Тебранма жараёнлар
Download 2.02 Mb.
|
21-m
(1) formula mayatnikning tebranish davri uning massasiga bog‘liq emas, ekanligini ko‘rsatadi. Bu xulosa birinchi qarashda kutilmagandek bo‘lib tuyulishi mumkin. Biroq, agar mayatnik og‘irligi ta’sirida yuzaga keladigan qaytaruvchi kuch mayatnikning massasiga proporsional ekanligini eslasak, oxirgi natijadan m kattalik qanday qilib tushib qolganligi ayon bo‘ladi. Yuqorida biz tebranuvchi jism to‘g‘ri chiziq bo‘ylab harakatlanadigan tebranishlarni tekshirdik. Lekin aniq qaraydigan bo‘lsak, mayatnikni tekshirgan vaqtdayoq m massa markazi to‘g‘ri chiziq bo‘ylab emas, balki l radiusli aylana yoyi bo‘ylab harakatlanishini hisobga olishimiz kerak edi. Faqat kichik tebranishlar bilan chegaralanish orqaligina biz yoy kesmasini to‘g‘ri chiziq kesmasi bilan almashtira oldik va siljishini yoy bo‘ylab emas, osish nuqtasi orqali o‘tuvchi osma chiziqqa tushirilgan perpendikulyar bo‘ylab hisoblay oldik. Mayatnikning muvozanat holatdan og‘ishi kichik bo‘lgan hollarda yuqoridagi soddalashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan xato protsentning ulushlaridan ortmaydi.Qator hollarda, masalan oddiy cho‘ntak soat mayatnigida tebranuvchi jism ilgarilanma emas, balki aylanma harakat qiladi (shundaylar qatoriga «buralma tyebranishlar»deb ataluvchi tyebranishlar kiradi). Aylanma harakat bilan tebrana oladigan eng sodda sistyema, bu o‘qqa o‘rnatilgan disk bo‘lib, u prujinaga shunday mahkamlanganki, prujina burilishi natijasida kyelib chiqadigan kuch diskning burilishiga to‘sqinlik qiladi. I diskning o‘qqa nisbatan inyersiya momyenti, M esa qaytaruvchi kuch momyenti bo‘lsin; M ni diskning burilish burchagiga proporsional dyeb hisoblaymiz: M=D. Bunday tyebranuvchi sistyemaning tyebranish davri uchun formula o‘rinli bo‘lib, u prujinaga mahkamlangan yukning tebranish davri formulasiga o‘xshaydi. Faqat, bunda massa o‘rnida inersiya momenti, qaytaruvchi kuch koeffitsiyenti o‘rnida esa qaytaruvchi moment koeffitsiyenti turibdi. (2)
Download 2.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling