Tdiu samarqand filiali Iqtisodiy ta’limotlar ta’rixi fanidan oraliq nazorat savollar javoblari


Merkantilizmning yemirilishi va klassik siyosiy iqtisodiy maktabining paydo bo‘lishi XVII asrga to‘g‘ri keladi


Download 53.5 Kb.
bet11/18
Sana19.06.2023
Hajmi53.5 Kb.
#1618274
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
Iqtisodiy talimotlar tarixi.Oraliq javoblari

Merkantilizmning yemirilishi va klassik siyosiy iqtisodiy maktabining paydo bo‘lishi XVII asrga to‘g‘ri keladi.
Klassik siyosiy iqtisod – boylik faqat qishloq xo’jaligida emas,balki sanoat,transport, qurilish va boshqa sohalarda ham yaratilishini isbotlab berdi. Bu maktabning asoschilari U.Petti, A.Smit, va D.Rikardolar hisoblanadi.
35. U.Petti g‘oyalari
Merkantilistlardan farqli ravishda, U.Petti fikri bo‘yicha nafaqat qimmatli metall va toshlar hamda pul boylik hisoblanadi, balki mamlakatning yeri, uylar, kemalar, tovarlar va hatto uy jihozlari ham boylikni tashkil etadi.U o‘z fikrini rivojlantirib, bizning davrda keng tarqalgan «Mehnat - boylikning otasi, yer esa uning onasi» degan iborani ishlatdi. Mamlakat boyligini ko‘paytirish uchun U.Petti qamoq jazosi o‘miga pul jarimasini joriy etish zarurligini, pul to‘lashga «qurbi yetmagan o‘g‘rilami» esa «qullikka» mahkum etishni, ishlashga majbur qilishni
tavsiya etadi. Bu merkantilistlarga qarama-qarshi tarzda boylik, eng awalo, mehnat bilan yaratilishini bildiradi, ya’ni xo‘jalik hayotidagi pulning «asosiy» vazifasini inkor etadi.U.Petti bu fikmi rivojlantirib, chetga pul chiqarishni taqiqlash bema’ni narsa ekanligini ko‘rsatib o‘tadi.
36. Rikardo, Maltus va Xyum ta’limoti.
David Rikardo (1772-1823) klassik iqtisodiy maktabining atoqli vakillaridan biri hisoblanadi. U sanoat davriga xos ilmlarni hajm va uslubda abstrakt tahlil orqali ko‘rib chiqdi.Rikardo o‘z davridagi iqtisodiy muammolami yechishga harakat qildi, uning asosiy vaqti bug‘doy narxini tushirish, ijara narxlarining ko‘tarilishi, Angliyadagi ishlab chiqarish va qishloq xo‘jalik o‘rtasidagi aloqadorlikni asoslab berish bilan kechdi.Rikardo o‘zini qiymatning mehnat nazariyasi tarafdori ekanligini namoyish etadi.


Ingliz iqtisodchisi Tomas Robert Maltus (1766-1834) dvoryan oilasida tugTlgan.T.Maltus resurslaming cheklanganligi va ehtiyojlaming cheksizligi sharoitida aholi ehtiyojlarini qondirish muammosiga o‘ziga xos tarzda yondashdi. U o‘zining “Nufus qonuni to‘g‘risida tajriba” asarida aholi soni juda tez ko‘payib boradi, oziq- ovqat mahsulotlarining o‘sishi esa, ancha orqada qolib ketadi, deb ishontirishga uringan. T.Maltus aholining ko‘payishini cheklovchi muayyan chora-tadbirlar qo‘llanilmasa, insoniyat ocharchilikka duch keladi, deb xulosa qiladi va bunday vaziyatdan chiqishning ikki yoTini taklif etadi: birincbisi - epidemiyalar, umshlar, kasalliklar natijasida aholining kamayishi, bunda tabiatning o‘zi kishilar bilan ulaming yashash vositalari o‘rtasida me’yorli nisbatning o‘matilishiga qisman yordam beradi, ikkinchi yo‘l - nikohdan voz kechish yoki kech turmush qurish, tug‘ilishni kamaytirish.



Download 53.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling