Техноген indd
Xavflarga nisbatan moyillik
Download 1.67 Mb.
|
ТЕХНОГЕН (2) (2) word
Xavflarga nisbatan moyillik - keladigan manfaatni oldindan sezgan holda subyekt qaror qabul qilishni qanchalik xohlayotganli- gi bо‘yicha noaniqlik darajasi.
Xavflarga nisbatan bardoshlilik - tashkilot yoki shaxs dosh bera oladigan xavfning darajasi, miqdori yoki hajmi. Xavf bо‘sag‘asi - noaniqlik darajasini yoki ta’sir darajasining о‘lchovi bо‘lib, u xususida manfaatdor tomon о‘ziga xos qiziqish- larga ega bо‘lishi mumkin. Riskni modellashtirishModel (lot. modulus – o‘lchov, me’yor) - biror obyekt yoki obyektlar tizimining obrazi yoki namunasidir. Masalan, yerning modeli - globus, osmon va undagi yulduzlar modeli - planetariy ekrani, pasportdagi suratni shu pasport egasining modeli deyish mumkin. Insoniyatni farovon hayot shart-sharoitlarini yaratish, ta- biiy ofatlarni oldindan aniqlash muammolari qadimdan qiziqtirib kelgan. Shuning uchun ham insoniyat tashqi dunyoning turli hodisa- larini o‘rganishi tabiiy holdir. Aniq fan sohasi mutaxassislari u yoki bu jarayonning faqat ular- ni qiziqtirgan xossalarinigina o‘rganadi. Masalan, geologlar yerning rivojlanish tarixini, ya’ni qachon, qayerda va qanday hayvonlar yashaganligi, o‘simliklar o‘sganligi, iqlim qanday o‘zgarganligini o‘rganadi. Bu ularga foydali qazilma konlarini topishlarida yordam beradi. Lekin ular yerda kishilik jamiyatining rivojlanish tarixini o‘rganishmaydi, bu bilan faqat tarixchilar shug‘ullanadi. Atrofimizdagi dunyoni o‘rganish natijasida noaniq va to‘liq bo‘lmagan ma’lumotlar olinishi mumkin. Lekin bu koinotga uchish, atom yadrosining sirini aniqlash, jamiyatning rivojlanish qonun- larini egallash va boshqalarga xalaqit bermaydi. Ular asosida o‘rganilayotgan hodisa va jarayonning modeli yaratiladi. Model ularning xususiyatlarini mumkin qadar to‘laroq akslantirishi zarur. Modelning taqribiylik xarakteri turli ko‘rinishda namoyon bo‘li- shi mumkin. Masalan, tajriba o‘tkazish mobaynida foydalaniladigan asboblarning aniqligi olinayotgan natijaning aniqligiga ta’sir etadi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling