Tdiu samarqand filiali Iqtisodiy ta’limotlar ta’rixi fanidan oraliq nazorat savollar javoblari
kechildi va ikkinchi shakliga o’tildi
Download 53.5 Kb.
|
Iqtisodiy talimotlar tarixi.Oraliq javoblari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning, tanglikdan chiqib olishning barqarorlikni va muhim ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni taminlashning aniq yo`nalishlari.
kechildi va ikkinchi shakliga o’tildi.
Bu yo`l - uch tarkibiy qismdan iborat: 1.ijtimoiy jihatdan yo`naltirilgan bozor iqtisodiyoti milliy andozasi mohiyatining tavsifi; 2.qat'iy markazlashtirilgan ma'muriy-buyruqbozlik tizimidan xo`jalik yuritishning bozor munosabatlariga o`tishning eng muhim prinsiplari; 3.iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning, tanglikdan chiqib olishning barqarorlikni va muhim ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta'minlashning aniq yo`nalishlari. 4. Avestodagi asosiy iqtisodiy g’oyalar. «Avesto» shakllanishi davrida kishilik jamiyati yanada rivojlana bordi. Ko‘chmanchilikka asoslangan Markaziy Osiyoda eski turmush tarzi o‘mini o‘troq yashash egallay boshladi va dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik borgan sari taraqqiy etdi. «Avesto» da: «... Yerga yaxshi, sog‘lom urug‘lar sepishdan ortiq savob ish yo‘q...» deyilib, xalq xo‘jaligi sohasida dehqonchilikning muhim ahamiyat kasb etishi ko‘rsatib beriladi. “Olam go‘zalligi dehqondan, dehqonchilikdan, kimki yerga urug‘ qadabdiki, u odamiylikka iymon keltiradi, yagona shu yo‘lgina haqiqat bo‘lib, qolgani sarobdin”, - deyiladi unda. «Avesto» da yer, suv, havoni bulg‘ash, ifloslantirish og‘ir gunoh hisoblanadi. Bunday ibratli tasdiqlash bugungi avlodlami ham tabiatga, atrof-muhitga aslo vahshiyona munosabatda bo‘lmaslikka chorlaydi. 5. Taniqli merkantalistlar. Merkantilizm - jamiyatning boyligi puldan, oltindan iborat bo‘lib, u savdoda, «asosan tashqi savdoda paydo bo‘ladi va ko‘payadi», deb tushuntiradi. Merkantilizm — italyancha «mercante» so‘zidan olingan bo‘lib, «savdogar» ma’nosini anglatadi. Bu oqimning namoyondalari Uil Stafford, Tomas Men, Antuan Monkreten, Jon Lou, Gaspar Skaruffi va boshqalar hisoblanadi. 6. Kene qarashlari. Fiziokratlaming tanilgan boshlig‘i Fransua Kene (1694- 1774)ning g'oyalari o‘zining izdoshlari tomonidan so‘zsiz qabul qilinar, bu izdoshlarining ishlari asosan boshqalami Kenening nazariyasiga ishontirish maqsadida yozilgan edi. Tableau Economique - Iqtisodiyot jadvali jamiyatning uch sohasini: fermerlar, yer egalari hamda hunarmand va xizmatkoriami asosiy qilib ko‘rsatadi. Hunarmandlardan boshqa sektorlar, tashqi savdo, davlat sektori yoki manufaktura keltirilmagan. 7. «Artxashastra» asari qachon yaratilgan va undagi muhim iqtisodiy g‘oyalar. Hindistondagi iqtisodiy g`oyalarni aks ettiruvchi qadimgi yod gorlik "Artxashastra" (m.a. IV-III asrlar oralig`ida)dir (tom ma'nosi bo`yicha ifoda, amaliy hayot to`g`risidagi fan, bu asar m.a. III-II asrlarda to`ldirilgan). Bu qadimiy va muhim tarixiy yodgorlikdir (u Chandragupta I podsholigi davrida podsho maslahatchisi Kautilye Bishnugupta tomonidan yozilgan degan fikr bor). Unda qulchilikni mustahkamlash asosiy vazifa qilib qo`yilgan. qulchilik eng past tabaqalarga xos narsa deb sanaladi. Bu asarda "buyumning qiymati" muammosi ko`tarilgan, qiymat miqdori "ish kunlari" bilan belgilangan, rag`batlantirish esa mehnat natijalariga mos ra vishda belgilanishi kerak, deyilgan Bu mashhur asar 15 kitobdan iborat bo‘lib, «artxa» so‘zi — foyda, moddiy manfaat, «shastra» - ilm, ilmiy asar ma’nosini bildiradi. 8. Amir Temur va temuriylar davridagi iqtisodiy g‘oyalar va iqtisodiy siyosat Amir Temur (1336-1405) iqtisodiyotni boshqarishda o‘ziga xos maktab yaratdi. Sohibqiron davlatida devoni buzurg (bosh vazir)dan tashqari har bir viloyatda Devon, deyiluvchi boshqarma bo‘lgan. U davlatning muhim ishlarini: soliq yig‘ish, tartib saqlashni, ijtimoiy binolar - bozorlar, hammomlar, yoTlar, Download 53.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling