Техноген indd


Download 1.67 Mb.
bet10/91
Sana16.11.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1777806
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   91
Bog'liq
ТЕХНОГЕН (2) (2) word

Tayanch sо‘zlar: faoliyat, biosfera, litosfera, gidrosfera, planeta, global, ekosistema, texnosfera, domografiya, urbanizatsiya, texnika, fan, rivojlanish, taraqqiyot, eramiz, tosh asri, konchilik sanoati, metallurgiya, bosqich, moddiy boylik, yutuq, ehtiyoj.


Nazorat savollari



  1. Texnogen risk va texnik tizimlar ishonchliligining mazmuni nima?

  2. Texnogen risk va texnik tizimlar ishonchliligining maqsadi nima?

  3. Atrof­muhit nima?

  4. Ekosistema deganda nimani tushunasiz?

  5. Biosfera nima?

  6. Texnosferaning inson faoliyatiga qanday aloqasi bor?

  7. Litosfera haqida tushunchangiz?

  8. Demografik portlash nima?

  9. Urbanizatsiyani qanday tushunasiz?

  10. Texnogen risk va texnik tizimlar ishonchliligini о‘rganishdan maqsad nima?

II BOB. TEXNOGEN RISK VA TEXNIK TIZIMLAR ISHONCHLILIGINING NAZARIY ASOSLARI





    1. Risk tushunchasi. Sanoat inshootlarida xavf rivojlanishi

Xalqaro tajribada risk bilan bog‘liq muammolar N.I. Babenko­ ning “Sanoat holdingida integratsiylashgan risk­menejmentini tash- kil etish”, D.B. Pomelov “Tashkilotda risk­menejmentining nazariy va axborot ta’minotidagi jihatlari”, N.N.Skribaning “Risk menej- mentini maxsus fanlararo ta’limot sifatida o‘rganish” asarlarida keng yoritilgan. Iqtisodiyotda shunday tushuncha mavjudki, iqtisodiyot mavjud bo‘lmasidan oldin bu tushuncha amalda bo‘lgan. Ammo e’tibor qaratilmagan bu tushuncha hali­hanuz ahamiyatini yo‘qot- gani yo‘q. Bu tushuncha riskdir! Unga dunyo miqyosida katta e’ti- bor berilayotgan paytda O‘zbekistondagi milliy ishlab chiqaruvchi- lar, xo‘jalik yurituvchi subyektlari e’tiboridan chetda qolayotgani, balki yirik korxonalarning, korporatsiyalarning vujudga kelishiga to‘sqinlik qilayotgan bo‘lsa ajab emas! Ammo bu muammoni bar- taraf qilish uchun quyidagi savollarga javob topmog‘imiz darkor:


“Risk” o‘zi nima?
Uning faoliyatga ta’siri qanday? U qayerdan paydo bo‘ladi?
Undan qochish yoki uning ta’sirini kamaytirish imkoni bormi?

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling