31. Yoruglikning sochilishi Reley qonuni.
Yorug’lik to’lqinlarining muhit atomlari elektronlari bilan o’zaro ta’sirlashuvida elektronlar tebranma harakatga kelib yoruglik chiqaradilar. Tabiy nurlarda tebranishlarning barcha yo’nalishlari teng ehtimolli bo’lganligi uchun, atomlar chiqarayotgan yorug’lik barcha yo’nalishlarda sochilishi mumkin.Agarda muhit atomlari bir tekis taqsimlangan bo’lsa, sochilgan nurlar kogerent bo’ladigan va interferensiya tufayli bir-birini yo’qqa chiqaradilar. Bu holda muxit optik jihatdan bir jinsli bo’lib, nurlarni sochmaydi.
Reley qonuni.
V-bitta zarrachaning hajmi,
N0-muxitdagi zarrachalar konsentratsiyasi,
R-sochilish sodir bo’layotgan hajmdah kuzatish nuqtasigacha bo’lgan masofa,
loyqa muhit nojinsligi darajasiga bog’liq koeffitsiyent,
-Yorug’likning tushish yo’nalishi burchagi.
32. Yoruglikning qutblanishi, Malyus va Bryuster qonunlari.
Q utblanish qonuniyatlarini ifodalash uchun faqat yorug’lik vektori – elektr maydon kuchlanganligi vektori ko’rib chiqiladi.
Yorug’lik qutblanishi – yorug’lik to’lqinlarining ko’ndalanglik hususiyati namoyon bo’ladigan, to’lqin optikasi hodisalari majmuasidir.
M alyus qonuni:
Analizator orqali o’tgan I yorug’lik jadalligi burchakka bog’lik o’zgaradi.
Ikkita dielektrikning bo’linish chegarasiga tabiiy yorug’lik tushganda, aks etgan va singan nurlar qisman qutblanadi.Aks etgan nurda tushish tekisligiga perpendikulyar bo’lgan nurlar ko’proq bo’ladi, singan nurda esa tushish tekisligida yotgan tebranishlar ko’proq bo’ladi.
T ushish burchagi Bryuster burchagiga tenglashganda aks etgan nur yassi qutblangan nurga aylanadi.
Bryuster ifodasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |