Техноген indd
Texnik tizim haqida tushuncha va texnik tizimni boshqarish
Download 1.67 Mb.
|
ТЕХНОГЕН (2) (2) word
1.4. Texnik tizim haqida tushuncha va texnik tizimni boshqarishTexnik tizimlarning tarkibiga: barcha turdagi harakatdagi tarkib lar (yuk va yo‘lovchi tashish avtotransportlari) texnik vositalar (dast- gohlar, jihozlar) axborot kommunikatsiya vositalari (kompyuterlar, jipreslar) va boshqa tashishda qatnashadigan texnik va texnologik vositalar hamda ularda ishlovchi haydovchilar, avtochilangarlar, uchastka ustalari, sex xodimlari kiradi. Texnik tizimlarni boshqarish xususiy tushunchasi shundan iboratki, tizim qatnashchilarining raqobatbardoshliligini oshirish, ularning tuzilishini yuk va yo‘lovchilar tashish bozoridagi rivoj lanishini ta’minlash, tashish tannarxini qisqartirish kiradi. Texnik tizimlar tarkibidagi qatnashchilarning iste’mol me’yorlari progres- siv bo‘lgan tejami texnik vositalar salmog‘ini oshirish, tizim ele- mentlarining imkon qadar birbiriga ta’sirini kamaytirish va har bir elementlarning birbiriga motivatsiya asosida birlashishini ta’min- lashdan iborat. Boshqarish, tizim (avtomobil, sex, korxona yoki tarmoq) holati haqidagi axborot asosida aniq maqsadga yo‘naltirilgan harakatlar tizimni dastlabki holatdan belgilangan holatga o‘tkazadigan jara yonni ifodalaydi. Boshqarish har qanday tavsifli masalalar yoki har qanday tizim- lar uchun turli kombinatsiyalarda qo‘llaniladigan ma’lum ket- maketlikdagi harakat yoki texnologiyani o‘z ichiga oladi. Tizim yoki kichik tizim (soha, ATK, sex, ustaxona, birigada)ni boshqarish oldida turgan maqsadini aniqlash. Qabul qilingan qarorining oqibati bo‘lgan, ma’lum harakatlar evaziga erishilgan tizimni kelgusida egallash mumkin bo‘lgan hola- ti uning maqsadidir. Tanlanayotgan vositalar ko‘p hollarda maqsad va masalalarni to‘g‘ri aniqlash bilan bog‘liq, shu bilan birga kichik tizimning maqsa- di yuqoriroq darajali tizim maqsadi bilan bog‘langan bo‘lishi kerak. ATKdagi har bir ustaxona yoki sexning vazifasi shunday aniqla- nishi kerakki, toki soni va nomenklaturasi bo‘yicha belgilangan (tashqi jarayon uchun zarur bo‘lgan) avtomobillarning texnik soz ligi ta’minlansin. Demak, maqsadni qo‘yish va uni amalga oshirish maqsadli yondoshish doirasida ko‘rilishi kerak. Tizimga ta’sir etuvchi, tizim holati haqidagi va tashqi omillar haqidagi axborotlarni olish: tadbirlar ishlab chiqishda, masalan, tex- nik tayyorgarlik koeffitsientini oshirishda tashish jarayonini ta’min- lash uchun avtomobillarning ekspluatatsiyasiga ishonchliligi, ish vaqtida bekor turib qolishga olib keladigan eng ko‘p uchraydigan buzilishlar va sabablar haqidagi shunga o‘xshash ma’lumotlar xiz mat qiladi. Bu holda mijozlardan tushgan talablar, ekspluatatsiya- si sharoitlari, moddiytexnik ta’minotini tashkil etish va boshqalar tashqi omillarga kiradi. Axborotni qayta ishlash, uning aniqligi, to‘liqligi, ishonchli ligini baholash. Axborotni tahlil qilish, zarur bo‘lganda kerakli axborotni to‘plash, uni ekspertiza qilish. Tizim maqsadi, olingan va ishlangan axborotga muvofiq boshqarish qarorlarini qabul qilish. Boshqarish qarorini qabul qilish deb tizim holatini jiddiy o‘zgar tiradigan, rivojlanishning bir necha yo‘llaridan birini, belgilangan mezonlar asosida tanlash tushuniladi. Masalan, me’yorlar va tizimni takomillashtirish, xodimlarning malakasini oshirish, ishlab chiqarish texnika bazasini yaxshilash va boshqa tadbirlar natijasida parkning ishlash qobiliyatini o‘zgartirish mumkin. Qarorga, ijrochining shaxsiy ma’suliyatini va bosqich- mabosqich sifatli va miqdoriy nazoratni ta’minlaydigan, aniq, maqbul me’yoriy shakl berish. Qarorni ijrochiga yetkazish. Bu bosqichda, qabul qilinayotgan qarorning mohiyatini tushu nishni ta’milaydigan va uning (mazmunini, bajarish muddatlarini va boshqalarni) ikki xil izohlanishni istisno qiladigan uzatish shakli muhim bo‘ladi. Boshqarish qarorlarini, masalan, ishlab chiqarish bazasini qurish; yangi xizmat turlarini o‘zlashtirish; ta’mirlash ishchilar ning moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishning yangi tizimini tadbiq etish; avtomobilni ta’mirlashga yoki ro‘yxatdan o‘chirishga yubor- ish va.h.k. Boshqaruvchi harakatlarga javoban tizim beradigan yangi ax- borotlarni olish tizim belgilagan maqsadlarga, tayinlangan vaqtda to‘liq erishsa, boshqarish optimal bo‘ladi. Agar tizm holati yomonlashsa, demak, boshqarish nomaqbul bo‘ladi. Agar tizim holati yaxshilansa, ammo maqsadga to‘liq eri shilmasa ham boshqarish maqbul hisoblanaveradi va 10bosqich boshlanadi; maqsadlarga olib kelmagan sabablar tahlil qilinadi, zarur bo‘lsa, maqsadlar va ularga erishish usullari to‘g‘irlanadi. Fanda asosan avtotransport korxonalari faoliyatidagi texnik boshqaruv tizimi asos qilib olingan. Korxona faoliyati elementlarini hisobga olish, iqtisodiy tahlil qilishning ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish jarayonini tezkor va strategik boshqarish kabilarni yoritishga e’tibor berilgan. Fanning maqsadi korxona menejmentidagi o‘zaro aloqalari va umumiy boshqarishdagi muammolarni atroflicha yoritishdan ibo- rat. Har bir korxonaning o‘ziga xos, o‘z maqsad va ahamiyati bor, o‘zining masala va muammolarini o‘zi yechadi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling