Biz ta’zim qilamiz ustozlar uchun!
9-o’quvchi:
Ishlaydi yashnasin ,yorug’ olam deb,
Vatanim, g’ururim, yurak nolam deb.
Barchani birdayin suygan bolam deb
Biz ta’zim qilamiz ustozlar uchun!
10-o’quvchi:
Siz sabab dunyoni tanidik bizlar
Kamolga yetishdik yigitu-qizlar
Dunyo turgunicha bor bo’ling sizlar
Biz ta’zim qilamiz ustozlar uchun!
BIRGALIKDA:
Sizdan boshlanadi asli tafakkur
Ey aziz ustozim, sizga tashakkur.
I.Boshlovchi:
Yillar suronimi sochingdagi oq
Yoki bo’rning yuqi tegib ketdimi?
Ezgulik yo’lida yorug’ dilingiz
Koz’ingiz nuriga singib ketdimi?
II.Boshlovchi:__Marhamat_tinglab_tomosha_qiling.__I.Boshlovchi'>II.Boshlovchi:
Shogirdlar har biri o’g’il-qizingiz,
Oqlaydi siz bergan nonu-tuzingiz.
Ularning yutug’i sizning yuzingiz
Shu bois ko’zda yosh qalqib ketdimi.
I.Boshlovchi:
Hozirgi navbatni, siz azizlarni ko’nglingizga iliqlik, ko’tarinki kayfiyat olib kirish uchun 9-“G”sinf o’quvchsi Saidova Sevinchxon ijrosida go’zal raqsga beramiz
II.Boshlovchi:
Marhamat tinglab tomosha qiling.
I.Boshlovchi:
Olamning gultoji inson bo’lsa, ular orasida Olloh nazari tushgan suyuklisi ustoz, muallilmdir .Bizning har bir savolimizga chuqur e’tibor va bosiqlik bilan javob beradigan, bizga oqu-qorani tanitadigan, hayotning pastu-balandi, kelajakda orzu-o’ylarimizni amalga oshishiga kuch bag’ishlaydigan oliyhimmat ustozlarimizga hamisha ta’zimdamiz.
II.Boshlovchi:
Ha Mehriniso, juda to’g’ri aytasiz. Ustoz –go’zallik sohibidir.Bu oliyjanob kasb egalari haqida ne-ne aziz odamlar qo’llariga qalam olib jo’shqin hislarni yaxshi ezgu tilaklarini oq qog’oz betiga bitmagan deysiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |