanilishi metodlar nazariyasi…………………………….………………………………………12-13 II-BOB Ishlab chiqarish varo’zgorshunoslik asoslaribo’limini interfaol metodlardan foydalanib, o’qitish metodikasi 2.1 Pover point dasturi haqida ma’lumot ………………………………….14-18 2.2 Ishlab chiqarish va ro’zg’orshunoslik asoslari bo’limini interfaol metodlardan foydalanib, o’qitish metodikasini ishlab chiqarish texnologik xaritasi va modulini ishlab ishlb chiqish. ………………………………… ..……………………19-21 2.3 Ishlab chiqarish va ro’zg’orshunoslik asoslari bo’limini interfaol metodlardan foydalanib, o’qitish metodikasini ishlab chiqarish bo’yicha baholash mezonlarini ishlab chiqish. …………………………………………………………………22-25 Xulosa……………………………………………………………………………26 Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………………………27-28 KIRISH Kurs ishining dolzarbligi: Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev “Yoshlarimiz haqli ravishda Vatanimizning kelajagi uchun javobgarlikni olishga qodir bo‘lgan, bugungi va ertangi kunimizning hal etuvchi kuchiga aylanib borayotgani barchamizga g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi. Bu sohada olib borayotgan keng miqyosli ishlarimizni, xususan, ta’lim-tarbiya bo‘yicha qabul qilingan umummilliy dasturlarimizni mantiqiy yakuniga yetkazishimiz zarur ” – deb ta’kidlagan edilar. О‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida bо‘layotgan о‘zgarishlar davlatimizning istiqbolini ta’minlovchi asosiy omillardan biri sifatida jahon ommasi tomonidan e’tirof etilmoqda. О‘z navbatida “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qimmati unda har bir shaxsni jamiyat ehtiyojiga javob beruvchi kasb egasi qilib tarbiyalashga asosiy e’tibor qaratilganligi bilan belgilanadi. Ushbu asosda о‘quvchilarni ijodkorlik faoliyatiga tayyorlash ishlarining samarali yо‘lga qо‘yilishi ta’lim islohotlari muvaffaqiyatini ta’minlovchi muhim omil vazifasini о‘taydi. Bugun hech kimga sir emaski, biz yashayotgan XXI asr – intellektual boylik hukmronlik qiladigan asr. Kimki bu haqiqatni o‘z vaqtida anglab olmasa intellektual bilim, intellektual boylikka intilish har qaysi millat va davlat uchun kundalik hayot mazmuniga aylanmasa – bunday davlat jahon taraqqiyoti yo‘lidan chetga qolib ketishi muqarrar. Buni chuqur anglab olgan davlat, bunday xulosani chiqargan, xalqaro hamjamiyat va taraqqiy topgan mamlakatlar qatoriga ko‘tarilish uchun harakat qilayotgan jamiyat, birinchi navbatda, bugun unib - o‘sib kelayotgan farzandlarining har tomonlama barkamol avlod bo‘lib hayotga kirib borishini o‘zi uchun eng ulug‘, kerak bo‘lsa, eng muqaddas maqsad, deb biladi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida texnologiya fani darslarini tashkil etish jarayonida o‘quvchi qizlarning gazlamaga ishlov berish bo‘limini o‘qitishda, ularning bilim va malakalarini shakllantirish dolzarb vazifalardan hisoblanadi. O‘quvchilarning gazlamaga ishlov berish bo‘limini o‘qitishda texnologiya fani fan o‘qituvchisi ta’lim samaradorligini takomillashtirib borishi zarur. Bugungi kunda o‘quvchilarning bilimlarini shakllantirishda faol metodlarga asoslanib o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish talab qilinadi. O‘quvchilarga politexnik ta’lim berish orqali hozirgi sanoat ishlab chiqarishiga xos texnik, texnologik-konstruktorlik va ishlab chiqarish faoliyatlarining asoslarini egallanishiga erishiladi. O‘quvchilarning bilimlarini oshirish va jahon talabidagi dunyoviy ta’limlarni olishlari uchun mamlakatimizda bir qator shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Ularni yoshligidanoq Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash esa albatta biz bo‘lajak o‘qituvchilarning vazifasi bo‘lib hisoblanadi. Ta`lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish, e`tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda, bunday bo‘lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an`anaviy ta`limda o‘quvchilarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalarda esa, ularni egallayotgan bilimlarni o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni o‘zlari keltirib chiqarishlariga o‘rgatadi. Pedagog bu jarayonga shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olish va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Pedagogik texnologiyaning eng asosiy negizi - bu o‘qituvchi va o‘quvchining belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijada hamkorlikda erishishlari uchun tanlangan texnologiyalariga boliq deb hisoblaymiz, ya`ni o‘qitish jarayonida, maqsad bo‘yicha kafolatlangan natijaga erishishda qo‘llaniladigan har bir ta`lim texnologiyasi o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil eta olsa, har ikkalasi ijobiy natijaga erisha olsa, o‘quv jarayonida o‘quvchilar mustaqil fikrlay olsalar, ijodiy ishlay olsalar, izlansalar, tahlil eta olsalar, o‘zlari hulosa qila olsalar, o‘zlariga, guruhga va ularga baho bera olsa, o‘qituvchi esa ularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit yarata olsa, ana shu, o‘qitish jarayonining asosi hisoblanadi. Har bir dars, mavzu o‘quv fanining o‘ziga xos texnologiyasi bor, ya`ni o‘quv jarayonidagi pedagogik texnologiya - bu yakka tartibdagi jarayon bo‘lib, u o‘quvchining ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo‘naltirilgan, oldindan loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogik jarayon. O‘qituvchi va o‘quvchining maqsadi bo‘yicha natijaga erishishida qanday texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi aniq natijaga erishishga qaratilgan, bunda o‘quvchilarning bilim saviyasi, guruh xarakteri, sharoitga qarab ishlatilgan texnologiya tanlanadi. O‘qitish jarayonida tarbiyalanuvchilarga shaxs sifatida qaralishi, turli pedagogik texnologiyalar hamda zamonaviy metodlarni qo‘llanilishi ularni mustaqil, erkin fikrlashga, izlanishga, har bir masalaga ijodiy yondoshish, mas`uliyatni sezish, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, tahlil qilish, ilmiy adabiyotlardan unumli foydalanishga, eng asosiysi, o‘qishga, fanga, pedagogga o‘zi tanlangan kasbiga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytiradi. Bunday natijaga erishish amaliyotda o‘quv jarayonida innovatsion va axborot texnologiyalarni qo‘llashni taqozo etadi. Yuqoridagilarni nazarda tutgan holda, bitiruv malakaviy ish mavzusini “9-sinf mehnat darslarida faol o‘qitish metodlardan foydalanish” deb nomladik. Kurs ishining maqsadi: 9-sinf o‘quvchilariga kiyim haqida umumiy tushuncha, tikiladigan kiyim uchun gazlama tanlash mavzusini faol o‘qitish metodlarini qo‘llash metodikasini ishlab chiqish. Kurs ishining vazifalari: - umumiy o‘rta ta`lim maktablarida texnologiya fani va gazlamaga ishlov berish bo‘yicha mashg‘ulotlarni tashkil etish holatini tahlil etish; - 9-sinf o‘quvchilarining texnologiya fani darslari jarayonida faol o‘qitish metodlaridan foydalanish; - umumiy o‘rta ta`lim maktablarida 9-sinf o‘quvchilariga kiyim haqida umumiy tushuncha, tikiladigan kiyim uchun gazlama tanlash o‘quv jarayonida faol o‘qitish metodlarini qo‘llash metodikasini ishlab chiqish. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling