Техноген indd
Tabiiy muhitning asosiy oqimlari
Download 1.67 Mb.
|
ТЕХНОГЕН (2) (2) word
- Bu sahifa navigatsiya:
- Texnosferadagi asosiy oqimlar
- Ijtimoiy muhitdagi asosiy oqimlar
- Texnologik ish jarayonida inson iste’mol qiladigan va chiqa- radigan asosiy oqimlar
- Texnogen risk va texnik tizimlar ishonchliligi fanining qisqacha mazmuni
Tabiiy muhitning asosiy oqimlari:quyosh nurlanishi, yulduz va planetalar nurlanishi; kosmik nurlar, chang, asteroidlar; yerning elektr va magnit maydoni; ekosistemalarda, biosferada moddalar aylanishi; atmosfera, gidrosfera va litosfera holatlari, shu jumladan, fav qulodda holatlar; boshqalar. Texnosferadagi asosiy oqimlar:xom ashyolar, energiyalar oqimi; iqtisod sohasi mahsulotlarining oqimi; iqtisod sohasi chiqindilari; maishiy chiqindilar; informatsiya oqimlari; transport oqimlari; yorug‘lik oqimi (sun’iy yoritish); moddalar va texnogen avariyalardagi energiya oqimlari; boshqalar. Ijtimoiy muhitdagi asosiy oqimlar:informatsiya oqimlari (о‘qitish, davlat boshqaruvi, xalqaro hamkorlik boshqalar); odamlar oqimi (demografik portlash, aholi urbanizatsiyasi); narkotik, alkogol vositalari va boshqa oqimlari; boshqalar. Texnologik ish jarayonida inson iste’mol qiladigan va chiqa- radigan asosiy oqimlar:- kislorod, oziqovqat, suv va boshqa moddalar (alkogol, tamaki, narkotiklar) oqimlari; energiyalar oqimi (mexanik, issiqlik, quyosh va boshqalar); informatsiya oqimlari; hayot faoliyat jarayonidagi chiqindilar oqimi; boshqalar. Texnogen risk va texnik tizimlar ishonchliligi fanining qisqacha mazmuniTexnologik risk va texnologik tizimning ishonchliligi insonning har qanday muhitdagi faoliyatida uning xavfsizligi va sog‘lig‘ini ta’minlovchi, xavfli va zararli omillardan himoya qiluvchi amaliyot va nazariyani qamrab olgan ilmiy bilimlar majmuidir. Bu fan quyidagi asosiy masalalarni yechadi: atrofmuhitning noqulay ta’sirlarini turkumlaydi (aniqlaydi va sonli baholaydi); insonni xavflardan himoyalaydi yoki unga noqulay omillar ta’sirining oldini oladi; xavfli va zararli omillarning salbiy oqibatlarini tugatish; muhitda insonga normal, shinam sharoit yaratish. Texnogen risk va texnik tizimlar ishonchliligining integral kо‘rsatkichi hayotning davomiyligi hisoblanadi. Sivilizatsiya taraqqiyoti (ilmiytexnikaning, iqtisodning rivojlanish, qishloq xо‘jaligini industrlashtirish, har xil energiyalardan foydalanish yadro energiyasigacha, yangi mashina va mexanizmlarning yarati lishi, zararkunandalarga qarshi har xil о‘g‘itlarning qо‘llanilishi) inson sog‘lig‘iga salbiy ta’sir etuvchi zararli omillar miqdorini se zilarli darajada kо‘paytirmoqda. Shu sababli ushbu omillardan hi- moyalash inson hayoti faoliyatini ta’minlashning muhim elementi bо‘lib qolmoqda. Insoniyat paydo bо‘lgandan boshlab, о‘zining kо‘payishi davo- mida iqtisodni rivojlantirish bilan birga xavfsizlikning ijtimoiyiqti- sodiy sistemasini yaratdi. Buning oqibatida insonga zararli ta’sirlar sonining oshishi hisobiga insonning xavfsizligi darajasi ortdi. Ho- zirgi vaqtda eng rivojlangan mamlakatlarda о‘rtacha umr kо‘rish 77 yoshni tashkil qiladi. “Texnogen risk va texnik tizimlarning ishonchliligi” fani inson organizmi va atrofmuhit о‘rtasidagi murakkab aloqalarni bilish ja- rayonini kо‘zda tutadi. Insonning muhitga ta’siri fizikaviy qonunlar bо‘yicha muhitning barcha tashkil etuvchilari (komponentlari)ning qaramaqarshi ta’sirini yuzaga keltiradi. Inson organizmi u yoki bu ta’sirlarni moslashish chegarasidan oshmaguncha og‘riqsiz qabul qiladi. Texnogen risk va texnik tizimlarning ishonchliligi quyidagi ma- salalarni kо‘rib chiqadi: maishiy muhitdagi xavfsizlik; ishlab chiqarish muhitidagi xavfsizlik; shahar muhitidagi hayot faoliyati xavfsizligi; atrofmuhitdagi xavfsizlik; tinchlik va urush vaqtidagi favqulodda holatlar. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling