Техноген indd


I BOB. TEXNOSFERADAGI TABIIY XAVF-XATARLAR


Download 1.67 Mb.
bet4/91
Sana16.11.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1777806
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91
Bog'liq
ТЕХНОГЕН (2) (2) word

I BOB. TEXNOSFERADAGI TABIIY XAVF-XATARLAR




    1. Texnogen risk va texnik tizimlar ishonchliligini ta’minlash


Texnogen risk va texnik tizimlar ishonchliligi (TR va TTI)– ish- lab chiqarish va noishlab chiqarish muhitida insonning atrof­muhit- ga ta’sirini hisobga olgan holda xavfsizlikni ta’minlashga yо‘nalti- rilgan bilimlar sistemasidir.


Texnogen risk va texnik tizimlar ishonchliligining maqsadi ish- lab chiqarishda avariyasiz holatga erishish, jarohatlanishning oldini olish, insonlar sog‘lig‘ini saqlash, mehnat qobiliyati va mehnat sifa- tini oshirish hisoblanadi.
Qо‘yilgan maqsadga erishish uchun quyidagi ikki masalani ye- chish lozim bо‘ladi:

      1. Ilmiy (inson­mashina sistemasi; atrof­muhit­inson, xavfli (zararli) ishlab chiqarish omillari va boshqalarni matematik mo­ dellashtirish);

      2. Amaliy (uskunalarga xizmat kо‘rsatishda mehnat xavfsizli­ gini ta’minlash).

Hayotiy jarayonda insonni atrof­muhit va uning tashkil etuv­ chilari bilan о‘zaro ta’siri Yu.N.Kurjakovskiyning «Hayot faqat moddalar, energiyalar va informatsiyalar oqimlarining tirik tana orqali harakati jarayonida mavjud bо‘la olmaydi», degan hayotni saqlash qonuniga mos holda elementlar orasidagi moddalar mas- sasining, barcha turdagi energiyalar va informatsiyalarning oqim- lari sistemasiga asoslangan. Hayotni saqlash qonunidagi oqimlar insonga о‘zini oziq­ovqatga, suvga, havoga, quyosh energiyasiga, о‘rab turgan muhit haqidagi informatsiyalarga bо‘lgan ehtiyojlari- ni qanoatlantirishi uchun kerak. Shu bilan bir vaqtda inson hayotiy fazasida о‘zidan ongli faoliyati bilan aloqador (mexanik, intellektu- al energiyalar), bioliogik jarayon chiqimlari kо‘rinishidagi ma’lum massadagi moddalar oqimini, issiqlik energiya va boshqa energiya oqimini ajratadi.
Moddalar va energiyalar oqimi almashinuvi inson ishtirok et- maydigan jarayonlar uchun ham xarakterlidir. Tabiiy muhit bizning planetamizga quyosh energiyasi oqimining kirib kelishini ta’min- laydi. Bu esa о‘z navbatida, biosferada о‘simlik va hayvonlar oqi- mini, moddalar (havo, suv) adiabatik oqimini, har xil energiyalar oqimini, jumladan, favqulodda holatlarda tabiiy muhitdagi energi- yalar oqimini rо‘yobga keltiradi. Texnosfera uchun barcha turdagi xom ashyo va energiyalar oqimi, mahsulotlar va odamlar navba- ti oqimlarining har xilligi; chiqindi oqimlari (atmosferaga tash- lanayotgan chiqindilar, suv havzalariga tashlanayotgan sanoat va boshqa iflos suvlar, suyuq va qattiq chiqindilar, har xil energetik ta’sirlar) xarakterlidir.
Har qanday xо‘jalik yuritishning chiqindilari va teskari sama- rasi bо‘ladi va ularni yо‘qotib bо‘lmaydi. Ularni bir fizik­ximik shakldan boshqa shaklga о‘tkazish yoki fazoga chiqarib yuborish mumkin. Texnosfera, bundan tashqari, tо‘satdan portlash, yong‘in natijasida, qurilish konstruksiyalarining buzilishida, transport ava- riyalarida va shunga о‘xshashlarda katta miqdordagi chiqindilar va energiya oqimini yuzaga keltirishi mumkin.
Ijtimoiy muhit tabiiy va texnogen olamni о‘zgartirishga yо‘nal- tirilgan insonga xarakterli bо‘lgan barcha energiya oqimlarini ishlab chiqaradi va iste’mol qiladi, jamiyatda chekish, alkogol ichimliklar, narkotik moddalar va shunga о‘xshashlarni iste’mol qilishga aloqa- dor zararli holatlarni shakllantiradi.
«Inson–atrof­muhit» sistemasining har xil komponentlari ener­ giya va informatsiyalarining xarakterli massalar oqimini quyida keltiramiz:

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling