suv inshootlari tarmoqlarini nazorat qilib turgan.
A.Temuming iqtisodiy fikrlari «Temur tuzuklari»da bayon etilgan bo‘lib, quyida biz ko‘rib chiqmoqchi bo‘lgan g‘oyalar mazkur asar asosida keltirildi («Amir tuzuklari». Toshkent,1991).
Unda o‘sha davrdagi davlatning 12 ijtimoiy toifadan iborat bo‘lganligi ko‘rsatilgan:
Sayidlar, ulamo, mashoyix, fozil kishilar (din ahllari).
Aqlli, donishmand odamlar.
Xudojo‘y kishilar.
No‘yonlar (tuman boshlig‘i), amirlar, mingboshilar, ya’ni harbiylar.
Sipoh va raiyat (soliq to‘lovchi xalq).
Aqlli, tajribali, eng ishonchli kishilar.
Vazirlar, sarkotiblar.
Hakimlar (faylasuflar, donishmand, allomalar), tabiblar, munajjimlar, muhandislar (injenerlar).
Hadis olimlari.
Ahli hunar va san’atchilar.
Kasbu hunar egalari.
Savdogar va sayyohlar.
9. Aristotelning xususiy mulk to‘g‘risida g‘oyalari.
Antik dunyodagi iqtisodiy fikrlaming yirik namoyandalaridan biri Aristotel (m.av 384—322) hisoblanadi. 0 ‘z mamlakatida shakllangan natural-xo'jalik munosabatlarini himoya qilgan bu qadimgi yunon mutafakkiri boshqa zamondoshlariga qaraganda iqtisodiy Aristotel (m.o 384- 322) muammolarga chuqurroq kirib muvaffaq bo‘lgan. Uning iqtisodbo‘yicha fikr yuritgan asosiy asarlari «Nikomaxova etikasi» va «Siyosat» hisoblanadi. Bu yerda Aristotel, xuddi Platonga o‘xshab, ideal davlat loyihasini ilgari suradi. Aristotel loyihasining o‘ziga xosligi shundan iboratki, unda xo‘jalik va kishilar faoliyatining barcha turlari har bir toifa yashash vositalaridan foydalanishi va boylik topish nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Shu yerda Aristotel boylik topish va ehtiyojlami qondirish usullari to‘g‘risida fikr yuritib, ekonomika va xrematistika tushunchalari farqini ajratib ko‘rsatib beradi.
10. Iqtisodiyotga birinchi bo’lib “Ekonomika” suzini kiritgan olim?
Do'stlaringiz bilan baham: |