Техноген indd


Ushbu savollarning javobi


Download 1.67 Mb.
bet11/91
Sana16.11.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1777806
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   91
Bog'liq
ТЕХНОГЕН (2) (2) word

Ushbu savollarning javobi. E.Xolmsning “Risk­menejment” va boshqalarning ilmiy tadqiqot ishlarida o‘z ifodasini topgan bo‘lib, risk tushunchasiga, ya’ni kompaniyaning risk­ menejmenti asosida yotuvchi istalgan natijadan og‘ishuvchi risk­yo‘qotish, risk­imkon, risk­chetlanish kabi yondoshuvlarga ega bo‘lgan turlicha qarashlar va paradigmalar borligini ko‘rsatadi.
Shunga ko‘ra, rossiyalik olim V.T.Sevruk riskka quyidagicha ta’rif beradi: “Risk ­ bu zarar ko‘rish yoki manfaatni qo‘ldan chiqa- rish bilan bog‘liq ehtimollar o‘lchovidir”. Professor V.M.Usoskin o‘zining izlanishida “Risk doimo noaniqlik bilan kelib, oxiri o‘z
navbatida oldindan ko‘ra bilish yoki mumkin bo‘lmagan voqealar bilan bog‘liq bo‘ladi”, deb izoh beradi. Agar adabiyotlarda beril- gan ta’riflar umumlashtirilsa, quyidagi ma’noni olish mumkin: Risk

  • bu iqtisodiy kategoriya bo‘lib, u jamiyatning rivojlanishidagi ij- timoiy­iqtisodiy jarayonlarda, texnika ishlab chiqarishda aniq bir yechimga ega bo‘lmagan holatning miqdor va sifat jihatdan ma’lum zarar ko‘rish ehtimoliga aylanishi mumkin bo‘lgan voqelikdir.

Risk ­ miqdor va sifat jihatdan yo‘qotishlar ehtimolini ko‘rsatsa, unga hayotning har bir jabhasida duch kelishimiz hech kimga sir bo‘lmay qoldi.
Xususan, risk iqtisodiyot, texnika va texnogen subyektlari oldi­ da yechimi topilmagan muammolardan bo‘lib hisoblanishi, unga bo‘lgan e’tibor yildan yilga ko‘payotganligidan dalolat beradi. O‘zbekistonda risk­menejmenti, riskni tahlil qilish standartlari mavjud emas, uni milliy ishlab chiqarishga tadbiq etishdan oldin, xalqaro andozalarni ko‘rib, o‘rganib chiqish lozim. Zero “Tayyoriga qarab to‘n bichish” ham oson, ham qulay va eng asosiysi, vaqtni va pulni tejaydi. Bu o‘z navbatida, yo‘limizni oydinlashtiradi, chunki xalqaro standartlar yuqoridagi savollarga to‘liq javob bera oladi!


    1. Riskni baholash bosqichlari


Birinchi navbatda, texnogen riskining alohida faoliyat sohalari sifatida paydo bo‘lish va rivojlanish bosqishlarini o‘rganadigan bo‘lsak, u risk sohasining o‘ziga qaraganda uncha uzoq bo‘lmagan, ya’ni taxminan 40 yillik tarixga ega ekanligini ko‘rishimiz mumkin.


Oxirgi 40 yilda risklarni baholashning 4 ta asosiy yo‘nalishlarini ajratib ko‘rsatish mumkin, bular:
Sezgirlik tahlili ­ tashqi omillarning o‘zgarishiga sezgirlik tad- qiqotining ssenariy metodi;
Tebranuvchanlik tahlili ­ umumiy ko‘rsatkichga nisbatan kutil- gan qiymatning o‘zgarish o‘lchovini o‘rganish;
Negativ tahlili­boshqa risk tahlili metodlariga qo‘shimcha tarz- da qo‘llaniladi.
Nisbiy tahlil - benchmark bilan taqqoslash orqali riskni ko‘rib chiqadi (tanlangan indeksda).




Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling