Техноген indd
Texnik tizimni boshqarish
Download 1.67 Mb.
|
ТЕХНОГЕН (2) (2) word
Texnik tizimni boshqarish. Texnk tizimlarni boshqarish pred- meti texnik tizimlarning inson tomonidan samarali me’yor va me’yorlashlar bilan, mavjud qonun va tartiblar asosida, xavfsizlik talablariga rioya qilgan holda, texnikadan foydalanish darajasini ko‘tarib borgan holda, u bilan bajariladigan boshqaruv jarayonlari ning kadrlar salohiyatidan samarali foydalanish usullari, bajariladi- gan ish tartiblari hisoblanadi.
Korxona bo‘g‘inlari va bo‘linmalarining ishlab chiqarishxo‘ja- lik faoliyati natijalari umumiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarida ifodalana- di. Bu ko‘rsatkichlar darajasi sex, qism, bo‘lim, bo‘linmalar jamoasi ishiga bog‘liq bo‘lgan va bog‘liq bo‘lmagan bir qancha texnik, tex- nologik, ijtimoiy, tashkiliy, iqtisodiy omillarning ta’siri bilan belgi- lanadi. Ana shu omillar birinchi navbatda, iqtisodiy tahlil predmeti hisoblanadi. Texnik tizimlarni boshqarish maqsadi tayyorlanadigan muta xassisga texnik tizimlarni boshqarish jarayonidagi elementlarning o‘zaro bog‘lanishlarini reglamentliligini ta’minlash, boshqaruv buyrug‘ining ta’sirchanligini va boshqaruv sifatini oshirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish pirovord natijada boshqaruv xarajatlarini qisqartirish bilan bozor injiqliklarini tezkor bartaraf qilishdan ibo- rat. Shuningdek, texnik tizimlarni boshqarishning ilg‘or zamonaviy uslublarini o‘rgatish, fanga va o‘z kasbiga qiziqishini orttirishni ko‘zda tutadi. Tizimning harakatini ta’minlovchi kuch bu boshqarishdir. Me- nejmentning (boshqarishning) hozirgi usullari, ayniqsa, bozor iqti- sodiyotiga o‘tish davrida, iqtisodiy tahlil oldiga ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish)dagi sifat o‘zgarishlarini o‘rganishga va ular ning miqdor baholarini aniqlashga qaratilgan vazifalarni qo‘yadi va ishlab chiqarishdagi foydalanilmayotgan imkoniyatlarni aniqlash, belgilangan ko‘rsatkichlar, topshiriq va me’yorlardan chetga chi qish sabablarini ochish, qoniqarsiz ish olib borayotgan bo‘lim va bo‘linmalarning sabablarini aniqlash muhim va kerakli hisoblana- di. Iqtisodiy tahlil oldida turgan har qanday vazifa, sex, qismning ishlab chiqarish xo‘jalik faoliyati o‘zaro birbiri bilan bog‘langan texnik iqtisodiy va ishlab chiqarish texnik ko‘rsatkichlari bilan tavsiflanadi. Ijtimoiy va ishlab chiqarish munosabatlari o‘rtasida- gi sababoqibat bog‘lanishlari aniqlanadi, dalillar umumlashtirilib, qonunqoidalar darajasiga keltiriladi, ya’ni tamoyili aniqlanadi. Iqtisodiy dalillar birinchidan, umumlashtirish uchun axborot xiz matini o‘taydi; ikkinchidan, ular nazariyani tekshirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Texnik tizimlarga ta’sir etuvchi omillar, man- balar, imkoniyatlar, sharoitlar, voqealar, hodisalar ko‘p bo‘lgani uchun ulardan asosiylarini ajratishda iqtisodiyotning tahlil usullari dan foydalaniladi. Ular – abstraksiyalash usuli, deduktiv usul, induktiv usul. Dalillarni tartibga keltirish bilan ma’lum tizimga solib, xulosaga kelish abstraksiyalash usulidir. Abstraksiyalash bu iqtisodiyotning ilmiy andozasini yaratishdir. Deduktiv usulida nazariyadan iqtisodiy dalillar tahliliga o‘tiladi. Bunda olg‘a surilgan g‘oyalar, xulosalar qaytadan dalillar asosida tekshirilib ko‘riladi, umumiy holatlar, qonunlar va tushunchalardan xususiy va yakka hollarga o‘tish bilan aniqlanadi. Induktiv usulida empirik bilimdan abstraksiyaga o‘tiladi, nazariy xulosalar chiqariladi, so‘ngra ulardan iqtisodiy siyosatga o‘tishda foydalaniladi. Bu usulda xususiy hollar umumiy holatlar- ga o‘tish bilan aniqlanadi, ya’ni dastlabki kuzatuvlar va tajribalar umumlashtirilib va ularning natijalari tahlil qilinib, umumiy holat- lar belgilanadi. Induktiv usul iqtisodiy tahlilga ko‘proq mos keladi: Imkoniyatlarni aniqlashda; me’yorlarning chetga chiqish sababla- rini yechishda; ayrim bo‘lim va bo‘linmalarda ishning qoniqarsiz bajarilishini aniqlashda bo‘lim va bo‘linmalarining faoliyatini tah- lil etishda, asosan, induktiv usul, ya’ni quyi ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish pog‘onasini tahlil qilishdan boshlanib, yuqori pog‘onasigacha o‘rganiladi. Ba’zi bir holatlarda farmonlar, qonunlar, buyruqlarni bajarish uchun korxona tizimida ham deduktiv usul qo‘llanilishi mumkin, ya’ni yuqoridagi ahvollar aniqlanadi, oldinda turgan maqsad va muammoga asosan, quyi pog‘onalar tahlil etiladi va boshqaruv ye- chimlari qabul qilinadi. Iqtisodiy tahlilda esa ko‘proq tizimda ishlab chiqarishxo‘jalik ko‘rsatkichlari atroflicha aniqlanadi. Masalan, mehnat unumdorligining o‘sishi ishlab chiqarish haj mini ko‘paytirishning hal qiluvchi omili hisoblanadi. Uskunalar va jarayonlarning texnik va texnologik parametrlari yaxshilanishi tu- fayli ishlab chiqarish hajmining ko‘payishi o‘z navbatida, mehnat unumdorligi darajasiga va ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq. Iqtisodiy tahlil qilishda asosiy manba bo‘lib, sex va uchastka- lar faoliyatini tezkor hisobga olish va hisobot ma’lumotlari xizmat qiladi. Tezkor hisobga olish va hisobot asosiy ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini bajarganlik darajasi haqida kunlik va smenalik bildirgichlardan, ishbay ishchilarning ish me’yorini bajarganligi haqidagi hisobotlardan va boshqa tezkor hujjatlardan iborat bo‘la- di. Avtomobillarga firma usulida xizmat ko‘rsatishni tashkil etish yo‘llari – ularni tashkillashtirish jarayonida yoki harakat boshla- nishi oldidan yoki kichik iqtisodiy muammolarni hal qilish bilan bog‘liq bo‘lgan muhandislik masalalariga muqobilona yondashish asosida tajriba, hisoblash va kompyuter texnologiyasidan foydala nib o‘qitish va yetkazishdir. Tarmoqda ish sharoiti bilan bog‘liq bo‘lgan davlat qonunlari, texniktexnologik va loyihalash me’yoriy hujjatlari hamda firmalar ish usullari bilan tanishtirish, sistemali tahlilning dasturiy maqsad va oldindan baholash usullarini o‘zlashtirish, ishlab chiqarishdagi qaramaqarshiliklar, kamchiliklarni ko‘ra bilish,odamlar bilan ham- korlikda ishlashni o‘rgatish. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling