Техноген indd
-rasm. Kompaniyalarda risklarni boshqarishning rivojlanishi
Download 1.67 Mb.
|
ТЕХНОГЕН (2) (2) word
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-rasm. Risk menejmenti standartlarining rivojlanish tarixi.
1-rasm. Kompaniyalarda risklarni boshqarishning rivojlanishi.Oxirgi 25 yilda risklarni boshqarish sohasida revolyutsion o‘zgarish sodir bo‘ldi. Risk faqatgina moliyaviy korporatsiyalar- da emas, balki iqtisodiyotning boshqa sektorlarida ham qo‘llanila boshlandi. Risklarni boshqarishdagi yangi paradigmasi, kompani- yalar, holdinglar va iqtisodiyotning butun tarmoqlari risklarini boshqarishda aniq operatsiya va faoliyat sohalari bo‘yicha tor doi- rada qismli yondashuvdan kompleks boshqaruvga o‘tishni ko‘zda tutadi (1-rasm). Yevropa Ittifoqidagi institutlar riskning amaliy ko‘nikmala- rini ekologik, texnologik, sotsial va boshqa masalalami yechishda qo‘llay boshladilar. XX asr 90-yillarining boshida jahon tajribasida risk-menejment sohasida standartlarning shakllanishi kuzatildi. (2-rasm) 2-rasm. Risk menejmenti standartlarining rivojlanish tarixi.Standartlarning yoyilishi davlatlarda, xalqaro darajada va hatto- ki tarmoq darajasida amalga oshirildi. Buning isboti bo‘lib, risklar- ni boshqarishning anglosakson huquqli davlatlar (Avstraliya, Yangi Zelandiya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, JAR, Kanada) milliy stan- dardlari, shuningdek, Homiylik tashkilotlari Treadway komissiya Komiteti (COSO, AQSh) ishlab chiqqan standart, risk-menejerlar Yevropa assotsiatsiya federatsiyasi standarti (FERMA) va risklarni boshqarish standarti ISO 31000:2009 hisoblanadi. Tarmoq risklarini boshqarish standartlari orasida sug‘urta tash- kilotlari (Solvency, Solvency II) va bank (Basel, Basel II, Basel III) faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan standartlar mashhurdir. Risk-menejment sohasidagi standartlar quyidagi unifikatsiyani ko‘zlaydi: Bu sohada ishlatilayotgan terminologiya; Risk boshqarish jarayoni tarkibi; Risk-menejmentining tashkilotlardagi tizimini tuzish yo‘llari. Shunga ko‘ra, har bir yuqorida keltirilgan standartlar turlicha bo‘lib, hammasini birday qo‘llash ko‘pgina chalkashliklarga olib ke- ladi. Shuning uchun biz faqatgina ayrim standartlarni ko‘rib chiqamiz. Misol uchun, Homiylik tashkilotlari Treadway komissiya Komiteti (Committee of Sponsoring Organizations of the Tread- way Commission, COSO) tomonidan ishlab chiqilgan “Tashkilotlar riskini boshqarish. Integratsiyalashgan modeli”. Bu modelni kom- paniya 2001-yilda “PricewaterhouseCoopers” kompaniyasi bilan birgalikda ishlab chiqadi. Bu hujjat tashkilotlar doirasida risklarni boshqarish asoslari va tashkil etish yo‘llari haqida batafsil ma’lu- mot beradi. Bunda risk boshqarish jarayoni bir-biri bilan bog‘liq 8 tarkibiy qismdan iborat deyiladi, ular: Ichki muhitni aniqlash; Maqsadlarni aniqlash; Riskli voqealarini aniqlash; Riskni baholash Risk ta’siriga javob berish; Nazorat vositasi; Axborot va aloqa; Monitoring. Jahon tajribasida “COSO kubi” nomini olgan bu standart tash- kilotlar maqsadlari (strategik, operatsion, hisobotga tayyorgarlik va qonunlarga rioya qilish), kompaniyaning tashkiliy tuzilmasi va risk boshqaruv jarayoni tarkibiy qismlari o‘rtasida bog‘liqlikni ifodalay- di (3-rasm). Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling