Mavzu: ishlab chiqarish va ro’zgorshunoslik asoslari bo’limini interfaol metodlardan foydalanib, O’[qitish metodikasini ishlab chiqarish (9-sinflar servis xizmati yunalishi misolida) mundarija


ISHLAB CHIQARISHDA FAN-TEXNIKA TARAQQIYOTINI JADALLASHTIRISH OMILLARI VA ISTIQBOLLARI


Download 0.99 Mb.
bet3/7
Sana26.02.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1232743
1   2   3   4   5   6   7
1.2 ISHLAB CHIQARISHDA FAN-TEXNIKA TARAQQIYOTINI JADALLASHTIRISH OMILLARI VA ISTIQBOLLARI.
ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR VA YANGI MATERIALLAR
Fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirishning asosiy yo‘nalishlari.
Zamonaviy fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini egallash, ishlab chiqarish-ning fan yutuqlari va mehnat ko‘p sarflanadigan tarmoqlarini jadal rivojlan-tirish muhim ahamiyatga ega. Mashinasozlik, radioelektronika, asbobsozlik korxonalarini tubdan yangilash va yangilarini qurish hamda chiqarilayot-gan mahsulotlarni yangilash vazifasi bugungi kunda dolzarb masalalardan biridir.
Fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish, barcha ilg‘or yangiliklarni tez va keng miqyosda o‘zlashtirish, ishlab chiqarish kuchlarini sifat jihatdan yangi-lash hozirda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shunga ko‘ra respublikamizda fan-texnika taraqqiyotining barcha sohalarini kompleks avtomatlashtirish,
ishlab chiqarish texnologiyasi va yangi materiallar tayyorlashni rivojlantirish ko‘zda tutilmoqda.
Yangi texnologiyalar, masalan, plazma, lazer, impuls, radiatsiya, quyosh energiyasidan foydalanish, nanotexnologiya va boshqalar sanoatda sezilarli o‘ringa ega. Ulardan ko‘zlangan maqsad mehnat unumdorligini oshirish, resurslardan foydalanish samaradorligini yuksaltirish, ishlab chiqarishda energiya va material sarfini kamaytirishdir. Qishloq xo‘jaligida, xususan, dehqonchilik va chorvachilikda ham sanoatlashgan, intensiv texnologiyaga o‘tish, biotexnologiya usullarini qo‘llash amalga oshirilmoqda.
Xo‘jalik faoliyatining turli sohalarida, avvalo, asbob-anjomlarni, texno-logik jarayonlarni loyihalashtirish va boshqarishda avtomatlashtirilgan ti-zimlarni joriy etish kerakli mahsulotni tayyorlashga tez va isrofgarchiliksiz moslashadigan jamlangan-avtomatlashgan ishlab chiqarishni barpo qilish, yuksak samarali texnikaning yangi avlodlarini yaratish va joriy etishni ja-dallashtirish, mashina tizimlarini hamda texnologik asbob-uskunalar jamlan-malarini ishlab chiqarishga o‘tish vazifasi qo‘yilmoqda.
Xalq xo‘jaligini kompyuterlashtirish keng tus olib borayotgani sababli ishlab chiqarishning barcha sohalarini yanada mukammal hisoblash texnika vositalari bilan ta’minlash zarur. Bu tadbir iqtisod va boshqarishning axbo-rot-texnik bazasini tubdan qayta qurishni amalga oshirish imkonini beradi.
Fan-texnika taraqqiyotining yo‘nalishlaridan biri oldindan belgilangan xossalarga, ayniqsa, ilg‘or konstruksion xossalarga ega bo‘lgan, jumladan, sintetik, kompozitsion, o‘ta toza va boshqa materiallar yaratishdir. Ularni ishlab chiqarishga joriy etish metallar va qotishmalarni, qimmatli tabiiy materiallarni tejash imkonini beradi.
Energiyani tejashga, uning yangi manbalaridan foydalanishga ham katta ahamiyat berilmoqda. Quyosh energiyasi, shamol energiyasi va boshqa mu-qobil energiya manbalaridan foydalanishni keng rivojlantirish mamlakatimiz energetika sanoatini sifat jihatdan yangi asosda qayta qurish va organik yoqilg‘ining o‘ta kamyob turlari sarflanishini kamaytirishga olib keladi.
Yuqori turdagi sifatli sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish, texnikaning ishonchliligini oshirish va ekspluatatsiya muddatlarini uzaytirish mo‘ljallanmoqda. Shu maqsadda sifatni boshqarishning jamlangan tizimi joriy etilyapti. So‘nggi vaqtlarda fan-texnikaning istiqbolli yutuqlari asosida
detallar, qismlar va texnologiyalarni tarmoqlar hamda tarmoqlararo umum-lashtirish amalga oshirilmoqda.
Fan-texnika taraqqiyotining yuqorida ko‘rib chiqilgan va boshqa barcha turdagi yo‘nalishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish fanning ishlab chi-qarish bilan yuqori darajada yaqinlashuviga, «Ilmiy g‘oya – ishlab chi-qish – joriy etish» jarayonining tezlashuviga yordam beradi. Shunga ko‘ra, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalarining tarmoqlari rivojlantirilmoqda, tar-moqlararo ilmiy-texnik jamlanmalar, ya’ni fan bilan ishlab chiqarishni bir-lashtirishning yangi shakli paydo bo‘lmoqda.
Jamiyatning ijtimoiy rivojlanishi, moddiy ishlab chiqarish sohasining tako-millashib, murakkablashib borishi, fan-texnika taraqqiyoti omili rolining oshib borishi nomoddiy ne’matlarga bo‘lgan talabning ko‘payishiga olib keldi.
Fan-texnika taraqqiyotini rivojlantirishda, ko‘p mehnat va ilm-fan yutuqlaridan foydalanish talab qilinadigan zamonaviy yangi ishlab chiqarish-larni o‘zlashtirishda tashabbuskor bo‘lish, respublikamizning kelajak yo‘lini to‘g‘ri tanlay bilish lozim. Shuning uchun biz tanlagan bosh yo‘l respub-likamizning barcha tabiiy boyliklarini – paxta, metallar, pilla, gaz, meva-sabzavot va boshqa mahsulotlarni qayta ishlashni ko‘paytirishdan iborat. Bu vazifani fan-texnika yutuqlariga asoslangan sermehnat ishlab chiqarishni, malakali mutaxassis va mehnatkashlarning barcha tabaqa vakillari saviya-sining o‘sishini ta’minlamasdan bajarib bo‘lmaydi. Bu esa, o‘z navbatida, ishga ijodiy, qiziqish bilan yondashish, kam sarflab, eng yuqori natijalarga va mahsulotning sifatli bo‘lishiga erishish uchun intilish xalq farovonligini va mamlakatimiz qudratini oshirishning garovi hisoblanadi.
Yangi materiallar va zamonaviy texnologiyalar. XXI asrda qo‘l-laniladigan texnika qaysi sohalarga, tarmoqlarga yoki ishlab chiqarish kor-xonasiga tegishli bo‘lmasin, ularga kompyuter elementlari kiritilgan. Hozirgi zamon texnikasining asosini mashinalar tashkil etadi. Ular qanday ishni bajarishiga ko‘ra bir-biridan farqlanadi va energetika mashinalari (turbi-na, ichki yonuv dvigateli, elektrodvigatel, elektrogenerator va b.), ishchi mashinalar, shu jumladan, texnologik mashinalar (stanoklar, seyalkalar va b.), transport mashinalari (samolyot, avtomobil, vertolyot, velosiped va b.), axborot mashinalari (oddiy arifmometrdan elektron-hisoblash mashinalari-gacha) deb ataladi. Zamonaviy ishlab chiqarishda ana shu mashinalarning barcha turlaridan foydalaniladi.
Hozirgi texnika uchun oldindan belgilangan xossalarga ega bo‘lgan xil-ma-xil materiallar kerak. Bunday materiallar juda katta yuk yoki issiq va sovuqqa chidamli, muayyan fizik-kimyoviy xossalarga ega bo‘lishi (turli muhitga, haddan tashqari yuqori yoki past elektr o‘tkazuvchanlikka bardosh bera olishi) lozim. Buning zarurligini texnika murakkab sharoitlarida ishla-tilganida yuqori darajada mustahkamligi va ishlash xususiyatini saqlash ke-rakligi bilan izohlash mumkin. Masalan, kosmik kema uchayotganida bosim va vibratsiyaga, haroratning keskin farqlanishiga, quyosh radiatsiyasining ta’siri va hokazolarga duch keladi. Demak, bunday apparatlar uchun o‘ta qattiq, issiqqa chidamli materiallar kerak. Aslida esa bunday materiallar tabiatda uchramaydi. Turli kimyoviy elementlarni birlashtiribgina oldindan belgilangan xossalarga ega bo‘lgan yangi materiallarni hosil qilish mumkin.
Yangi materiallar faqat kosmosdagina zarur emas. Sanoatda mebelsozlik va metallsozlikda (11-rasm) stanoklarni ishlatish sharoiti ko‘pincha ana shu texnika tayyorlanadigan material bir necha xossalarga ega bo‘lishini, masa-lan, ham vibratsiyaga chidamli, ham yuqori darajada mustahkam va oson ishlov beriladigan bo‘lishini taqozo etadi. Lekin yangi materiallar yaratish zarurligi faqat murakkab ekspluatatsiya sharoiti bilan bog‘liq emas. Ishlatib kelinayotgan qotishmalarning ayrim tarkibiy materiallari juda qimmat, ular-ning tabiiy zaxiralari cheklangandir.
Yangi materiallar yaratishda ularga ishlov berish imkoniyatlari ham hi-sobga olinadi. Masalan, juda qattiq qotishmalardan yarimtayyor mahsulotni
kesishda ularga nisbatan qattiqroq materialdan yasalgan asbob-uskuna va moslamalar bo‘lishi shart. Yangi materiallar (plastmassalar, sintetik kau-chuklar, sun’iy olmos va hokazolar) tufayli yangi texnologiyalar vujud-ga keladi. Chunonchi, mashinasozlikda sintetik olmoslardan foydalanish detallar prokat qilinganidan so‘ng tokarlik ishlarisiz silliqlash yoki issiqligi-cha silliqlash imkonini berdi. Faqat yangi materiallar emas, balki energiya-ning yangi turlari ham yangi texnologiyalar yaratishga yordam beradi. Bu ji-hatdan lazer, elektron-nur, plazma texnologiyalari alohida e’tiborga loyiqdir.
Kam chiqindili va chiqindisiz, ekologiya talablariga javob beradigan tex-nologiyalarni keng joriy qilish fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirishning muhim yo‘nalishidir. Sizlar metall qirqish stanoklarida ishlayotganingizda anchagina metall qirindiga aylanishini ko‘rgansiz. Ko‘p hollarda dastlab-ki materialning 70–80 foizini chiqindilar tashkil etadi. Xuddi shu sababli, xususan, yog‘ochsozlikda yog‘ochlarni va mashinasozlikda metallarni qir-qish bilan ishlash o‘rniga chiqindisiz va kam chiqindili texnologik usullarni qo‘llash nihoyatda muhim ahamiyatga egadir.
Zamonaviy ishlab chiqarishga yangi materiallarni, ilg‘or texnologik ja-rayonlarni joriy etish, an’anaviy texnologik jarayonlarni jadallashtirish xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning asosiy shartidir.
Ishlab chiqarishni tashkil etish — mehnat jarayonida i.ch. re-surslari va mehnat qurollaridan oqilona foydalanib, belgilangan vazifani bajarish va yuqori samaradorlikka erishishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui. I.ch.t.e. eng maʼqul usullarni, zarur asbob-uskunalarni tanlash, turli i.ch. sohalarining mutanosib va uzluksiz ishlashini taʼminlash, ishlab chikarish grafiginit bu-zilishiga yoʻl qoʻymaslik, korxona va sexlarda i.ch. estetikasi, sanitariyasi, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi talablariga mos keladigan sharoitlarni yaratish va b. da namoyon boʻladi. I.ch.t.e. dan maqsad korxona uchun aj-ratilgan moddiy, moliyaviy va mehnat imkoniyatlaridan mumkin qadar yaxshiroq foydalanish, eng yuqori moliyaviy natijalarga erishishdir.
I.ch.t.e. xalq xoʻjaligi uchun zarur boʻlgan turdagi, sifatdagi, modeldagi mahsulot, buyumlarni yetkazib berishi, i.ch. ning oʻsishi harajatlarning kamaytirishi, mehnat sharoitining yaxshilanishi va xodimlarning madaniy-tex-nik darajasini taʼminlashi zarur. Yangi va ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini tayyorlash ularni moder-nizatsiyalash jarayoni, i.ch. boʻgʻinlarini boshqarish va nazorat ishlari hamI.ch.t.e. ga kiradi. U mahsulot i.ch. ning barcha bosqichlarini qamraydi va barcha xususiy vazifalarni umumlashtirib, umumiy tizim harakterini oladi, pirovardida jamiyat isteʼmolining maksimal qoniqishlarini, yaʼni yetarli i.ch.ni xreil qiladi. I.ch.t.e. ning asosiy talabi jarayonlarining uzluksizligi, i.ch. boʻgʻinlarining mutanosibligi va mahsulot i.ch.ning takroriyligidan iborat. Uzluksizlik mehnat vositalaridan foydalanib vaqtni minimal sarflash hisobiga i.ch. ning barcha bosqichlaridan mehnat predmetlarining toʻxtovsiz oʻtishida aks etadi. Mutanosiblik i.ch. kuv-vatlaridan toʻliq foydalanish imko-niyatni beruvchi uchastkalarning oʻzaro moslashuv xususiyati. Takroriylik muayyan vaqt birligi ichida bir xil ish hajmini bajarish va bir xil mahsulot i.ch. ni uzluksiz tashkil etishdir. I.ch.t.e. ning muhim kurinishlari ixtisoslashtirish, konsentratsiyalash va kombinatsiyalashdir.
I.ch.t.e. ning tarkibiy tuzilishiga koʻra, funksional (konsentratsiya, ixtisoslashtirish, kooperatsiyalash va i.ch.ni kombinatsiyalash orqali yangi i.ch. tizimlarni yaratish yoki eskilarni takomillashtirish), makon (sexlar, i.ch. uchastkalari, korxona, birlashma, hududiy i.ch. majmualari darajasida I.ch.t.e.) va vaqtga koʻra (xom ashyodan tayyor mahsulotgacha boʻlgan texnologik jarayonlarini oʻz ichiga olgan) koʻrinishlari bor.
I.ch.t.e. ning xususiyatiga koʻra, potok l i (i.ch. ning har bir uchastkasida muayyan ish nomenklaturasi, ish urni mahsulot tayyorlashga qarab belgilanadi, bunda, odatda, bir turdagi mahsulot kuplab tayyorlanadi), yakka tartibda (alohida uchastkalarni texnologik ixtisoslashda namoyon boʻladi) va partiyalab, toʻp-toʻp qilib i.ch. (po-tokli va yakka tartibda mahsulot i.ch.ni ham oʻzida mujassam etadi) koʻrinishlari bor. I.ch.t.e. da ishlab chiqarish sikli davomiyligini vaqt jiqatidan rejalashtirish muhim ahamiyatga ega. Hoz. vaqtda texnikadan unumli foydalanish va ularni oʻz vaqtida sifatli qilib taʼmirlash I.ch. t.e. ning muhim vazifasiga aylangan.
Ishlab chiqarish — jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqtisodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayoni; ishlab chiqarish omillarini isteʼmol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. Ishlab chiqarish inson hayotining tabiiy sharoiti va boshqa faoliyat turlarining moddiy asosidan iborat. Kishilik jamiyati taraqqiyotining hamma bosqichlarida Ishlab chiqarish zarur. Uning mazmunini mehnat jarayoni belgilaydi. Ishlab chiqarish jarayoni 3 element — mehnat, mehnat ashyolari va mehnat vositalari boʻli-shini taqozo etadi. Ijtimoiy Ishlab chiqarish ishlab chiqarish vositalari Ishlab chiqarish va is-teʼmol buyumlari Ishlab chiqarishdan tashkil to-padi. Bu boʻlimlarning har biri koʻplab xoʻjalik tarmoqlaridan iborat boʻlib, ularda turli Ishlab chiqarish vositalari va isteʼ-mol buyumlari yaratiladi. Birinchi boʻlimning ikkinchi boʻlimga nisbatan ustunligi kengaytirilgan takror Ishlab chiqarish iqtisodiy qonunining ifodasidir. Ishlab chiqarish faqat mahsulot Ishlab chiqarishdan iborat boʻlmay, balki taqsimot, ayirboshlash va isteʼmolnya oʻz ichiga oladi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi, avvalo, Ishlab chiqarish qurollarining oʻzgarishi va mukammallashishidan boshlanadi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi jamiyat hamma aʼzolarining farovonligini muntazam oshira borish va har tomonlama rivojlantirishga imkon beradi.[1]



Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling