Техник конструкциялаш ва моделлаш


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


Download 1.43 Mb.
bet31/104
Sana21.09.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1683532
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   104
Bog'liq
Texnik ijodkorlik

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
Texnik ijodkorlikni amalga oshirishda eng ko‘p foydalaniladigan metodlarni tavsiflang.
“Amal va xato” metodining afzallik va kamchiliklari.
Aniq misol asosida ijodkorlik masalasini hal qilish konsepsiyasini taklif qiling.
1. L.M. Xolmyanskiy, A.S.Shchipanov. Dizayn. Toshkent. I=ituvchi 1991.
2. Kompozitsiya v texnike Y.S. Somov. Moskva «Mashinostroyeniye» 1987god.
3. Sh. Kenjabayev, Sh. Qayumova. Texnik ijodkorlik va dizayn. Ma’ruzalar matni. Namangan 2005 y.
7. Mavzu: Ixtirochilikda kuzatuvchanlik, intuitsiya, intellektning ahamiyati.
Reja: (2 soat)
1.Ixtirochilikda kuzatuvchanlik.
2.Ilmiy ijodkorlik jarayonida mantiqiy va intuitiv tafakkurning ahamiyati.
3.O‘quvchilarning konstruktorlik qidiruv faoliyatining mantig‘i va strukturasi.

Tayanch iboralar: kuzatuvchanlik, intuitsiya, intelekt, tafakkur, mantiq, qidiruv faoliyati, struktura, gigant sentiz.


1.Ixtirochilikda kuzatuvchanlik.
Kuzatuvchanlik qobiliyati. Ixtirochilik ishlari qatnashuvchilardan katta diqqat va kuzatuvchanlikni talab qiladi. Qatnashuvchi chinakam ixtirochilarga xos sezgirlik, kuzatuchanlik qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Bu xususiyat yechilayotgan masala yuzasidan to‘g‘ilayotgan savollarga javob olishga yordam beradi. Sezgirlik va kuzatuvchanlik qatnashuvchining yechilayotgan masalalarni tashqi ko‘rinishidan va shunga o‘xshash boshqa nusxalarning ko‘rinishini nazorat qilish
orqali payqab oladi.
Har qanday kuzatish yaxshilab diqqat qilish asosida sodir bo‘ladi. Masalan o‘qituvchi o‘quv materiallarini tushuntirayotganda, doskaga yozayotganda yoki o‘quvchini chiqarib doskaga yozdirayotganda, ko‘rsatma qurollardan foydalanilayotganda, o‘quvchilarning qanday idrok qilib, toshiriqlarni qanday bajarayotganligini hamisha diqqat-e’tibor bilan kuzatib boradi.
Ba’zi bir masalalarni yoki texnik yechimini kutayotgan texnik obyektlarni uning atrofidagi voqea xodisalarni kuzatish va diqqatbilan nazorat qilish orqali ham erishish mumkin.Texnik ijodkorli kdarslarida hamda tugarak mashg‘ulotlari o‘tkazilayotganda shuningdek, o‘qituvchi dars berayotganda hamma o‘quvchilarni ko‘rib turishi va ayrim o‘quvchilar diqqatining boshqa narsalarga chalg‘ib ketishining oldini olishi, masalan, o‘quvchiga bir qarab qo‘yishi, imo- ishoralarni o‘zgartirish zarur. Bular hammasi o‘qituvchi diqqatining barqaror bo‘lishini va tez ko‘chirish xususiyatiga yega bo‘lishini talab qiladi. O‘z diqqatini taqsimlashni bilmagan o‘quvchi darsga juda qiynaladi. U diqqatini bir narsaga, chunonchi texnik topshiriqlarni bajarishida yechimini kutayotgan masalaga to‘lig‘incha bor diqqati bilan e’tibor qaratadi.
2.Ilmiy ijodkorlik jarayonida mantiqiy va intuitiv tafakkurning ahamiyati. Ijodkorlik jarayonida mantiq va intuitsiyaning har xil ahamiyatga ega bo‘lishini fransuz olimi A.Puankare ko‘rsatib o‘tgan edi. Xususan, u «Fanning o‘zida intuitsiya, agar bir qancha ustunliklarga ega bo‘lganligini hisobga olinmasa, analiz doimo isbotning yakka-yu yagona qonuniy quroli bo‘lishiga intilib borayotgan bir davrda ham u ixtiro qilishda asosiy qurol bo‘lib qolaveradi» - deb yozadi.
Ijodkorlik siklining ma’lum zvenolar haqida boshqa olimlar ham bir necha bor o‘z fikrlarini aytdilar. Xususan, bu haqda mashhur fizik M.Born quyidagilarni yozadi: «…men fandagi analitik holda oldindan aytilgan fikrlarni kundalik ishlarimizdan keskin farq qilishini ko‘rmayapman. Ayrim kriteriyalar bo‘yicha ko‘rsatilgan obraz to‘liq hisoblanib, unga xarakterli bo‘lgan barcha xususiyatlarga egaligini biz kundalik hayotimizda hisobga olib boramiz. Biroq sintetik jihatdan oldindan aytish qisman ma’lum bo‘lgan hodisaning real obrazi o‘zining haqiqiyligidan farq qiladi, degan gipotetik taxminga asoslanadi. Agar u tajribada tasdiqlansa, uning asosida qonuniy hisoblangan gipoteza yotgan bo‘lsa-da, oldindan aytish yangi bilim beradi. Lekin uning muvaffaqiyati intuitsiyaga juda bog‘liqdir…». M.Born o‘z fikrini ikki tipdagi ixtiroga oid tarixiy misollar bilan: ulardan biri mavjud nazariyani mantiqiy analiz qilish bilan amalga oshirildi, boshqasi esa, shu kunga qadar aloqasiz bo‘lgan tajribalarning o‘zaro bog‘liqligi mavjud ekanligi haqidagi muammolarni yangi nazariya yaratish bilan tushuntiradi.
Birinchisiga, Adams va unga aloqasiz holda Leveryelarning boshqa planetalar harakatida yuz bergan biroz o‘zgarishlar asosida aytilgan nazariyasiga muvofiq, Galiley tomonidan Neptun planetasining ochilishi kiradi. M. Bornning aytishicha, bu yerda nazariya rivojlanmadi: «Bu matematika san’ati va toqatining ulkan siljishi, shuningdek, natijalarga bo‘lgan ishonch edi. Biroq ularni e’tirof etmaganda ham, bu hol nazariyaning dunyoqarashini kengaytirgani yo‘q; bu ma’lum bo‘lgan Nyuton mexanikasining qo‘llanilishini analitik jihatdan oldindan aytish edi».
Ikkinchi tip ixtiroga A.Eynshteyn tomonidan aytilgan Quyosh yaqinida yorug‘likning chetlanishi kiradi. Bu, inert va gravitastion massaning proporstionalligi haqidagi muhim faktni sezish va M.Bornning ta’biricha, «tajriba natijalarining uzun zanjiridagi gigant sintez» deb atalgan yangi nazariyaning yaratilishini talab qiladi.
Dalil va raqamlardan kelib chiqib, ilmiy farazlar qurishga yoki topishga o‘tishda, shuningdek, nazariy xulosalardan amaliy sinov ishlariga o‘tishda ilmiy intuitsiya hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Intuitsiya, uning mantiq bilan bog‘liqligi, ixtirochilik g‘oyalarining kelib chiqishida tutgan o‘rnini belgilashdagi muammolar murakkab bo‘lib, uni hozirgacha to‘la hal qilinmagan deyish mumkin. “Qisqacha psixologik lug‘at”da intuitsiya – “paydo bo‘lish yo‘llari va shartlari anglanmagan holda hosil bo‘luvchi bilimlar sifatida yuzaga keladi, shunga ko‘ra, subyekt unga “bevosita yuzaga” kelgan natija sifatida ega bo‘ladi” deb ta’riflanadi. Ushbu va boshqa adabiyotlarda keltirilgan ta’riflar intuitsiya tabiatini, uning hosil bo‘luvchi asosini o‘zida aks ettirmaydi va shu sababli uni to‘liq deb bo‘lmaydi. Bizning fikrimizga ko‘ra, intuitsiya - bu subyekt tomonidan o‘ziga fikran qo‘yiladigan savol va muammolarga anglanmagan holatda yuzaga keluvchi javoblar bo‘lib, u to‘plangan tajriba va bilimlar asosida amalga oshadi.

Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling