Техноген indd
Download 1.67 Mb.
|
ТЕХНОГЕН (2) (2) word
KIRISHMamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq fuqa- rolarning, jumladan, ishchi va xizmatchilarning ijtimoiy holatini yaxshilash, ularning turmush darajasini yuksaltirishga, ishlash sha- roitlarida texnika xavfsizligi va sanitariya talablari darajasidagi aso sini yaratishga katta e’tibor qaratib kelinmoqda. Ta’lim jarayonida ham keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda. Zamonaviy hayotdagi ishlab chiqarish samaradorligini yetuk kadrlarsiz tasavvur etish mumkin emas. Har sohada inson omili, uning qadrqimmati birinchi о‘ringa qо‘yilib, ish tashkil etilgan joy- da yutuqlar barqaror bо‘lishi shubhasiz. Inson tug‘ilishi bilan yashash, erkinlik va baxtga intilish huquqiga ega bо‘ladi. Inson о‘zining yashash, dam olish, sog‘lig‘i haqida qay g‘urish, qulay atrofmuhit, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan mehnat sharoitida ishlashga bо‘lgan huquqlarini hayotiy faoliyati jarayonida amalga oshiradi. Uning bu huquqlari О‘zbekis- ton Respublikasi Konstitutsiyasida kafolatlangan. Hayot faoliyati – bu insonning kunlik faoliyati, dam olishi va yashash tarzidir. Inson hayoti jarayonida uni о‘rab turgan borliq muhiti bilan uzluksiz aloqada bо‘ladi va shu bilan birga har doim uni о‘rab tur- gan muhitga bog‘liq bо‘lib kelgan va shunday qolaveradi. Inson shu ning uchun ham о‘zini о‘rab turgan atrofmuhit hisobiga oziqovqat, havo, suv, dam olish uchun zarur moddiy narsalar va boshqalarga bо‘lgan ehtiyojini qanoatlantiradi. Atrof-muhit – insonni о‘rab turgan muhit bо‘lib, insonning hayot faoliyatiga, uning sog‘lig‘i va nasliga tо‘g‘ridantо‘g‘ri, birdan urin- ma yoki masofadan ta’sir etishga qobiliyatli omillarning (jismoniy, kimyoviy, biologik, informatsion, ijtimoiy) shartli yig‘indisidir. Inson va atrofmuhit uzluksiz о‘zaro ta’sirda bо‘lib, doimiy harakatdagi «Inson – atrofmuhit» sistemasini tashkil etadi. Dun- yoning evolyutsion jarayonida bu sistemani tashkil etuvchilar uzluksiz о‘zgarib bordi. Inson mukammallashdi, Yer sharining aholisi va uning oqimi о‘sdi, jamiyatning ijtimoiy asosi о‘zgar- di. Atrofmuhit о‘zgardi: inson о‘zlashtirgan yer yuzi va yer osti hududi kattalashdi; tabiiy tabiat muhiti insoniyat jamiyatining о‘sib borayotgan ta’sirini boshdan kechirmoqda, inson tomonidan sun’iy yaratilgan maishiy, shahar va ishlab chiqarish muhiti paydo bо‘ldi. Tabiiy muhit о‘zi yetarli bо‘lib, inson ishtirokisiz mustaqil mavjud bо‘la oladi va rivojlana oladi. Inson tomonidan yaratil- gan boshqa barcha borliq muhiti mustaqil rivojlana olmaydi va ular paydo bо‘lganidan sо‘ng eskirishga hamda yemirilishga mahkum. Insoniyat о‘zining dastlabki rivojlanish bosqichida tabiiy atrof muhit bilan о‘zaro uyg‘un harakat qilgan. Atrofmuhit asosan biosfera, yer osti, galaktika va cheksiz koinotdan tashkil topadi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling