Техноген indd


Download 1.67 Mb.
bet14/91
Sana16.11.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1777806
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   91
Bog'liq
ТЕХНОГЕН (2) (2) word

KOMUNIKATSIYA VA KONSALTING

MONITORING VA TAHLIL
mumkin. Standartni qo‘llashdan maqsad tashkilotlar oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishlari ehtimolini oshirish, yuz berishi mumkin bo‘lgan ehtimollar va xatarlarni aniqlash, shuningdek, risk-me- nejment uchun resurslami samarali taqsimlash va foydalanishda ko‘mak berishdan iborat.

  1. rasm. AS/NZS 4360 standarti asosida risklarni boshqarish.


Yuqorida keltirib o‘tilgan ilmiy fikr va mulohazalarimiz asosida quyidagilarni xulosa sifatida keltirib o‘tamiz:


a, Risk subyektlarda texnogen xavfsizlikni ta’minlashda hamda bozor sharoitlarida o‘z o‘rniga ega bo‘lishda muhim xizmat qiladi; b, Mamlakatimizda ishlab chiqarish subyektlari faoliyatida xavf- sizlikni ta’minlash va barqarorlikni oshirishga xizmat qiluvchi
milliy risk standartlarini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir;
c, Risk standartini ishlab chiqishda yuqorida keltirilgan xalqa- ro risk standartlarining muhim elementlaridan foydalanish ham- da milliy manfaatlarimiz uchun moslashtirish xo‘jalik subyektlari faoliyati samaradorligini oshirish va ularning iqtisodiy farovonligi- ni ta’minlashga xizmat qiladi.


    1. Miqdoriy xavf kо‘rsatkichlari


Ishlab chiqarishda xavf boshqaruvi о‘z ichiga xavf boshqaruvini rejalashtirish, xavflarni aniqlash va analiz qilish, ularga javob cho- ralarini rejalashtirish va xavflarni nazorat qilish faoliyatlarini amalga oshiruvchi protsesslarni oladi. Ishlab chiqarishda xavf boshqaruvi- ning asosiy maqsadi - bu ishlab chiqarishdagi xavf ijobiy natijalarga yetishish ehtimolligini va ta’sirini oshirish, salbiy natijalar vujudga kelish ehtimolligini va ta’sirini kamaytirishdir.


Quyida asosiy ishlab chiqarish xavf boshqaruvi protsesslari kiri- tilgan:

    • xavf boshqaruvini rejalashtirish - ishlab chiqarishning xavf boshqaruviga oid faoliyatlarini qanday amalga oshirish kerakligini aniqlaydigan protsessdir.

    • xavflarni aniqlash - qaysi xavflar ishlab chiqarishga ta’sir о‘tkazish mumkinligini aniqlash va ulaning xususiyatlarini hujjat- lashtirish protsessidir.

    • xavflarni sifatli analiz qilish - xavflarni kelgusida analiz qilish yoki amalga oshirish maqsadida ularni ustuvorlashtirish (prioritet- lash) protsessidir. Bu ishlar ularning vujudga kelishi va ta’sir etish ehtimolliklarini baholash hamda solishtirish orqali amalga oshiriladi.

    • xavflarni miqdoriy analiz qilish - aniqlangan xavflarning umumiy loyiha maqsadlariga ta’sirlarini raqamlar asosida analiz qilish protsessidir.

    • xavflarga javob choralarini rejalashtirish - ishlab chiqarish maqsadlariga yetishish yо‘lida yaxshi imkoniyatlarni oshirishga va tahdidlarni kamaytirishga oid variantlar va faoliyatlarni ishlab chi- qish protsessidir.

- xavlarni nazorat qilish - xavflarga oid javob choralar rejasini amalga oshirish, aniqlangan xavflarni nazorat qilish, (asosiy xavf- lar aniqlangandan sо‘ng qolgan) qoldiq xavflarni monitoring qilish, yangi xavflarni aniqlash va loyiha davomida xavfga oid protsesslar- ning samaradorligini baholash protsessidir.
Ushbu protsesslar bir-birilari bilan va boshqa bilim sohalariga oid protsesslar bilan о‘zaro munosabatlarga egadirlar.
Ishlab chiqarish xavfi - bu aniq bо‘lmagan hodisa va vaziyat bо‘lib, agar u yuzaga kelsa, ishlab chiqarishning tarkib, jadval, narx va sifat kabi bir yoki bir nechta maqsadlariga ijobiy yoki salbiy ta’sir kо‘rsatadi. Xavf bir yoki bir nechta sabablarga ega bо‘lishi mumkin. Sabab deb, salbiy yoki ijobiy natijalarning yuzaga kelish imkoniyatini yaratuvchi berilgan yoki potensial talab, taxmin, chek- lov yoki shartga aytiladi. Misol uchun, xavf sabablariga atrof-muhit muhofazasiga oid hujjat uchun ruxsat olish yoki loyihani ishlab chiqaruvchi xodimlarning yetishmasligi kiradi.
Xavf sifatida birinchidan, nazorat etuvchi organ tomonidan rux- sat berilishining chо‘zilishini misol qilish mumkin. Ikkinchidan, esa qulay imkoniyat sifatida ishlab chiqarishda qatnashishi mum- kin bо‘lgan xodimlarni qо‘shimcha rivojlantirish, ularni loyihaga tayinlash uchun tayyor holga keltirish mumkin. Ushbu noma’lum hodisalardan birontasining yuz berishi, loyihaga, tarkibiga, narx- ga, jadvalga, sifatga yoki bajarilish unumdorligiga ta’sir kо‘rsatishi mumkin. Xavf shartlari paydo bо‘lishiga ishlab chiqarish xavfini kamaytirishga hissa qо‘shadigan loyiha yoki tashkilotga oid muhit- ning jihatlari kiradi. Bularga loyiha boshqaruvi amaliyotlarining tо‘liqmasligi, integratsiya boshqaruv tizimlarining yetishmasligi, bir vaqtdagi bir necha ishlab chiqarishlar, ishlab chiqarish bosh- qaruvi nazoratidan chetda bо‘lgan tashqi ishtirokchilarga qaramlik kabilar kiradi.
Ishlab chiqarish xavfining kelib chiqishidagi noaniqlik barcha loyihalarda namoyondir. Ma’lum xavflar deb, aniqlangan va analiz qilingan xavflar, shuningdek, ularga nisbatan javob choralarining rejalashtirilishiga imkoniyat bor xavflarga aytiladi. Proaktiv (faol)
boshqarilib bо‘lmaydigan ma’lum xavflarga kо‘zda tutilmagn ho- latlar uchun zaxiralar tayinlanadi. Noma’lum xavflarni proaktiv (faol) boshqarib bо‘lmaydigan va shunga kо‘ra ularga boshqaruv zaxiralari tayinlanishi mumkin. Yuzaga kelib ulgurgan loyiha xavfi muammo sifatida kо‘riladi.
Tashkilotlar xavflarni ishlab chiqarish va tashkiliy maqsadlarga ta’sir kо‘rsatuvchi noaniqlik deb anglaydilar. Tashkilotlar va man- faatdor tomonlarning xavflarga bо‘lgan munosabatlariga qarab turli xil darajadagi xavf ma’qul kelishi mumkin. Bir qator omillar har ikkala tashkilot va manfaatdor tomonlarga ta’sir etishi mumkin va ular uchta kategoriyaga bо‘linadi.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling